|
Oriental Renaissance: Innovative Pdf ko'rish
|
bet | 11/12 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 466,97 Kb. | | #119625 |
Bog'liq ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-mulohazalarOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
533
w
www.oriens.uz
September
2021
umumlashtirish va hayotda qo‘llash bugungi kunda juda dolzarb Shu maqsadda,
keyingi paytlarda o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik
materiallarni keng joriy etish muhim vazifalar etib belgilandi. Bu o‘z navbatida ta’lim
muassasalarida o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va
ular asosida ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda
zamonaviy talablarga, pedagogik va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor qaratish
lozimligini taqozo etadi hamda ta’lim oluvchilarning hayotiy tajribasi, ehtiyoji,
qiziqishi hamda imkoniyatlariga tayaniladi.
XULOSA
Bu vazifalarni amalga oshirish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlashda
xorij tajribalaridan samarali foydalanish, uning asosida o‘quv mashg‘ulotini tashkil
etishga ta’lim muassasalarida yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur. Chunki,
o‘quv mashg‘uloti jarayoni pedagogik ijodkorlikning asosiy maydoni bo‘lib, uni
tashkil qilish va boshqarishga to‘g‘ri, innovasion yondashuv ta’lim oluvchilarni bilim
olishga, mustaqillikka, ijodkorlikka, tashabbuskorlikka, hamkorlikda ishlashga,
kasbiy kompetensiyalarni chuqurlashtirish orqali ta’lim sifatiga e’tibor berishga jalb
qiladi [7-9].
Ta’lim sifatini oshirishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, bu
yo‘ldagi maqsad va vazifalarni aniq belgilash, buning uchun jahonda tan olingan
tajribalardan foydalanish, axborot texnologiyalarini pedagogik texnologiyalar bilan
uyg‘unlashgan holda qo‘llash bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik
sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, bu jarayon samaradorligini oshiradi. Ta’lim
maqsadlarini oydinlashtirish, o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan
turli texnologiya va usullardan foydalanish, mazmunga e’tiborni qaratish ta’lim
muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi.
REFERENCES
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi,
PF-4947-sonli Farmoni. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y.,
6-son, 70-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va
tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
|
| |