|
Jahon iqtisodiyotida sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar
|
bet | 25/27 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 71,48 Kb. | | #113409 |
Bog'liq Jahon iqtisodiyotida sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar -kompy.infoYel iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim vazifalardan biri-barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashdan iborat. Shu maqsadda 2000-yilda Lissabon strategiyasi qabul qilingan va 2005-yilda yangilangan. Lissabon strategiyasiga muvofiq Yel da quyidagi sohalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan:
Yel iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim vazifalardan biri-barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashdan iborat. Shu maqsadda 2000-yilda Lissabon strategiyasi qabul qilingan va 2005-yilda yangilangan. Lissabon strategiyasiga muvofiq Yel da quyidagi sohalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan:
• innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni rivojlantirish;
• kichik va o‘rta biznesni qoilab-quvvatlash;
• yoshlar o‘rtasida bandlikni oshirish.
Innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni rivojlantirish uchun sarflanayotgan investitsiyalar hajmini Yel da YalM ga nisbatan 3 % ga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ilm-fan sohasiga sarflanayotgan xarajatlar miqdori yiliga o‘rtacha 100 mlrd. yevrodan kam bo‘lmasligi lozim.
Yel iqtisodiyotining tarmoq tarkibida xizmatlar ulushi 63-65 %ni, sanoat
25-30 %ni, qishloq xo‘jaligi 2-5 %ni tashkil etadi. Yevropa sanoat jihatdan yuqori
darajada taraqqiy etgan mintaqa hisoblanib, Yel ning hissasiga jahon sanoat mahsulotlarining
1/3 qismi to‘g‘ri keladi. Yel ning xalqaro darajadagi tarmoq ixtisoslashuvi
atom energetikasi, neft-gaz majmuasi, avtomobilsozlik, aviakosmos, elektrotexnika,
elektronika, yuqori texnologiyali mashinasozlik (stanoksozlik, kompyuterlar
va elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish), kimyo, yengil va oziqovqat
sanoati, biotexnolgiyalar, yangi konstruksiyali materiallar ishlab chiqarish
tarmoqlari bilan bogiiq. Shu bilan birga oxirgi o‘n yillikda qora metallurgiya,
tekstil sanoati kabi an’anaviy sanoat tarmoqlarida eskirish va inqiroz holatlari
kuzatilmoqda.
|
| |