|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 509/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
549
bir-biriga ko‘maklashish va muvaffaqiyatidan xursand bo‘lish;
sofdillik, rostgo‘ylik kabi ijobiy xislatlarining shakllanishi;
kognitiv faoliyatini rivojlanishi;
psixologik (ruhiy) zo‘riqishi, asabiy tanglikdan ozod qilish;
tabiiy erkinlikni his etish;
o‘z guruhida va undan tashqarida o‘zaro munosabat, aloqa o‘rnata olish;
boshqalarni, o‘zini o‘zi tushunishga o‘rgatish;
o‘zgalarni va o‘zini o‘rganish;
o‘ziga-o‘zi baho berishini taminlash;
boshqalarni tushunish va ularni idrok qila bilish;
muloqotda o‘zini o‘zi boshqarish kabi yaxshi xislatlarning tarkib toptirish
bilan o‘quvchining avvalo kognitiv-intellektual jarayonlarini rivojlantirishga
yordam beradi.
Treningni o‘tkazish davomida muvofiq ravishda verbal va noverbal
yo‘naltirish va rag‘batlantirish lozim. Shuning uchun ham treningni
muvaffaqiyatli o‘tkazish va uning samaradorligi ko‘p jihatdan treningni olib
boruvchi(kouch) bilan ishtirokchilar (bolalar) o‘rtasidagi o‘zaro bir-birini
tushunish darajasiga bog‘liq. Shunday qilib, bu treninglar bolalarni borliqni to‘g‘ri
anglash va uning imkoniyatlaridan keng foydalanishga yordam beribgina
qolmasdan ularning sub'ektiv ijobiy tajribalarini shaklanishini muvofiq pedagogik
va psixologik qulay sharoitlar yaratilganligi bois osonlashtiradi.
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
|
| |