4) Toshni ma’lum bir tezlik bilan gorizontal yo’nalishda otganimizda nima uchun u to’g’ri chiziqli tekis harakat qilmaydi?
3. Yangi mavzu bayoni:
Tinch turgan jism boshqa jismlar bilan o’zaro ta’sirlashishi natijasida harakatga keladi, harakatlanayotgan jism esa o’z harakatini o’zgartiradi.
5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: mavzudagi formulalarni o’rganib kelish,
savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
24-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Jism massasi
Darsning maqsadi.
a) Jismlarning inertligi haqida tushuncha berish, massa jismlarning inertligini tavsiflaydigan fizik kattalik ekanligi haqida o'quvchilarda tasavvur hosil qilish.
b) O’quvchilarga estetik, ekologik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish
d) O’quvhcilarning mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotda tadbiq etishni o’rgatish, dunyoqarashini rivojlantirish
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish
Dars jihozlari: darslik
, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, rasmlar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism
b) O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Jismlarning o’zaro ta’siri deganda nimani tushunasiz?
2) Kuch deb nimaga aytiladi?
3) Kuch qanday birliklarda o’lchanadi?
4) Dinamometrning tuzilishi va ishlashini tushuntirib bering
3. Yangi mavzu bayoni:
Tajriba. Elastik plastinka mahkamlangan aravachani va xuddi shunday ikkinchi aravachani —> 49-rasmda ko'rsatilganidek stol ustiga qo'yaylik. Bukilgan plastinkani tortib turgan ipni kuydirib yuborsak, elastik plastinka ikkala aravachaga bir xil ta'sir etib, ularni ikki tomonga itarib yuboradi. Bunda ikkala aravachaning tezliklari bir xil bo'ladi, ya’ni: ν1=ν2
Endi ikkinchi aravacha ustiga yuk qo’yib, yuqoridagi tajribani qaytaramiz. Lekin bu holda birinchi aravachaning tezligi ikkinchisinikiga nisbatan katta bo’ladi, ya’ni: ν1>ν2
Ikkinchi aravachaning ustiga qo’yilgan yuk qancha ko’p bo’lsa, uning tezligi shuncha kichik bo’ladi. Boshqacha aytganda, yuk qancha ko’p bo’lsa, uning tinchlik holatini o’zgartirish shuncha qiyin bo’ladi. Yuk ko’p bo’lganda jismning tinchlikdagi yoki harakatdagi holatini saqlashga urinish qobiliyati katta bo’ladi
Jismga ta’sir etuvchi kuch bo’lmaganda uning tinchlikdagi yoki harakatdagi o’z holatini saqlash xossasi inertlik deyiladi
Jismning inertligi qancha katta bo’lsa, uning tinch holatini yoki harakatdagi holatini o’zgartirish shuncha qiyin bo’ladi
Massa:
Jismning inertlik xossasini tavsiflaydigan fizik kattalik massa deb ataladi va m harfi bilan belgilanadi. Massa so’zi lotinchadan bo’lak, parcha degan ma’noni bildiriadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash
“
X” va “O” o’yini
Inertlik
|
Tarozi
|
Jismlar sistemasining massasi
|
Massa
|
Jism massasi
|
Massa birliklari
|
Bo’lak, parcha
|
Kilogram
|
Jism inertligiga misol
|
5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: mavzuga oid test tuzish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
25-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Masalalar yechish
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga masala yechish usullari yuzasidan nazariy bilim va tushunchalar berish, masalalarni yecha bilishga o’rgatish.
b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish
Darsning turi: bilimlarni mustahkamlovchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob,
masalalar yechish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism
b) O’tilgan mavzuni so’rash
1) Jism inertligi deb nimaga aytiladi?
2) Massa deb nimaga aytiladi va qanday belgilanadi?
3) Xalqaro birliklar sistemasida massa birligi qilib qanday birlik qabul qilingan?
4) Jism massasi qanday o’lchanadi?
Masala yechish namunasi.
Oy va Yer orbitalarining radiuslari ma'lum bo'lganda Oy va Yerning massalarini taqqoslang.
Yechilishi. Odatda Oy va Yer ta'siri ostida Yer atrofida shunday harakat qiladiki, bunda Yerning markazi Oy orbitasining qo'zg'almas markazi deb hisoblanadi. Biroq bu to'g'ri emas. Lekin Yer va Oy o'zaro ta'sirlashganda bu ikkala jism tezlanish olishi kerak. Oy orbita bo'ylab harakatlanib markazga intilma tezlanish olar ekan. Yer ham markazga intilma tezlanish olishi kerak. Darhaqiqat, astronomik kuzatishlarning ko'rsatishicha, Oy Yer markazi atrofida emas, balki Yer markazidan 4700 km masofada qandaydir nuqta atrofida harakat qiladi. Yerning markazi ham mana shu nuqta atrofida aylana bo'ylab harakat qiladi. Radiusi RYer = 4700 km bo'lgan aylana bo'ylab Yer markazi, radiusi R0y = 380000 km bo'lgan aylana bo'ylab esa Oy markazi harakat qiladi.
O'zaro ta'sirlashuvchi jismlarning markazga intilma tezlanishlari modullarining nisbati o'sha jismlar harakat qilayotgan aylanalar radiuslari nisbatiga teng.
