• - ikkinchidan
  • - uchinchidan
  • Oriental Renaissance: Innovative




    Download 466,97 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/12
    Sana15.12.2023
    Hajmi466,97 Kb.
    #119625
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-mulohazalar

    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 1 | ISSUE 8 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
    527 
    w
    www.oriens.uz
    September 
    2021
     
    - birinchidan, fan dasturining kirish qismida o‘qitiladigan fanning dolzarbligi 
    va ahamiyati, uning maqsad va vazifalari, uning kelajakda nima kerakligini ochib 
    berishga alohida e’tiborni qaratish lozim. Buni fanga tegishli hayotiy misollar, fan va 
    texnologiyalar, ishlab chiqarish sohalarida erishilayotgan yutuqlarni inobatga olib 
    yoritib berilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu albatta ta’lim oluvchilarda fanga 
    bo‘lgan boshlang‘ich motivatsiyani uyg‘otishga, kelajakka bo‘lgan ishonch 
    kurtaklarining yuzaga kelishiga yordam beradi; 
    - ikkinchidan, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda katta o‘zgarishlar 
    bo‘lmoqda. Respublikamizga xorijdan ko‘plab yangi texnika va texnologiyalar, 
    investisiyalar kirib kelmoqda, qolaversa o‘zimizda ham ishlab chiqarilmoqda, yangi-
    yangi korxona hamda ishlab chiqarish tashkilotlari barpo etilmoqda. Albatta ertaga 
    ularda mustaqil ishlay oladigan, ularni boshqara oladigan mutaxassis zarur. Shuning 
    uchun bugungi kunda biz kelajak uchun tayyorlayapgan mutaxassislarimizga ular 
    tomonidan qo‘yilayotgan zamonaviy malaka talablarini aniq, to‘g‘ri, pala-partish 
    qilmasdan, “bizdan ketdi - egasiga yetdi” tarzida ish qilmasdan o‘rganib, kerak bo‘lsa 
    ushbu korxona va tashkilotlarga borib, ko‘z bilan ko‘rib, ularning yetakchi, tajribali 
    mutaxassislari bilan hamkorlikda shakllantirish lozim. So‘ngra ushbu tayyor malaka 
    talablari o‘quv dasturida o‘z aksini topishi lozim; 
    - uchinchidan, amaldagi o‘quv dasturlarida soatlar taqsimotini jadval shaklida 
    berish. O‘quv rejadagi fan mavzusi soatlari taqsimoti o‘quv dasturida o‘z aksini 
    topishi maqsadga muvofiq. Chunki, pedagog dasturni ochganda soatlarni izlab 
    yurmaydi, o‘quv rejasiga murojaat qilmaydi. Bu ishni osonlashtiradi va vaqtni tejaydi; 

    Download 466,97 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 466,97 Kb.
    Pdf ko'rish