Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor




Download 483,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana14.05.2024
Hajmi483,35 Kb.
#231018
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifi

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 100
1. Neyron tarmoqlari, odam va hayvonlarning miyasiga o‘xshab, yelementar 
harakatlarni bajaradigan va turli xil bog‘lanishlar bilan o‘zaro bog‘langan ko‘plab oddiy 
yelementlardan qurilgan. 
2. Neyron tarmoqlari misollar yordamida o‘z ishlarini yaxshilashga (o‘rganishga 
yoki moslashishga) qodir. 
3. Muammoning neyron tarmog‘i yechimi ishlab chiquvchidan muammoni hal 
qilish va uni dasturlash algoritmini tuzishni talab qilmaydi. Neyron tarmoqlari, qoida 
tariqasida, muammoni hal qilish usulini yaratish uchun "to‘g‘ri" ishlarning misollaridan 
foydalanadilar. Shu bilan birga, tarmoq ishlab chiquvchiga noma’lum bo‘lgan 
vazifadagi yashirin naqshlarni aniqlashi mumkin. 
Sun’iy intellekt (AI) - bu informatikaning zamonaviy sohasi bo‘lib, unda inson 
kabi fikrlay oladigan va aqliy faoliyatiga taqlid qilishni amalga oshiradigan algoritmlar 
va dasturiy ta’minotlarni yaratishga qaratilgan muammolar tadqiq qilinadi. Sun’iy 
intellekt uchun yaratilgan algoritmlar asosida tuzilgan dasturlar to‘plangan tajriba va 
namunalar yordamida axborotlarni umumlashtirishi va xulosalar chiqarishi, axborotlar 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashi hamda olingan tajribalar asnosida o‘qitilishi 
mumkin. Sun’iy intellekt tizimlari insonni o‘rnini hech qachon bosolmaydi, lekin uning 
imkoniyatlarini oshira oladi.
Sun’iy intellekt tizimlarida asosan ikkita asosiy tushuncha mavjud: 
1.
Neyron to‘rlari 
2.
Mashinali o‘qitish 
Neyron to‘ri mazmun mohiyatiga ko‘ra insonning biologik neyron to‘ri faoliyatini 
qisqartirilgan shaklda akslantiruvchi matematik model va matematik modelni dastur 
sifatida realizatsiya qilishni ifoda etadi. Mashinali o‘qitish esa maxsus algoritmlar 
to‘plami bo‘lib, bu to‘plamlar neyron tarmoqlari xossasining negizini – tajribalardan 
olinadigan ma’lumotlar asosida o‘zini-o‘zi o‘qitish qobiliyatini namoyon qiladi. 
Neyronlarni o‘qitish uchun tajriba ma’lumotlari mavjud axborot massivlari qancha ko‘p 
bo‘lsa, uni o‘qitish algoritmlari uchun ma’lumotlar o‘rtasida bog‘lanishlar va 
qonuniyatlarni aniqlash jarayoni oson kechadi, shu bilan birga olinadigan natijalar ham 
kutilgan qiymatlarga yaqin bo‘ladi. 
Sun’iy intellektning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ular orasida uchta asosiy 
toifani ajratish mumkin: 
Chegaralangan sun’iy intellekt (artificial narrow intelligence, ANI). Ma’lum bir 
sohaga yo‘naltirilgan maxsus dasturiy-apparatli majmuani tashkil etadi. Masalan, 
kompyuter dasturi shaxmat bo‘yicha chempionni mag‘lub etishi mumkin, lekin bu 
dastur faqatgina shu ishni bajara oladi xolos. 
Umumiy sun’iy intellekt (artificial general intelligence, AGI). Bu toifadagi sun’iy 
intellekt aql-zakovati insonga o‘xshash dasturiy va apparat kompleksidan iborat bo‘ladi,


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 

Download 483,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 483,35 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor

Download 483,35 Kb.
Pdf ko'rish