|
Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact FactorBog'liq sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifiǀ
ISSUE 5
ǀ
2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 104
Hozirgi vaqtda kompyuterlarni intellektuallashtirishning turgʻun yoʻnalishi va
uning dasturiy ta’minoti mavjud. Kelajakdagi kompyuterlarning asosiy funksiyalari -
ko‘proq hisoblashga oid bo‘lmagan xarakterdagi masalalarni, ya’ni mantiqiy xulosa
chiqarish, bilimlar bazasini boshqarish, intellektual interfeys ta’minoti va boshqa
masalalami yechishga qaratilgan. Kompyuterlarni intellektuallashtirish maxsus
apparaturalarni (masalan, neyrokompyuterlar) va dasturiy ta’minotlarni (Ekspert
tizimlar, bilimlar bazasi, masala yechuvchilar va h.k.) yaratish hisobiga amalga
oshiriladi.
“Sun'iy intellekt tizimi” tushunchasi ta’rifini quyidagicha berish mumkin. Tizim
intellektual hisoblanadi, agar unda uchta bazaviy fimksiyalar amalga oshirilgan bo‘lsa:
l. Bilimlami taqdim etish va qayta ishlash funksiyasi. Sun'iy intellekt tizimi o‘zida
tevarak atrof to‘g‘risidagi bilimlami to‘plashga qodir bo‘lishi, ularni pragmatika va
ziddiyatsizliklar nuqtai nazaridan sinflashi va baholashi, yangi bilimlami qabul qilish
jarayonlarini aniqlaydi, ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan bilimlar bilan yangi
bilimlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashi lozim.
2 . Mulohaza funksiyasi. Sun'iy intellekt tizimi mantiqiy xulosa yordamida yangi
bilimlami vujudga keltirishi va to‘plangan bilimlarda qonuniylik mexanizmini namoyon
qilishi, alohida (shaxsiy) bilimlar asosida umumlashgan bilimlami olishi va o‘z
faoliyatini mantiqiy rejalashtirishi kerak.
3 . Aloqa funksiyasi. Sun'iy intellekt tizimi inson bilan unga yaqin bo‘lgan tilda
aloqa qilishi va insonning tevarak-atrofhi qabul qilishiga (avvalo, ko‘rish va ovozli)
analogik bo‘lgan kanallardan ma’lumot qabul qilish, “o‘zi uchun” yoki biror kishining
iltimosiga ko‘ra shaxsiy faoliyatni tushuntirishni shakllantirishni bilishi (ya’ni, “Buni
qanday amalga oshirdim?” kabi savollarga javob berishi), insonga uning xotirasida
saqlanayotgan bilimlar hamda mulohaza qilishning mantiqiy vositasi hisobiga
yordamlashishi kiradi.
Sun'iy intellekt tizimining asosiy texnologiyalari haqidagi tasavvurni shakllantirish
uchun, uning dasturiy yechimlarda muhim konsepsiyalarining mujassamlanishini
o‘rganishimiz lozim.
Sun'iy intellekt tizimi sohasida tadqiqot strukturasini aniqlashdagi urinishlar
takror-takror amalga oshirilgan. Bu savol borasidagi barchasidan koʻra mashhur nuqtai
nazarlar [l]da ifoda etilgan. Unga muvofiq Sun'iy intellekt tizimi sohasidagi tadqiqotlar
ikkita bazaviy yo‘nalishlami oʻz ichiga oladi.
• Bionik, inson ongi uchun xarakterli va inson tomonidan yechiladigan masalalar
asosida yotuvchi strukturalar va jarayonlami sun'iy qaytadan tiklash muammolari bilan
shugʻullanadi;
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
|
| |