Oriental Renaissance: Innovative




Download 466,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana15.12.2023
Hajmi466,97 Kb.
#119625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-mulohazalar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
526 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
tayyorgarlik ko‘rmaganligi, bilim va kasb saviyasining pastligi jiddiy muammo bo‘lib 
qolmoqda, kompetentliklari esa yetarli darajada emasligi sezilmoqda. 
Bu muammolarni bartaraf etish pedagoglarning malakasini muntazam oshirishni, 
bunda alternativ usullarni qo‘llash hamda tinimsiz izlanishlarini yo‘lga qo‘yish kabi 
vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Bu o‘z navbatida pedagoga katta 
mas’uliyat yuklaydi.
Hozirda o‘quv dasturi mazmuni va strukturasini qayta ko‘rib chiqish juda 
muhim. U pedagog uchun “ko‘zgu” vazifasini bajarishi lozim. Chunki, inson ko‘zgu 
(oyna)ga qarab o‘zining butun bir vujudini ko‘radi. Shuning uchun ham pedagog o‘z 
fani bo‘yicha o‘quv dasturiga qarab, butun bir faoliyatini, o‘quv mashg‘ulotida ta’lim 
oluvchilarga yetkazishi lozim bo‘lgan jarayon borishini, unda amalga oshirishi lozim 
bo‘lgan vazifalarni eslaydi. Lekin, amaldagi fan dasturlarida o‘ziga yarasha 
kamchiliklar mavjud: jumladan: 
- kirish qismida fanning dolzarbligi va ahamiyati to‘liq ochib berilmasligi; 
- fanni o‘qitishda maqsad va vazifalarning chuqur, aniq yoritib berilmasligi yoki 
haddan tashqari ko‘pligi; 
- ta’lim oluvchilarga qo‘yilayotgan malaka talablarining bugungi kun talablari 
asosida shakllantirilmaganligi, bu borada ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro 
hamkorlikning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi; 
- kursdan kursga o‘tishda yoki bitiruvchilarda malaka talablarini egallaganlik 
darajasini aniqlovchi mezonlar va ko‘rsatkichlarning ishlab chiqilmaganligi; 
- malaka talablarini ishlab chiqishda ta’lim oluvchilarning kasbiy sifatlari 
(mustaqillik, ijodkorlik, tadbirkorlik, tashabbuskorlik) hamda mantiqiy fikrlash 
operatsiyalari (tahlil qila olish, klassifikatsiyalash, solishtirish, taqqoslash
umumllashtirish, xulosa chiqarish, amaliyotga joriy etish kabi) kabi omillarga deyarli 
e’tibor berilmasligi; 
- o‘quv dasturlari strukturasini yangilash va o‘zgartirish zaruriyati; 
- o‘quv jarayonini loyihalash mexanizmlarini kiritish zaruriyati; 
- pedagogik va axborot texnologiyalarining hamda mustaqil ta’limning to‘g‘ri 
talqin etilmaganligi; 
- foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatiga yillar bo‘yicha chegara qo‘yilganligi 
va boshqalar.
Yuqoridagi kabi kamchiliklarni barataraf etish bilan biz zamonaviy o‘quv 
dasturlarning yaratilishiga erishamiz. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga 
oshirish lozim deb hisoblayman: 



Download 466,97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 466,97 Kb.
Pdf ko'rish