|
Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact FactorBog'liq sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifiǀ
ISSUE 5
ǀ
2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 101
ya’ni, u inson bajara oladigan vazifalarni bajarishi mumkin. Umumiy sun’iy intellekt
insonning fikrlash qobiliyatini nusxalash imkoniyatiga bo‘lib, u ma’lumotlarni olish,
ma’lumotlar oqimidan kerakli axborotlarni olish, muammoning turli yechimlarini
taqqoslash, tez o‘rganish, to‘plangan tajribadan foydalanish kabi ishlarni amalga
oshiradi.
Sun’iy superintellekt (artificial superintelligence, ASI). Bu toifadagi sun’iy
intellekt deyarli barcha sohalarda, shu jumladan ilmiy ixtirolar, umumiy bilimlar va
ijtimoiy ko‘nikmalarda inson aql-idrokidan ustun bo‘lgan dasturiy-apparatli
kompleksdir.
Hozirgi vaqtda insoniyat sun’iy intellekt elementlarini turli sohalarda
muvaffaqiyatli qo‘llab kelmoqda:
o‘z yo‘lidagi turli to‘siqlarni anglaydigan va ularga nisbatan harakatni
amalga oshiradigan, o‘z-o‘zini boshqaradigan (avtopilotli) mashinalarni
ishlab chiqishda;
berilgan marshrut bo‘ylab mustaqil ravishda harakatlanadigan uchuvchisiz
uchish apparatlarini ishlab chiqishda;
ovozli buyruq yordamida marshrutni aniqlovchi navigatorlarda;
elektron pochtalarni saralashda foydalaniladigan spam-filtrlarni qo‘llashda;
tarjimon dasturlarda;
matnni, ovozni va videoni anglash tizimlarida, matnni ovozli xabarga
akslantiruvchi dasturlarda va boshqa yo‘nalishlarda keng qo‘llanilmoqda.
Sun’iy intellekt haqida so‘z ketganda bizdan sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish va
sun’iy neyron tarmoqlari kabi tushunchalarni yaxshi tushunib olish talab etiladi. Shu
bilan birga bu atamalarning bir-biri bilan bog‘liq qanday jihatlari borligi haqida aytib
o‘tishimiz zarur.
Sun’iy intellekt (artificial intelligence, AI). Sun’iy intellekt bu aqlli mashinalarni
yaratish texnologiyasi bilan shug‘ullanuvchi fan bo‘lib, u super kompyuterlarda,
personal kompyuterlarda, smartfon yoki boshqa hisoblash qurilmasida ishlay oladigan
dasturiy ta’minot shaklida amalga oshiriladi. Sun’iy intellekt bir so‘z bilan aytganda –
bu apparat va dasturiy ta’minot majmuasi hisoblanadi. Sun’iy intellekt tizimlari
hisoblash ishlari bilan bir qatorda insonga xos bo‘lgan ba’zi ijodkorlik funksiyalarni
ham bajara oladi.
Mashinali o‘qitish (machine learning) ning sun’iy intellekt sohasining qism bo‘limi
bo‘lib o‘rganuvchi algoritmlarni qurishning turli usullarini o‘rganadigan sohasidir.
O‘rganuvchi algoritmlar – bu kirish ma’lumotlari va yakuniy natijalarga bog‘liq
ravishda o‘zgaradigan (o‘rgatiladigan) algoritmlar tushuniladi. Mashinali o‘qitish juda
keng qamrovli bilimlar sohasidir. Chunki, “o‘qitish” tushunchasini turli xil talqin
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
|
| |