Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
525
w
www.oriens.uz
September
2021
bilish mahoratiga ega bo‘lishi muhim. Bugun fan va texnika sohasidagi yangiliklarni
o‘quv dasturi mazmuniga tez kiritish talab etiladi va bu orqali zamonaviy bilimlarni
shakllantirishga zamin hozirlanadi. Bundan tashqari zamonaviy o‘qitish
texnologiyalari, ular bilan bog‘liq metodik yondashuvlar bo‘lajak
pedagoglarda
zaruriy bilim, muhim qonuniyat va ko‘plab fundamental tushunchalarni chuqur va
mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Ta’limning sifatini oshirishda pedagoglar bilim va kasbiy mahoratining davr
talablariga mosligi, o‘qitishda innovasion ta’lim texnologiyalaridan oqilona
foydalanishi, tashkil etilayotgan darslarning samaradorligi, ta’lim
oluvchi yaxshi
o‘zlashtirishi uchun har bir mavzuning pedagogik va axborot texnologiyalarni
qo‘llagan holda o‘tilishini ta’minlash talab etiladi. O‘qitishda kompetensiyaviy
yondashuvga asoslangan ta’limni amaliyotga joriy etish, ta’lim oluvchilarda
egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish, kasb tanlash, mustaqil ta’lim olish, o‘quv-
bilish kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biridir.
Bugungi kunda respublikamizda ta’lim
tizimini modernizatsiya qilish,
o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini joriy etish, mustaqillik, ijodkorlik,
tashabbuskorlik, tadbirkorlik kabi kasbiy sifatlarga ega yoshlarni tayyorlash hamda
pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida katta ahamiyatga ega, sazovor ishlar amalga
oshirilmoqda.
Lekin, tahlil va o‘rganish natijalari hozirgacha ta’lim
tizimimizda saqlanib
kelayotgan muammolar borligini ko‘rsatmoqda.
Jumladan:
- ta’lim muassasalarida malakali pedagoglarning yetishmasligi, ularni
tayyorlashda amaliyotga joriy etilgan o‘quv reja va dasturlarining yaratilishida
sohadagi islohotlar to‘liq inobatga olinmasligi hamda ular mazmunan eskirganligi;
- ta’lim oluvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini
mustahkamlashda hamda
iqtidorli yoshlarning kreativ g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etilishida tizimli va
innovasioln faoliyat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;
- pedagoglar tomonidan ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmaganligi;
- pedagoglar tomonidan innovasion pedagogik texnologiya va metodlarini
amaliyotga keng joriy etilmasligi;
- ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi;
- o‘quv mashg‘ulotida ta’lim
oluvchilarga bahslashish, o‘zining fikrini bayon
etishga imkon juda kam berilishi; ayrim mashg‘ulotlarda pedagoglar eski
ma’lumotlarni takrorlash bilan cheklanib qolayotganligi,
ularning talab darajasida