|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-mulohazalarOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
531
w
www.oriens.uz
September
2021
Ushbu muammolarni bartaraf etishda quyidagilarga ko‘proq e’tiborni qaratish
lozim:
- o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida tajribali pedagog hamda
mutaxassislar bilan kelishgan holda tubdan takomillashtirish, kerak bo‘lsa ularning
variativ variantlarini ishlab chiqish;
- ta’lim oluvchilarda tanqidiy, kreativ fikrlashni, yangicha yondashuv
uslublarida qobiliyatlarini shakllantirish;
- nazariy va amaliy bilimlarni yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilg‘or
tajribalarni tatbiq etgan holda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish;
- o‘quv mashg‘ulotida ta’lim oluvchilar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi
muammoli savol va topshiriqlarni ishlab chiqish hamda debatlarni yo‘lga qo‘yish;
- o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida ta’lim oluvchilar
uchun tajribalar o‘tkazish, modellar yasash, loyihalash, modellashtirish, muammoli
vaziyatlarni yaratish va ularni bartaraf etish, o‘z g‘oyalarini hayotga joriy qilishga
yo‘naltirilgan rag‘batlantirish tizimini yaratish;
- respublika va xorijdagi yetakchi mutaxassis-olimlar ma’ruzalarini hamda
vebinar mashg‘ulotlarini onlayn audio-, videotranslyatsiyalar ko‘rinishida tashkil
qilish;
- o‘quv qo‘llanmalarini sohalardan kelib chiqib yaratish. Masalan, fizika darsligi
bo‘yicha: tibbiyot-fizikasi, transport fizikasi, yengil sanoat-fizikasi va b.q.;
- har bir fan bo‘yicha o‘quv yili uchun “Fan yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;
- pedagoglarning “Tahlil – muammo – yechim - natija” klasteri asosida o‘quv
mashg‘ulotini tashkil etishini yo‘lga qo‘yish. Ma’ruzalarning ushbu klaster asosida
o‘tkazilishiga erishish;
- ta’lim oluvchilarning referat yozishlaridan voz kechib, “Tahlil – muammo –
yechim - natija” klasteri yo‘nalishidagi bitiruv malakaviy ishlarini yo‘lga qo‘yish;
- ta’lim oluvchilarning bilimlarini baholashda barcha baholash tizimlaridan voz
kechib “yaxshi o‘zlashtirgan, o‘rtacha o‘zlashtirgan, past o‘zlashtirgan” tizimni
kiritish (Izoh: a’lo bu ideal tushuncha. O‘zlashtirmadi deb hisoblash noto‘g‘ri, chunki
biz maktabgacha ta’limda, umumiy o‘rta ta’limda, profta’limda, qolaversa oliy
ta’limda bolani shuncha yillar nimaga o‘qitdik);
- ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda quyidagi punktlarga e’tiborni
qaratish: tadqiqot ishining tahlili, tahlil asosida aniqlangan muammolar, muammoni
yechishga qaratilan maqsad va vazifalar, ularni amalga oshirishga yo‘naltirilgan
metod, texnologiya va vositalar, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati,
olingan natijalar va ularning amaliyotga tadbig‘i, xulosar va takliflar.
|
| |