Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
529
w
www.oriens.uz
September
2021
- tanlangan texnologik usulni amalga oshirish yo‘llarini, ya’ni pedagogning
ta’lim oluvchilar o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha didaktik faoliyati
tizimlarini ishlab chiqishni;
- jarayonni moddiy-texnik ta’minlashni tanlash kabilarga alohida e’tibor qaratish
lozim;
- oltinchidan, mustaqil ta’lim, mustaqil ishni to‘g‘ri talqin etish. Ko‘pchilik
o‘quv dasturida laboratoriya ishlari, mustaqil ishlar, seminar mashg‘ulotlari alohida-
alohida yoritilgan. Axir, bularning barchasi mustaqil ta’lim shakllariga kiradi-ku.
Shuning uchun ham ularni fan dasturida “mustaqil ta’lim”
nomi bilan alohida
paragraf qilib yoritish lozim.
Shu bilan bir qatorda, ayrim fan dasturlarida barcha mustaqil ta’lim
topshiriqlarini bajarish shakli sifatida faqat “referat yozish” berilganligini kuzatish
mumkin. Bu hozir modadan qoldi-ku. Bugungi kunda t’lim oluvchilarga referat
yozish
kerak desangiz, ular ARMdagi yoki Internetdagi tayyor ma’lumotlarni
ko‘chirib yozib kelishadi. Shuning chun ham hozirda ularga kasbiy sifatlarni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan muammoli vaziyatlarni yaratishga oid, shuningdek,
muammoli savol va topshiriqlarga javob topishga qaratilgan vazifalarni ko‘proq
berishimiz maqsadga muvofiq. Bu o‘z navbatida ularning o‘z
ustlarida mustaqil
ishlashlariga, ARM va Internet tarmoqlarida izlanishlariga, tajribali pedagoglar bilan
hamkorlik qilishlariga, ularning u yoki bu manbalardan ma’lumotlarning ko‘chirib
olishlari oldini olishga yordam beradi;
- yettinchidan, oxirgi 10-15 yil ichida foydalangan adabiyotlar bo‘lishi
kerak
deyilgan. Bu ayniqsa, pedagogika yo‘nalishida mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Chunki,
bugungi
kunda
ajdodlarimiz,
avlodlarimiz,
bobolarimiz
tuzuklaridan
foydalanmaslikning iloji yo‘q. Shuning uchun foydalaniladigan adabiyotlar
ro‘yxatiga yillar bo‘yicha chegara qo‘ymaslik kerak.
Ta’lim sifati, uning maqsad va vazifalarini,
mazmunini, shakl, metod,
texnologiya va vositalarini to‘g‘ri tanlash muhim. Har bir mashg‘uloti ta’lim
oluvchilarda o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga, o‘quv adabiyotlaridan
kerakli axborotlarni mustaqil topishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Mashg‘ulot sifati
o‘qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga pedagogning mas’uliyat bilan yondashishi,
uning mazmunini ta’lim oluvchilarga yetkazishga qaratilgan mahorati, mashg‘ulotni
bugungi kun talabi asosida tashkil etish va boshqarish
uslubiy faoliyati bilan
belgilanadi. Pedagog mavzuni yoritish uchun uning muhim bo‘lgan nazariya bilan
asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog‘langanligini tushuntira olsa, ma’lum maqsadga