I –varaq savollari
1. Tinchlikdagi ishqalanish ta’rifini yozing.
2. Ishqalanish kuchining hosil bo’lish sabablarini yozing.
3. Tinchlikdagi ishqalanishga misollar keltiring.
II – varaq savollari
-
Sirpanish ishqalanish kuchini ta’riflang.
-
Sirpanish ishqalanish kuchi formulasini yozing, nimalarga bog’liq?
-
Sirpanish ishqalanishga misollar keltiring.
III – varaq savollari
-
Dumalanish ishqalanish kuchini ta’riflang.
-
Dumalanish ishqalanish kuchi formulasini yozing, nimalarga bog’liq?
-
Dumalanish ishqalanishga misollar keltiring.
Har bir to’g’ri javob 5 ball bilan baholanadi.
3.Darsning III bosqichi. “Charxpalak” o’yini natijasini ishchi guruhi baholagunga qadar oquvchilar 5 daqiqa ichida yangi mavzuni darslikdan o’rganadilar.
4. Darsning IV bosqichi. Ekranda tegishli rasmlarga oid savollar chiqadi. Guruh qatnashchilari savollarga javob beradilar. Guruh o’ziga berilgan savolga javob berolmasa, keyingi guruh javob berishi mumkin. Har bir to’g’ri javob
1 ball bilan baholanadi.
Guruhlarga beriladigan savollar quyidagilar:
1. Nima uchun tirik baliqlarni ushlash qiyin?( slayd)
Javob: Tirik baliqlar tanasi shilimshiq modda ajratib chiqaradi.Baliqlar (Pisces) - umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan B.ning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Bu modda ishqalanishni kamaytiradi.
2. Ilon daraxtga chirmashib chiqishi uchun nima yordam beradi? (slayd)
Javob: Ishqalanish kuchi yordam beradi.
3. Maymunlar bir daraxtdan ikkinchi daraxtga sakrashi uchun ularga qanday ishqalanish yordam beradi?
Javob: tinchlikdagi ishqalanish.(Yuqoridagi rasm) (slayd)
4. Avtomobil balonlari naqshlar bilan bezatilgan. Nima uchun? (slayd)
Javob: Ishqalanish kuchini ko’paytirish uchun.
5. Fil uchun ishqalanish kuchi qanday ahamiyatga ega? (slayd)
Javob: Fil xartumi g’adir-budurligi ko’p bo’lganligi sababli ishqalanish kuchi katta. Ozuqani bemalol xartumiga o’rab oziqlanadi.
6. Nima uchun futbolchilar oyoq kiyimining tagi tishli qilinadi? (slayd)
Javob: Ishqalanish ko’p bo’lishi va yugurish oson bo’lishi uchun.
7. Mashina loyga botib qolsa,uni loydan qanday chiqarish mumkin.
Javob: Ishqalanish kuchini ko’paytirish maqsadida ballon tagiga tosh, poxol, taxta tashlanadi.
8. Nima uchun yaxmalak paytida yo’llarga qum sepiladi?
Javob: Ishqalanish kuchi ko’payadi. Yo’llarda avariya holatlari oldi olinadi.
9. Nima uchun qishda avtomobillar shinasi qishki shinalar bilan almashtiriladi? Masalan Rossiyada. Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R.
Javob: Qishki avtomobil shinalarining g’adir-budurligi ko’p.
10. Ishqalanish zararli bo’lsa nima qilinadi?
Javob: Kamaytirishga harakat qilinadi.
11. Ishqalanish kuchi qanday kamaytiriladi?
Javob: Ishqalanadigan sirtlar silliqlanadi, moylanadi, podshipniklardan foydalaniladi.
12. Qanday podshopniklarni bilasiz?
Javob: rolikli va sharikli.
13. Podshipniklar qayerlarda qo’llaniladi?
Javob: Velosipedlarda, turli xil stanoklarda.
