|
G‘arbiy Yevropa 24 ta mamlakatni qamrab oladi va ushbu mamlakatlarni hududining kattaligi jihatdan quyidagi to‘rt guruhga ajratish mumkin
|
bet | 23/27 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 71,48 Kb. | | #113409 |
Bog'liq Jahon iqtisodiyotida sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar -kompy.infoG‘arbiy Yevropa 24 ta mamlakatni qamrab oladi va ushbu mamlakatlarni hududining kattaligi jihatdan quyidagi to‘rt guruhga ajratish mumkin:
G‘arbiy Yevropa 24 ta mamlakatni qamrab oladi va ushbu mamlakatlarni hududining kattaligi jihatdan quyidagi to‘rt guruhga ajratish mumkin:
• yirik mamlakatlar — Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Shvetsiya, Finlandiya, Norvegiya;
• o‘rta mamlakatlar — Islandiya, Gretsiya, Portugaliya, Irlandiya, Avstriya;
• kichik mamlakatlar — Daniya, Belgiya, Niderlandiya, Shveysariya;
• juda kichik — «qo‘g‘irchoq» mamlakatlar — Lyuksemburg, Lixtenshteyn, Malta, Andorra, San-Marino, Monako, Vatikan.
G‘arbiy Yevropa yagona iqtisodiy hudud sifatida jahon xo‘jaligida sanoat va qishloq
xo'jaligi, tovarlar va xizmatlar eksporti, oltin-valyuta zaxirasi va xalqaro turizmning
rivojlanganlik darajasi bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi. G‘arbiy Yevropa xalqaro
mehnat taqsimotida sanoati (mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika) rivojlangan
hudud sifatida tan olingan. XX asr boshiga kelib G‘arbiy Yevropa xalqaro mehnat
taqsimotida ofis jihozlari, aniq mexanika, optika, telekommunikatsiya, aloqa vositalari
kabi tarmoqlar bo‘yicha mustahkam o‘rin egalladi.
Yevropa iqtisodiyotining global raqobatbardoshligini ta’minlab beruvchi tarmoqlar quyidagilar hisoblanadi:
Yevropa iqtisodiyotining global raqobatbardoshligini ta’minlab beruvchi tarmoqlar quyidagilar hisoblanadi:
a) an’anaviy tamroqlar:
• avtomobilsozlik — Germaniya, Fransiya;
• aviatsiya sanoati — Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya;
• to‘qimachilik sanoati — Italiya, Fransiya.
b) yangi tarmoqlar:
• dasturiy ta’minot — Germaniya, Belgiya, Gollandiya;
• raqamli televideniye — Fransiya, Germaniya;
• mobil aloqa — Shvetsiya, Finlandiya, Buyuk Britaniya.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
G‘arbiy Yevropa 24 ta mamlakatni qamrab oladi va ushbu mamlakatlarni hududining kattaligi jihatdan quyidagi to‘rt guruhga ajratish mumkin
|