|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-mulohazalarOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
530
w
www.oriens.uz
September
2021
erishgan bo‘ladi. Buning uchun zamonaviy o‘qitish texnologiyalari imkoniyatlari va
usullaridan foydalanish zarur [6].
Jumladan, mashg‘ulotda muammoli, modulli, loyihalash, evristik hamda
hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish ta’lim oluvchilarni ijodiy va
mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, mustaqilligini oshirish, ularda o‘z qobiliyatiga
bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Bu texnologiyalar ularning berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga, o‘quv
materiallarini puxta o‘zlashtirishga zamin tayyorlaydi.
Bugungi kunda o‘quv mashg‘ulotlari sifatini oshirish masalasiga yangicha
yondashish, bajarilgan ishlar bilan cheklanmasdan, uni muntazam ravishda
takomillashtirish, yangi uslub va shakllarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy
etish muhim hisoblanadi. Har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:
- o‘quv mashg‘ulotining mantiqiy-tuzilish shaklini (o‘quv mashg‘ulotlarini
tashkil etishda ketma-ketlik) aniqlash, ularni bevosita hayot talablariga moslashtirish;
- muammoli topshiriqlarni tuzish, ular asosida uslubiy tavsiyalar va
ko‘rsatmalarni tayyorlash;
- pedagogik texnologiyalarning zamonaviy turlarini qo‘llash, tajribadan
o‘tkazish, natijalariga qarab, o‘quv jarayoniga joriy etish;
- shu tariqa ta’lim oluvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish hamda
rivojlantirishga erishish;
- pedagoglar faoliyatini rag‘batlantirishda barchaga bir xil yondashish
tamoyillaridan voz kechish, uning o‘rniga faolligiga hamda mashg‘ulotlar sifatini
oshirishga taalluqli bo‘lgan muayyan ishining sifati, hajmiga qarab rag‘batlantirish
lozim.
O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsad va vazifalarini amlga oshirishda - asosiy
e’tiborni maqsad va vazifalarni aniqlashga qaratish, pedagog va ta’lim oluvchilarning
samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or pedagogik texnologiya va ular asosida
yaratilgan
interfaol
usullardan
foydalanish,
natijalarini
baholash
tizimini
takomillashtirish, uning barcha shakllarini yangi texnika va texnologiya yutuqlarini
hisobga olgan holda tashkil etish va amalga oshirish, ta’lim oluvchilarda mustaqil
fikrlash, ijodiy qobiliyat hamda kasbiy mahoratlarini zamon talablari darajasida
shakllantirish, o‘quv mashg‘ulotini noan’anaviy o‘qish va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan
uzluksiz aloqasini yaratish, kasbiy, iqtisodiy qiziqishlarni uyg‘otish, mustaqil tarzda
kerakli ma’lumotlarni yig‘ish, muammoni aniqlash, yechimlarini topish, olingan
bilim, malaka va ko‘nikmalarni tanqidiy tahlil etish va ularni yangi vazifalarni hal
etishda qo‘llashga tizimli va ijodiy yondashishga qaratish lozim [7].
|
| |