|
Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact FactorBog'liq sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifiǀ
ISSUE 5
ǀ
2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 105
• Dasturli-pragmatik, inson intellektini (qidirish, sinflash, o‘qitish, qaror qabul
qilish, timsollami anglash, mulohaza va boshqalar) alohida huquq deb hisoblaydigan
masalalami yechish uchun dasturlar tuzish bilan shugʻullanadi.
Birinchi yo‘nalish bo‘yicha sun'iy neyron tarmoqlar modellarini qo‘llaydigan
dasturiy ta’minot yaratish muammolari qarab chiqiladi.
Bionik yo‘nalishning maqsadlari va masalalari qiyinligi tufayli oxirgi vaqtgacha
sun’iy intellekt tizimlarida dasturli-pragmatik yo‘nalish ustunlik qiluvchi hisoblanadi,
garchi kelajakda baribir bionik yo‘nalish ehtimol aniqlovchi bo‘ladi.
Dasturli-pragmatik yo‘nalishda uchta yondashuv ajratiladi:
• lokal yoki maqsadli - insonning intellektual faoliyatiga xos, inson erishishi
mumkin bo‘lgan natijalardan kam bo‘lmaydigan har bir masala uchun (masalan,
shaxmat o‘yini uchun o‘yin dasturi) yaratish;
• tizimli yoki bilimlarga asoslangan — hozirgi vaqtda bu yondashuv ustunlik
qilmoqda, bilimlar asosida intellektual masalalami yechish uchun dastur tuzishda
avtomatlashtirish vositalarini yaratish;
• dasturlashtirishning metaprotseduralarini qo‘llovchi intellektual dasturlar tuzish
uchun tabiiy tilda masalalami tavsiflash.
Sun’iy intellekt tizimlari teoremalami isbotlash, kompyuter o‘yinlari, namunalarni
anglash, qaror qabul qilish, adaptiv dasturlash, mashinada musiqalarni bastalash, tabiiy
tilda ma’lumotlarni qayta ishlash, o‘qituvchi tarmoqlar va boshqa yo‘nalishlarda keng
qo‘llanilmoqda.
80-yillaming boshlarida suni’iy intellekt sohasida «Ekspert tizimlar» mustaqil
yo‘nalish sifatida shakllandi. suni’iy intellektning amaliy tizimlarini yaratilishida
Ekspert tizimlar birinchi qadam bo‘lib hisoblanadi [6, 24, 20].
Ekspert tizimlar sun’iy intellekt tizimlami bir qismi bo‘lib, u nazariy jihatdan bu
sohani rivojlantirishda muhim ro‘l o‘ynadi. Ekspert tizimlar sun’iy gʻoyalari va
usullariga asos bo‘lib, unda bilimlar, ma’lumotlar yigʻindisi va ular yordamidagi
boshqaruv tizimlari hamda mantiqiy qidiruv, assotsiativ, hisoblash amallari va bilimlar
manbai aniq bir ko‘rinishda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda Ekspert tizimlar tibbiyotda - ichak, sil va gipertonik kasalliklaming
turli shakllariga tashxis qo‘yishda; harbiy sohada -samolyot yerga qo‘nishida
uchuvchiga yordam berishda, analitikka tutuvchi signalni jo‘natgan radar turini
aniqlashda, xaritada o‘zgarish kiritish bo‘yicha kartografik ishlarni amalga oshirishda,
dushmanlarning buyruq beruvchi markazlari, boshqaruvi va aloqalarining razvedka
qilinganida olingan natijalarni qayta ishlashga yordamlashishda, dushmanning
radioalmashish razvedkasi sohasida vaziyatni baholashni amalga oshirishda va
razvedkadagi analitiklarga keyingi qurolli to‘qnashuv qachon va qayerda bo‘lishini
bashorat qilishda; informatikada – ma’lumotlar bazasini ishlab chiquvchi va
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
|
| |