14. Barmoqqa uzuk tirilib qolsa, uzukni qanday yechish mumkin?
Javob: Sovunli suv bilan. Chunki sovunli suvning ishqalanish kuchi kichik.
15. Nima uchun yomg’irdan so’ng yo’llar sirpanchiq bo’ladi?
Javob: Chunki suvning ishqalanish kuchi kichik.
16. Alpinistlar toqqa chiqishda sirpanib ketmasligi uchun nima qilishadi?
Javob: Tishli oyoq kiyim kiyib, ishqalanish kuchini ko’paytiradilar.
17. O’simliklar uchun ishqalanish kuchi qanday ahamiyatga ega?
Javob: Chirmashib chiqishi uchun, yerda ildizlari o’sishi uchun.
18.Yirtqich hayvonlar ov qilganda ularga qaysi ishqalanish yordam beradi?
Javob: Tinchlikdagi ishqalanish
Darsning savol – javob bosqichi tugagach yangi mavzu xulosalanadi.
5.Darsning V bosqichi. Ishchi guruhi guruhlar ballini hisoblab, g’olib guruhni aniqlaydi.
Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
6. Darsning VI bosqichi.
O’quvchilarga uyga topshiriq beriladi.
Uyga vazifa mavzusiga doir 5 ta test tuziladi
49-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Impuls
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarda kuch impulsi va jism impulsi, ular orasidagi munosabat haqida tasavvurlar hosil qilish, ularga doir masalalar yechish ko'nikmasini shakllantirish.
b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish, nafosat tuyg’usini shakllantirish
d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyati va tasavvur ko’lamini kengaytirish
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
1) Tashkiliy qism
2) O’tilgan mavzuni so’rash
1) Ishqalanishning ahamiyatini so’zlab bering
2) Tabiatda ishqalanish kuchi yo’q deb tasavvur qiling va mulohazalaringizni aytib bering
3) Qanday zararli ishqalanishlarni bilasiz?
4) Podshipniklarning qo’llanilishi haqida nimalarni bilasiz?
3. Yangi mavzu bayoni:
Kuch impulsi
Impuls lotincha "impulsus" so'zidan olingan bo'lib.Lotin tili - hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad. "turtkr degan ma'noni bildiradi.
Jismlarning o'zaro ta'siri natijasi kuchdan tashqari ta'sirlashish vaqtinmg davomnligiga ham bog'liq. Bunga ishonch hosil qilish uchun quyidagi tajribalarni o'tkazib ko'raylik.
1-tajriba. Osmaga jismni ip orqali 84-rasmda ko'rsatilgandek osib qo'yaylik. Birinchi galda jismning ostiga bog'langan ipni sekin-aslalik bilan pastga toriamiz. Bunda jismni tayanch bilan bogiab turgan ip uziladi. Ikkinchi galda ipni tez, ya'ni siltab pasiga tortamiz. Bunda jism ostidagi ip uzilishiga guvoh bo'lamiz.
2-tajriba. Stol ustiga sirtlari silliq bo'lgan ikkita taxtachani ustma-ust qo'yaylik. Ostdagi taxtachaga ip bog'langan bo'lsin. Birinchi galda ostdagi taxtachani sekin- asta tortamiz. Bunda ostki va ustki taxtacha bir-biriga nisbatan siljimasdan stol ustida sirpanadi. Ikkinchi galda ostdagi taxtachani tez, \a'ni sikab tortan.iz. Bu holda ustki taxtacha ostki taxtacha ustida sirpanib orqaroqda qoladi yoki tushib ketadi.
Ikkala tajribadan xulosa chiqarish mumkinki, haqiqatan ham, jismlarning o'zaro ta'siri natijasi faqat kuchga emas, balki uning ta'sir vaqti davomiyligiga ham bog'liq. Shuning uchun kuch impulsi degan kattalik kiritilgan.
p=mν
4. Mavzuni mustahkamlash:
`Mavzuning “Jism impulsi” bandida keltirilgan misoldagi velosiped va avtomashinaning impulslarini toping. Velosipedning massasini 100 kg (haydovchi bilan birgalikda), avtomashinaning massasini 200 kg deb oling
5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
50-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Impulsning saqlanish qonuni
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarda impulsning saqlanish qonuni haqida tasavvurlar hosil qilish, kundalik hayotda uchraydigan fizik hodisalarga impulsning saqlanish qonunini qo'llash malakasini shakllantirish.
b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish
d) O’quvchilarning dunyoqarashini, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
1) Tashkiliy qism
2) O’tilgan mavzuni so’rash
1) Kuch impulsi qanday ifodalanadi?
2) Kuch impulsi qanday birliklarda o’lchanadi?
3) Harakatlanayotgan jismning tezligi qancha katta bo’lsa, uning urilish zarbi ham shuncha katta bo’lishini asoslab bering
4) Jism impulsi qanday ifodalanadi? U qanday birliklarda o’lchanadi?
5) Kuch impulsi va jism impulsi orasida qanday munosabat mavjud?
3. Yangi mavzu bayoni:
Yerdan kosmik kemani uchirishda Yer va kosmik kemani birgalikda yopiq sistema deb qarash mumkin. Chunki Quyosh, Oy va boshqa osmon jismlarining kosmik kemaga ta’sirini hisobga olmasa ham bo’ladi
Jismlar sistemasi boshqa tashqi jismlar bilan o’zaro ta’sirlashmasa yoki sistemaga ta’sir etayotgan kuchlar o’zaro muvozanatlashsa, bunday jismlar sistemasi yopiq sistema deb ataladi.
l-tajriba. Gorizontal relsga bir xil m massali ikkita aravachani 86-rasmdagidek qo’yamiz. Aravachalarga ta'sir etuvchi og'irlik kuchi va relsning reaksiya kuchi o'zaro muvo- zanatda bo'ladi. Shuning uchun qaralayotgan jismlar sistemasini yopiq sistema deb olish mumkin.
Aravachalarning bir tomoniga prujinali bufer mahkamlangan. Birinchi aravachaning ikkinchi tcmoniga plasti'in yopishtirib ao'yilgan. Aravachalarga bir xil v tezlik beramiz. Bunda birinchi aravachaning impulsi mv ga teng. Ikkinchi aravachaning tezligi birinchi aravachaning tezligiga teng, lekin qarama-qarshi yo'nalgan. Shuning uchun ikkinchi aravachaning impulsi — Mt,ga teng bo'ladi. U holda yopiq sistemadagi ikkala aravachaning impulslari yig'indisi mv (mv) = mv — mv = 0 bo'ladi. Aravachalar to'qnashganda plastilin ularni bir- biriga yopishtirib qo'yadi va aravachalar to’xtaydi, ya'ni impulslarining yig'indisi nolga teng.
Aravachalar to'qnashmasdan oldin ham, to'qnashgandan keyin ham ularning impulslari yig'indisi nolga teng.
Massalari va tezliklari har xil bo'lganda jismlar impulsi
2- tajriba. Aravachalar massalari turlicha — m] va m2 bo'lsin. 88-rasmdagidek ularni relsga o'rnatib, binnchisiga v,, ikkinchi.Mga qarama-qaishi yo'nalishda v2 tezlik beramiz. Aravachalar to'qnashgandan keyin mos ravishda v\ va v'2tezliklar bilan ortga qayta boshlaydi.
Bu tenglikning chap tomoni aravachalarning to'qnashishidan oldingi, o'ng tomoni esa to'qnashgandan keyingi impulslari yig'indisini ifodalaydi. Demak, aravachalar bir-biri bilan to qnashganda ham ular impulslanning yig'indisi o’zgarmay qoladi, ya'ni impulslar yig'indisi saqlanadi.
Impulsning saqlanish qonuni ta'rifi
Yuqorida yopiq sistemada ikki jismning o'zaro ta'sirlashishi natijasida impulslanning saqlanishini ko'rdik. Agar yopiq sistemada ko'p jismlar olinganda ham o'zaro ta'sirlashuvchi jismlarning impulslari yig'indisi o'zgarrray qolishini, ya'ni saqlanishini isbot qilish mumkin. Umumiy holda impulsning saqlanish qonuni quyidagicha ta'riflanadi:
Yopiq sistemani tashkil etuvchi jismlar impulslarining yig’indisi saqlanadi.
m] v] m2 v2= m] v]’ m2 v2’
Impulsning saqlanish qonuni fizikaning asosiy qonunlaridan biridir Bu qonun faqat makroskopik jismlarning o'zaro ta'siri uchun emas, balki molekulalar, atomlar, elementar zarralarmng o'zaro ta'siri uchun ham o'rinlidir.
4. Mavzuni mustahkamlash:
1) Massasi va tezliklari bir xil bo’lib, to’g’ri chiziq bo’ylab qarama – qarshi yo’nalishda harakat qilayotgan jismlarning to’qnashishidan oldingi impulslar yig’indisi nimaga teng bo’ladi?
2) Massasi va tezliklari har xil bo’lib, to’g’ri chiziq bo’ylab qarama – qarshi yo’nalishda harakat qilayotgan ikki jismning to’qnashishidan oldingi va keying impulslar yig’indisi nimaga teng bo’ladi?
5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
51-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Masalalar yechish
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga masala yechish usullari yuzasidan nazariy bilim va tushunchalar berish, masalalarni yecha bilishga o’rgatish.
b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish
Dars turi: bilimlarni mustahkamlovchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, masalalar yechish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism
O’quvchilar davomati va darsga tayyorgarligini tekshirish
2. O’tilgan mavzuni eslash:
1) Massasi va tezliklari bir xil bo’lib, to’g’ri chiziq bo’ylab qarama – qarshi yo’nalishda harakat qilayotgan jismlarning to’qnashishidan oldingi impulslar yig’indisi nimaga teng bo’ladi?
2) Massasi va tezliklari har xil bo’lib, to’g’ri chiziq bo’ylab qarama – qarshi yo’nalishda harakat qilayotgan ikki jismning to’qnashishidan oldingi va keying impulslar yig’indisi nimaga teng bo’ladi?
3. Masalalar yechish
Quyidagi masalalar o’quvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladi:
O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: O’tilgan mavzular yuzasidan krossvord tuzish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
52-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: 6 –nazorat ishi
Darsning maqsadi.
a) Darslikning V – VI bobida o'tilgan mavzularni takrorlash hamda o’tilgan darslarda o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.
b) O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, o’ziga ishonch hissini takomillashtirish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) O’quvchilarning xotirasini mustahkamlash
Dars turi: bilimlarni sinash
Dars uslubi: nazorat qilish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism
O’quvchilar davomatini aniqlash
2. Dars jarayonini tashkil etish rejasi.
-
o'tilgan mavzular bo'yicha suhbatlashish. Suhbatlashish jarayonida faol ishtirok etgan o'quvchilarni baholash.
-
Suhbatlashish chog'ida o'quvchilar noaniq fikr yuritgan savol-javoblarga aniqlik kiritish, o'quvchilarga tushunarsizroq bo'lgan mavzularning eng muhim joylarini takrorlash.
-
Darslikning V bobi yakunida berilgan test topshiriqlari bo'yicha о'quvchilarning javoblarini eshitish. Noto'g'ri javob berilgan topshiriqlarning to'g'ri javobini aytib berish va tushuntirish. Test topshiriqlariga javob berishda faol ishtirok etgan o'quvchilarni baholash (bunda o'quvchining test topshirig'i javobini tushungan holda yoki taxminan javob berganligiga e'tibor berilishi lozim).
