“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
357
PISA–
o`quvchilarning o`qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan
bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo`lib,
o`quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko`nikmalarini
aniqlashga
mo`ljallangan.
PISA
xalqaro baholash dasturi shuningdek, o`quvchilar
munosabati va
motivatsiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar to`playdi, o`quvchilarda muammoni hal
qila olish kabi ko`nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega
masalalarni hal etishda o`quvchi-yoshlarning fikr- mulohazalari,
ular bergan taklif
va echimlarni baholaydi.
PISA–
halqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo
mamlakatlari o`quv dasturlarida mavjud bo`lgan
talablar doirasida
o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarni qo`llash, fikrlash va muloqot qilish
qobiliyatlariga baho beriladi.
PISA
hech qanday o`quv dasturini belgilamaydi yoki targ`ib
qilmaydi yoki
umumiy e'tirof etishni taqozo etmaydi.
PISA
ning asosiy vazifasi – mamlakatlarni ta'lim siyosatiga oid
ma'lumotlar bilan ta'minlash va qarorlar qabul qilishda ularni qo`llab-
quvvatlashdan iborat.
Tadqiqotning har uch yilda o`tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlarni
va tegishli dasturlarning ta'sirini hisobga olish uchun ma'lumot va tahlillarni o`z
ichiga
olgan holda, o`z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratib beradi.
Agar tadqiqotni o`tkazish davriyligi qisqa muddatda amalga oshirilsa,
o`zgarishlar va yangilanishlar uchun etarli vaqt hamda kerakli ma'lumotlarni
to`play olmaslik muammosini vujudga keltiradi.
Tadqiqot doirasi 15 yoshli o`quvchi yoshlar orasida o`tkazilishiga
asosiy
sabab aksariyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) a'zo
davlatlarda ushbu yosh majburiy ta'lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi.
PISA
xalqaro baholash dasturi butun dunyoda keng qamrovli va muntazam
ravishda o`tkazib kelinayotgan dastur sifatida o`ziga xos ahamiyatga ega.
PISA
xalqaro baholash dasturida qariyib 80 dan
ortiq davlatlar ishtirok
etishgan. Tadqiqotni har uch yilda bir marotaba o`tkazilishi esa, davlatlarga o`z
ta'lim tizimida kelajakda erishish ko`zda tutilgan asosiy maqsadlarni aniqlab olish
imkoniyatini yaratib beradi.
PISA
muayyan maktab o`quv dasturlarining ustunligini o`rganish o`rniga,
o`quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko`nikmalarini qo`llay olish qobiliyati,
muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash, muloqot qilish
imkoniyatlarini ko`rib chiqadi. Hayot davomida o`rganish: