“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
356
Boltayeva Zilola Safoyevna
BVXTXQTUMOHM, “Aniq va tabiiy
fanlar metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi
TA'LIM SIFATINI BAHOLASH BO`YICHA XALQARO BAHOLASH
DASTURLARINING AHAMIYATI
Аnnotatsiya
:
Ta'lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro tajribalarni o`rganish,
mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo`nalishdagi xalqaro
va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan
hamkorlik qilish, ta'lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro loyihalarni amalga
oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma‘lumki, ozgarishlar davrida ta‘lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib
chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta‘lim orqali jamiyatda
kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo`lgan yangi avlod shakllantiriladi.
Bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlarida ta‘lim-tarbiya
jarayonining natijasini qiyosiy taqqoslash, o`quvchilar bilimining rivojlanish
dinamikasini hamda ta‘lim sifatini muntazam tahlil qilib borish maqsadida
monitoring jarayonini amalga oshirish metodologiyasi va texnologiyalari hamda
xalqaro tadqiqotlar takomillashib bormoqda. Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot
yo`lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari
bo`lgan yoshlarni ijodiy g`oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo`llab-
quvvatlash, ularning bilim, ko`nikma va malakalarini davlat ta'lim standartlari
asosida shakllantirish hamda ilg`or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar
asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
“O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar
strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021
yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi
bo`yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida O`zbekistonda ta'lim sifatini
baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida
aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllantirilmoqda.