5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
42-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Masalalar yechish
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga masala yechish usullari yuzasidan nazariy bilim va tushunchalar berish, masalalarni yecha bilishga o’rgatish.
b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish
Darsning turi: bilimlarni mustahkamlovchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, masalalar yechish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism
O’quvchilar davomati va darsga tayyorgarligini tekshirish
Masalalar yechish
O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: Masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
43-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: 5 –nazorat ishi
Darsning maqsadi.
a) Darslikning V bobida o'tilgan mavzularni takrorlash hamda, o’tilgan darslarda o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.
b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berishda hamkorlik qilish
d) O’quvchilarning nazariy bilimlarini tadbiq etishga o’rgatish, xotirasini mustahkamlash
Dars turi: nazorat darsi
Dars uslubi: test
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar davomatini aniqlash
Test sinovi:
-
Jismga 200 N kuch 5 tezlanish beradi Jismning massasi qancha?
A) 40 N B) 1000 N C) 40 kg D)0,04N
-
Kuchni o'lchovchi asbob ?
A) tarozi
B) dinamometr
C) Ampermetr
D) menzurka
3. Kuchning birligini aniqlang?
A) A B) N C) Pa D)kg
-
Markazdan qochma kuch formulasini aniqlang?
A) Fm.j = B) υ = ώR C) ώ = Δφ/t D) V = q∙t
-
Jism o'zaro ta'sirining o'lchovi nima?
A) massa B) tezlik C) kuch D) tezlanish.
6.Ikki Nyuton kuch ta'sirida 10 sm ga uzaygan rezinaning tfkirlijgini toping?
A) 0,2N-m B)2N/m C)20m/sek D)20 N/m
7. Guk qonuni qanday kattalik?
A)Prujinaning uzayishi
B)Ta’sir etuvchi kuch
C)prujinaning bkirligi
D)torshish kuchi
-
Tashqi kuch ta'sirida jismlaming shakli va hajmi o'zgarishi nima deb ataladi?
A)kuch B)tezlanish
C)deformatsiya D)masofa
-
Elastik deformatsiya kuchini kim aniqlagan va qachon?
A) 1660-yilda Robert Guk В) 1800-yilda Nyuton С) 1758-yilda Aximed D) 1777-yilda Beruniy
10.Jism deformatsiyalanganda tashqi kuchga qarshilik ko'rsatadigan va unga qarama-qarshi yo'nalgan . deb ataldi.
A)og'irlik kuch B)elastiklik kuchi C)tashqi kuch D)deformatsiya
11.4N kuch ta'sirida 5smga uzaygan prujinaning bkirligini toping?
A)25N/m B)80N/m C)0,5N/m D)0,005N/m
12.Massasi 5kg jism yerga qanday kuch bilan tortiladi?(g=9,8m/s2)
A)49N B)19,6N C)5N D)196N
13. Jismlarning yerga tortilish kuchi deyiladi.
A)tezlik B)tezlanish C)deformatsiya D)og'irlik kuchi
14. Yerga tortilishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga ta'sir etadigan kuchi deyiladi
A) Jismning og'irligi
B)tezlanish
C)deformatsiya
D)og'irlik kuchi
15. Birinchi kosmik tezlikning qiymati qancha?
A) 7,9 km/soat B) 7,9 km/soat C) 9,8 km/s D) 11 krn/s
O’quvchilarni baholash. Nazorat daftarlarini terib olish.
Uyga vazifa: O’tilgan mavzular yuzasidan krossvord tuzib keish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
44-dars Sana: 7-sinf Mavzu: Ishqalanish kuchi. Tinchlikdagi ishqalanish
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarda ishqalanish kuchi, ularning hosil bo'lishi, tinchlikdagi ishqalanishning namoyon bo'lishi haqida tasavvurlar hosil qilish.
b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish
d) O’quvchilarning mantiqiy fiklarlash qobiliyatini va ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism
b) O’tilgan mavzuni so’rash
1) Yerning sun’iy yo’ldoshi nima?
2) Kosmosning zabt etilishi va o’rganilishini gapirib bering
3) h balandlikda gorizontal otilgan jism uchun birinchi kosmik tezlik qanday ifodalanadi?
4) Ikkinchi va uchinchi kosmik tezliklar haqida nimalarni bilasiz?
3. Yangi mavzu bayoni:
Jismning harakatlanishida paydo bo'ladigan va harakatga qarshi yo'nalgan kuch ishqalanish kuchi deb ataladi
Stol ustida taxlanib turgan kitoblarni surish uchun kuch bilan ta'sir etishimiz kerak. Muz ustida harakatlanayotgan xokkey shaybasi, motori o'chirilgan avtomobil sekinlashib boradi va to'xtaydi. Avtomobilga tormoz berilsa, u tezda to'xtaydi. Bu keltirilgan misollarda kitob bilan stol sirti, shayba bilan muz sirti, avtomobil g'ildiragi bilan aylanish o'qi, shina bilan asfalt orasida ishqalanish kuchi vujudga keladi. Tasmali uzatma ham ishqalanish tufayli shkivlarni aylantiradi.
Ishqalanish kuchi hosil bo'lishining birinchi sababi — bir-biriga tegib turadigan jismlarning g'adir-budirligidir.
Hatto, juda silliq ko'rinadigan jismlarning sirtlarida ham g'adir- budirliklar va tirnalgan joylar bo'ladi.
Bir jism ikkinchi jismning sirtida sirpanganda yoki dumalaganda bu g'adir-budirliklar bir-biriga ilashib, harakatlanishga to'sqinlik qiluvchi kuchni vujudga keltiradi
Ishqalanish kuchi hosil bo'lishining ikkinchi sababi - bir – biriga tegib turadigan jismlar molekulalarining o'zaro tortishishidir.
Agar jismlarning sirtlari yaxshi silliqlangan bo'lsa, jismlar bir-biriga tekkanda ular sirtidagi molekulalar bir-biriga juda yaqin bo'ladi. Bunda bir-biriga tegib turgan jism molekulalari orasida tortishish kuchlari sezilarli bo'ladi.
Jismlarning bir-biriga ishqalanish hodisalarini uch turga bo'lish mumkin:
tinchlikdagi (tinch holatdagi) ishqalanish, sirpanish ishqalanish va dumalash ishqalanish.
Tinchlikdagi ishqalanish
Jism nisbiy tinchlikda turganda ishqalanish kuchi uni bir joyda ushlab turadi va u jismning joyidan qo'zg'alishiga to'sqinlik qiladi. Bu kuch tinchlikdagi ishqalanish kuchidir.
Transportyor yordamida yuklarni qiyalik bo'yicha yuqoriga olib chiqish mumkin. Bunda yuk sirti bilan transportyor tasmasi sirti orasidagi tinchlikdagi ishqalanish kuchi yukni ushlab turadi
Xonadagi stol-stullar, jovonlar va boshqa jihozlar tinchlikdagi ishqalanish kuchi tufayli polda qimirlamay turadi. Agar ishqalanish kuchi bo'lmaganda ularni turtib yuborilgan zahoti xona ichida harakatga kelib sirpanib yurar edi.
Yurganimizda oyoq kiyimining tag sirti bilan yer sirti o'rtasida tinchiikdagi ishqalanish kuchi hosil bo'ladi. Ishqalanish kuchi bo'lmaganida biz yura olmas edik, muz ustida yurgandek sirpanib ketardik. Biz yerni orqaga F kuch bilan itaramiz. Ishqalanish kuchi Fi esa harakatimiz yo'nalishida bo'lib, miqdor jihatdan F kuchga teng.
Yurganimizda yerni orqaga itarishimizni tasavvur qilish uchun sportchilar mashq qiladigan rolikli yo'lkachani misol qilib keltirish mumkin. Bunda sportchi oldinga yugurmoqchi bo'lsa, yo'lka orqaga harakat qiladi.
Jismning tinch holatdan harakatga kelishi paytidagi ishqalanish kuchi tinchiikdagi ishqalanish kuchi deyiladi.
4. Mavzuni mustahkamlash:
Rasmlar bilan ishlash
O’qituvchi kompyuter orqali bir nechta slayddagi rasmlarni ko’rsatadi. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. O’quvchilar bu rasmlardagi ishqalanish kuchini aytadilar va sababini tushuntirib beradilar.
5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
45-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Sirpanish ishqalanish. Dumalanish ishqalanish
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarda sirpanish ishqalanishi va dumalanish ishqalanishi, ularning namoyon bo'lishi va ahamaiyati haqida tasavvurlar hosil qilish.
b) O’quvchilarga hayotiy voqealarni hayot bilan bog’lash yuzasdidan tushunchalarni shakllantirish
d) O’quvchilarning mavzu yuzasidan fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism
b) O’tilgan mavzuni so’rash
1) Ishqalanish kuchi ta’rifini aytib bering
2) Ishqalanish kuchi qaysi tomonga yo’nalgan bo’ladi?
3) Tinchlikdagi ishqalanish kuchi deb nimaga aytiladi?
4) Kundalik hayotingizda uchraydigan tinchlikdagi ishqalanishlar qanday sodir bo’ladi?
3. Yangi mavzu bayoni:
Sirpanish ishqalanish
Bir jism ustida boshqa jism sirpanganda ishqalanish vujudga keladi. Bunday ishqalanish sirpanish ishqalanish deyiladi.
Masalan, chana qor ustida sirpanganda, stol ustidagi kitobni surganda sirpanish ishqalanish hosil bo'ladi.
79-a rasmda tasvirlangan jismni dinamometr yordamida tortib joyidan qo'zg'atamiz. Jism joyidan qo'zg'alish paytida dinamometrning ko'rsatishi keskin kamayadi. Dinamo- metrni tortish orqali jismni tekis harakatlantirsak, dinamometrning ko'rsatishi o'zgarmay qoladi. Dinamometr ko'rsatishining ana shu o'zgarmas qiymati sirpanish ishqalanish kuchiga teng bo'ladi (J9-b rasm). Demak:
Sirpanish ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchidan kichik bo'ladi.
Tajriba ko'rsatishicha, sirpanish ishqalanish kuchi jismning og'irlik kuchiga proporsional. Nyutonning uchinchi qonuni bo'yicha og'irlik kuchi Fog. kattaligi jihatidan tayanchning reaksiya kuchi N ga teng.
Agar bir jism ikkinchi jism ustida sirpanmasdan dumalasa, bunda hosil bo’lgan ishqalanish dumalash ishqalanish deyiladi.
Masalan, g'ildiraklar g'ildiraganda, bochka yoki g'o'lalar dumalatilganda dumalash ishqalanishi namoyon bo'ladi.
Dumalash ishqalanish hosil bo'lishining asosiy sababi g'ildirak tegib turgan sirtda og'irlik kuchining ta'sirida hosil bo'lgan deformatsiyadir (80-rasm). Dumalash natijasida g'ildirakda va u g'ildirayotgan sirtda chuqurlik paydo bo'ladi. Chuqurlik g'ildirakning aylanishiga to'sqinlik qiladi. G'ildirak sirti va u dumalayotgan sirt qanchalik qattiq bo'lsa, g'ildirak dumalayotganda shuncha kam deformatsiyalanadi va dumalash ishqalanish kuchi Fm shuncha kichik bo'ladi. Shuning uchun temir yo'lning temir izlarida ishqalanish kuchi juda kichik bo'ladi.
4. Mavzuni mustahkamlash:
Nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’ying
1) Bir jism ustida boshqa jism sirpanganda ………………………..vujudga keladi
2) Sirpanish ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchidan …………………bo’ladi
3) Agar bir jism ikkinchi jism ustida sirpanmasdan ……………………, bunda hosil bo’lgan ishqalanish …………………………………………deyiladi
4) Dumalash ishqalanish hosil bo’lishining asosiy sababi …………………………dir.
5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
46-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Masalalar yechish
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga masala yechish usullari yuzasidan nazariy bilim va tushunchalar berish, masalalarni yecha bilishga o’rgatish.
b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish
Dars turi: bilimlarni mustahkamlovchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, masalalar yechish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism:
O’quvchilar davomati va darsga tayyorgarligini tekshirish
2. O’tilgan mavzuni eslash:
1. Sirpanish ishqalanish deb qanday ishqalanishga aytiladi?
2. Sirpanish ishqalanish kuchining formulasi qanday ifodalanadi?
3. Dumalash ishqalanish kuchini tushuntirib bering. Uning formulasi qanday ifodalanadi?
4. Tevarak-atrofingizda uchraydigan sirpanish ishqalanish va dumalash ishqalanish haqida nimalarni bilasiz?
3. Masalalar yechish
Quyidagi masalalarni o’quvchilar bilan birgalikda yechish
O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: Masalalarni yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
47-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Laboratoriya ishi: Sirpanish ishqalanishi koeffitsientini aniqlash
Darsning maqsadi.
a) Yog'och chizg'ich ustida sirpanadigan taxtachaning ishqalanish koeffitsientini aniqlash yordamida sirpanish ishqalanishi haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
b) O’quvchilarning darsda olgan bilimlarni amaliyotda sinashga o’rgatish, axloqiy tarbiya berish
d) O’quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish, o’lgan bilimlarini hayotda tadbiq etish ko’nikmasini rivojlantirish
Dars turi: Malakalarni shakllantirish darsi
Dars jihozlari: darslik, chizg’ich, dinamometr, qadoq tosh
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism
2. Ish haqida tushuncha berish
Ishning maqsadi: yog'och chizg'ich ustida sirpanayotgan taxtachaning ishqalanish koeffitsientini aniqlash yordamida sirpanish ishqalanish haqidagi bilimlarni mustahkamlash. Kerakli jihozlar: uzun yog'och chizg'ich, ilgakli taxtacha, dinamometr, massasi 100 g dan bo'lgan 2 ta qadoq toshi.
3. Laboratoriya ishining borishi
-
Dinamometr yordamida taxtachaning og'irlik kuchini o'lchang. Bu og'irlik kuchi Fog miqdor jihatdan reaksiya kuchi TVga teng. O'lchash natijasini jadvalga yozing.
-
Gorizontal holatdagi yog'och chizg'ich ustiga taxtachani qo'ying. Taxtachaga dinamometrni ilib, uni chizg'ich bo'ylab tekis sirpantiring va dinamometr ko'rsatishini jadvalga yozing. Bunda dinamometrning ko'rsatishi sirpanish ishqalanish kuchi — Flhi ga teng deb qabul qilinadi.
-
Taxtacha ustiga awal bitta 100 g li, so'ngra ikkita 100 g li (200 g) qadoq toshini qo'yib, yog'och chizg'ich ustida taxtachani tekis sirpantiring va har ikkala hoi uchun
dinamometr ko'rsatishini, ya'ni sirpanish ishqalanish kuchi — /j(s, ni jadvalga yozing. f
4. µs= Fi(s)/ N formuladan foydalanib, har uchala o'lchash uchun ishqalanish koeffitsi- entini hisoblang. Natijalami jadvalga yozing.
5. µs(o’rt) = (µs1 µs2 µs3 ) / 3 formuladan foydalanib, sirpanish ishqalanish koeffitsientining
o'rtacha qiymatini hisoblang va natijani jadvalga yozing.
Jadval
N9
|
N, N
|
Fi(s), N
|
µs
|
µs(o’rt)
|
1.
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
-
Reaksiya kuchi nima? Nima sababdan uning miqdorini og'irlik kuchiga teng deb « olish mumkin?
-
Nima sababdan dinamometr orqali jism sirpantirilganda uning ko'rsatishini miqdor jihatdan sirpanish ishqalanish kuchiga teng deb olish mumkin?
-
Sirpanish ishqalanish kuchi formulasi qanday ifodalanadi?
-
Laboratoriya ishi natijasini tahlil qiling va xulosa chiqaring.
Laboratoriya daftarlari terib olinadi
Uyga vazifa: Darslikning 96 – betidagi savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanish
48-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Tabiatda va texnikada ishqalanish
Dars maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: tabiatda va texnikada ishqalanish kuchining ahamiyatini o’rganish
b) Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda ekologik tarbiya berish
d) Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning olgan bilimlarini hayotga tadbiq eta olish ko’nikmasini o’stirish
Dars turi: yangi bilin beruvchi
Dars uslubi: interfaol usul, savol javob, slaydlar bilan ishlash
Darsning jihozlanishi: Slaydlar ,Podshipnik ,Uzuk , Moy
Darsning blok sxemasi
N
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 min
|
2
|
“Charxpalak” o’yini
|
10 min
|
3
|
Darslik bilan ishlash
|
5 min
|
4
|
Slaydlar bilan ishlash (savol-javob)
|
20 min
|
5
|
O’quvchilarni baholash
|
3 min
|
6
|
Uyga vazifa berish, darsni yakunlash
|
2 min
|
Darsning borishi
1.Darning tashkiliy qismi.
O’quvchilar bilan salomlashish va ularning davomatini olib, darsga kerakli jihozlarnin tayyorligini tekshirish. Sinf o’quvchilari guruhlarga ajratiladi va guruhlar nomlanadi. Sinf o’quvchilaridan 2 nafari ishchi guruh qilib tayinlanadi.
2. Darsning II bosqichi. O’tgan mavzu bo’yicha “Charxpalak” o’yini o’tkaziladi. Bu o’yinga asosan har bir guruhga oldindan tayyorlangan varaqlar beriladi. Har bir varaqda 3 tadan savol yozilgan. Varaqlarda berilgan birinchi savolga guruhlar 2 daqiqa ichida javob yozishlari lozim. 2 daqiqa o’tgach varaqlar boshqa guruh varaqlari bilan almashtiriladi. Ikkinchi savolga guruhlar javob yozib, 2 daqiqadan so’ng, yana varaqlar almashtiriladi va hokazo. Shu tariqa varaqlar 3 marta almashtiriladi. Guruhlar har bir savolning javobini yozishdan oldin guruh nomini shart.
|