|
Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact FactorBog'liq sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifiǀ
ISSUE 5
ǀ
2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 103
bosqich jarayonida turh xil oʻyinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar tadqiqot
maydoni hisoblangan.
O‘zlarining dasturlarini tavsiflashda Nyuell va Saymon yaratgan dasturlarini inson
fikrlashini (tafakkurini) modellashtirishini ta’kidlashgan. 70-yillar boshida ular bunga
o‘xshash ko‘plab ma’lumotlarni chop etishdi va fikrlashni (tafakkurni)
modellashtiradigan dastur tuzishning umumiy usulini taklif etishdi. Nyuell va
Saymonning ishlari ko‘pchilikni jalb qilgan bir paytda Massachusets texnologiya
instituti, Stenford universiteti va Stenford tadqiqotlar institutida tadqiqotchilar guruhi
tomonidan Sun’iy intellekt tizimlari sohasidagi tadqiqotlarda masalani yechish yoʻli
matematik va belgilar mantiqi asosida rivojlandi.
Sun’iy intellekt tizimlari sohasini tadqiq etishda Robinsonning rezolyutsiyalar
usuli katta ta’sir etdi. Bu usul predikatlar mantiqidagi teoremalami isbotlashga
asoslangan va isbotlashning mukammal usuli hisoblangan. 60-yillar oxiriga kelib turli
xil o‘yinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar kabi tadqiqotlami sun'iy muhitlarda
emas, balki real muammoli muhitlarda qooʻlashga harakatlar qilindi. Sun’iy intellekt
tizimlarining real muhitlarda ishlashini tadqiq qilish integral robotlami yaratish
masalasiga olib keldi. Bunday ishlarning o‘tkazilishini Sun’iy intellekt tizimlari ustidagi
tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi deyish mumkin.
70-yillar o‘rtalarida Stenford universiteti, Stenford tadqiqotlar instituti va boshqa
bir qancha joylarda laboratoriya sharoitida ishlaydigan robotlar yaratildi. Bunday
tajribalarning o‘tkazilishi bir qancha muammolami hal qilishni talab qildi. Bunday
muammolarga bilimlami namoyish etish, ko‘rish orqali idrok etish, robotlar bilan tabiiy
tilda muloqot qilish kabilar kiradi. Bu muammolar tadqiqotchilar oldiga yanada aniqroq
ifodalangan vazifalarni qo‘ydi. Bu davr Sun’iy intellekt tizimlarini tadqiq etishning
uchinchi bosqichi edi. Uning xarakterli tomoni tadqiqotchilardan oldiga qo‘yilgan
masalani real muhitda o‘zi yechadigan muqobil ishlaydigan tizimni emas, balki inson
intellektini va EHMning imkoniyatlarini birlashtiradigan inson-mashina tizimlarini
yaratish masalasidan iborat edi.
Hozirgi vaqtda raqobat kurashidagi ustunlik mamlakatning oʻlchovlari bilan ham,
uning tabiiy resurslari bilan ham aniqlanmaydi. Endilikda buni jamiyat to‘plagan ta’lim
darajasi va bilimlar hajmi hal qiladi. Kelajakda boshqa mamlakatlarga qaraganda yangi
bilimlarni yarata olgan va egallagan mamlakatlargina gullab yashnaydi. Bunda asosiy
ro‘lni yangi axborot tizimlari o‘ynasa, ularda esa sun’iy intellekt usullari va vositalari
o‘ynaydi.
Sun’iy intellekt tizimlari deganda fe’1 - atvori maqsadga yo 'naltirilgan qobiliyatni
oʻzida aks ettiruvchi ixtiyoriy biologik, sun 'iy yoki formal tizimlar tushuniladi[6].
Oxirgisi o‘zida aloqa, bilimlami jamlash, qarorlar qabul qilish, o‘rganish,
moslashish va boshqa xususiyatlami o‘zida namoyon etadi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
|
| |