4. O'qituvchi o'zi tuzgan yozma ish topshiriqlari bo'yicha nazorat o’tkazadi
3.Yozma ish topshiriqlari:
1) Jismga bog’langan ip siltab 0,05 s davomida 20 N kuch bilan tortilganda jism joyidan qo’zg’almadi. Ikkinchi galda ip shunday kuch bilan 2 s davomida tortib turilganda jism joyidan qo’zg’aldi. Har ikkala hol uchun kuch impulsini toping va ularni taqqoslang
O’quvchilarni baholash: O’quvchilarning nazorat daftarlari terib olinadi
Uyga vazifa: Darslikning 113 – betidagi 6 – masalani yechib kelish
53-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Reaktiv harakat. Raketaning tuzilishi va ishlash prinsipi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:— o’quvchilarga reaktiv dvigatel, uning turlari, qo’llanilishi, issiqlik dvigatellarining tevarak – atrofga ta‘sirlari, afzalliklari haqida bilim berish, atrof-muhitni muhofaza qilish to’g’risida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga tabiatni asrash, uni muhofaza qilish, atrof – muhitning ifloslanishiga befarq bo’lmaslik kabi fazilatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Mavzi bo’yicha o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish. Reaktiv harakat haqidagi tasavvurlarni kengaytirish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi
Darsning shakli: aralash.
Darsning uslubi: Taqdimot, bahs – munozara
Darsning jihozlanishi: issiqlik dvigatellariga oid ko’rgazmalar, slaydlar, elektron darslik, raketa modeli, kompyuter, CD – disk
Dars rejasi:
1. Prezentatsiya (lot. praesentatio - taqdim etish), taqdimot - yangidan yaratilgan, tuzilgan muayyan narsaning rasmiy taqdim etilishi (mas, yangi jurnalning P.si). Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism
2. O’tilgan mavzuni so’rash
1) Yopiq sistemaga ta’rif bering va misollar bilan tushuntiring
2) Quyosh sistemasini yopiq sistema deb olsa bo’ladimi?
3) Impuslning saqlanish qonunini tushuntirib bering
4) Massalari va tezliklari bir xil bo’lganda jismlarning to’qnashuvini tushuntirib bering
3. Yangi mavzu bayoni:
Impuls saqlanish qonunining muhim qo’llanishlaridan biri reaktiv harakatdir
Sistemaning biror qismi ma’lum tezlik bilan undan ajralganda bu tezlikka qarama – qarshi yo’nalishda vujudga keladigan harakat reaktiv harakat deyiladi.
Reaktiv harakatni tasawur qilish uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik.
Tajribu. Probirkaning yarmisigacha suv qujib, tiqin bilan berknaylik va 89-rasmdagidek aravachaga o'rnaiaylik. Spirt Iampasi alangasida probirkadagi suvni isitaylik. Suv qaynash darajasiga yaqinlashganda tiqin katta tezlik bilan otiladi. aia\acha esa tiqin yo'nalishiga qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Bunda tiqinni probirkadan otib chiqaruvchi bug'ning bosim kuchidan tashqari bu kuchga qarama-qarshi yo'nalgan reaktiv kuch paydo bo'ladi. Reaktiv kuch ta'sirida aravacha tiqinga qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanadi.
Mesalan, tiqmning massasi /w,=10 g, aravachaning massasi (lampa va probirka bilan birgalikda) m2 = 500 g, tiqin va aravachaning tiqin otilmasdan awalgi tezliklari t>, = u, = 0. tiqinning otiush tezligi u,—10 m/s ga teng deylik. Impulsning saqlanish qonunidan toy dalanib. tiqin otilganda aravachaning olgan u,' reaktiv tezligini hisoblaymiz.
Reaktiv harakatni yaqqol tasawur qilish uchun yana boshqa tajribalarni ham o'tkazish mumkin. 90-rasmda tasvirlangan ikkala tajribada suv u,' tezlik bilan bir tomonga otilib tursa, nayning o'zi qarama-qarshi tomonga v2 reaktiv tezlik bilan harakat qiladi
Reaktiv kuch ta’sirida harakatlanadigan uchish apparati raketa deb ataladi
|