Binobarin,
aOy/aYer = ROy/Ryer
deb yozish mumkin. Bunda a0y va aYer — Oy va Yerning tezlanishlari. Lekin o'zaro ta'sirlashuvchi jismlar tezlanishlarining nisbati ular massalarining teskari nisbatiga teng. Shuning uchun
mYer/moy= 380000 km / 4700 km = 81.
Yerning massasi Oyning massasidan 81 marta katta.
Qo'shimcha masalalar.
-
Aravacha gorizontal sirtda 0,5 mis tezlik bilan harakatlanyapti. Unga o'sha yo'nalishda 1,5 mis tezlik bilan harakatlanayotgan ikkinchi aravacha uriladi. Urilgandan keyin ikkala aravacha ham 1 mis bo'lgan bir xil tezlik bilan avvalgi yo'nalishda harakatini davom ettiradi. Bu aravachalar massalarining nisbatini toping.
-
Aravacha gorizontal tekislikda 30 smls tezlik bilan harakat qilib borayotganda massasi uning massasiga teng bo'lgan tinch turgan boshqa aravachaga borib uriladi. To'qnashish natijasida harakatlanib borayotgan aravacha to'xtaydi. Zarb yegan aravacha qanday tezlikda harakat qilishini aniqlang.
O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: “Harakat qonunlari” bobini takrorlab kelish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
26-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: 3 –nazorat ishi
Darsning maqsadi.
a) Ill bobda o'tilgan mavzularni takrorlash hamda 15—17-darslarda o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.
b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) O’quvchilarning xotirasini mustahkamlash, nazariy bilimlarni tadbiq etish
Darsning turi: bilimlarni sinash
Dars uslubi: test
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism
O’quvchilar davomatini aniqlash
Dars rejasi:
-
Tashkiliy qism (2 minut).
-
15—17-darslarda o'tilgan mavzularni suhbatlashish orqali qisqacha takrorlash (10 minut).
-
Test topshiriqlari ustida ishlash (20 minut).
-
Test sinovini o'tkazish (10 minut)
-
Uyga vazifa berish (3 minut).
Dars jarayonini tashkil etish rejasi.
-
15—17-darslarda o'tilgan mavzular bo'yicha suhbatlashish. Suhbatlashish jarayonida faol ishtirok etgan o'quvchilarni baholash.
-
Suhbatlashish chog'ida o'quvchilar noaniq fikr yuritgan savol-javoblarga aniqlik kiritish, o'quvchilarga tushunarsizroq bo'lgan mavzularning eng muhim joylarini takrorlash.
-
Darslikning III bobi yakunida berilgan test topshiriqlari bo'yicha o'quvchilarning javoblarini eshitish. Noto'g'ri javob berilgan topshiriqlarning to'g'ri javobini aytib berish va tushuntirish. Test topshiriqlariga javob berishda faol ishtirok etgan o'quvchilarni baholash (bunda o'quvchining test topshirig'i javobini tushungan holda yoki taxminan berganligiga e'tibor berilishi lozim).
Test sinovi
-
Jismlarning inertligini xarakterlovchi fizik kattalik nima deyiladi?
A)kuch B) zichlik С) massa D)jism
-
To'g'ri chiziqli tekls harakatda tezlik formulasini belgilang?
A) u = s/t B) u= S • t C)v=q ∙ t D) u =t/S
-
Nyutonning 2- qonunining ifodasi qaysi javobda to’g'ri ko'rsatilgan?
A)F=- F
2 B) F= mg C)F=pVg D)a=F/m
-
Aylanma harakat qilayotgan jismning markazga intilma kuchi formulasini aniqlang?
A ) F
m.j =
B) υ = ώR C) ώ = Δφ/t D) V = q∙t
-
Yer quyosh atrofida 108000 km/s tezlik bilan harakatlanadi. Bu tezlikni m/sga aylantiring.
A) 30 000 m/s В) 1 800 000 m/s C) 108 m/s D) 30 m/s
-
Aylanish davri bilan chiziqli tezlik orasidagi munosobatni aniqlang?
A)T=
B)T =
C)υ =ώR D) ώ = 2πγ
-
Nyutonning 3 - qonuni formulasini belgilang?
A) a =
B) a =F/m C) F
1=-F
2 D) m =F/a
-
Agar jism notekis harakatlansa, u bosib o'tgan yo'lni aniqlash uchun...
-
Jism bosib o'tgan yo'lni, u harakat vaqtga bo'lishi kerak
-
Jism bosib o4gan yo'lni, o'rtacha tezlikka bo'lish kerak
-
O'rtacha tezlikni harakat vaqtiga ko'paytirish kerak
-
A va В javoblar to'g'ri.
-
Nyutonning 1- qonuni qanday ta'riflanadi?
-
Har qanday jism unga boshqa jismlar ta" sir qilmaguncha cTzining tinch holatini saqlaydi
-
Jismlar o'zlarining to' g'ri chiziqli teks harakatini saqlashga intiladi
-
Har qanday jism unga boshqa jismlar ta'sir qilmaguncha o'zining tinch holatini yoki to'g'ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi D) hamma j avob to’ g" ri.
-
Bir jismga boshqa jismlarning mexanik ta'siri o'lchovini tavsiflovchi fizik kattalik deb ataladi?
A)kuch B) zichlik С) massa D)jism
11 .Jismning havosiz joyda faqat yerning tortishi ta'siridagi harakati... deb ataladi?
A)erkin tushish B)kuch C) tezlanish D) tezlik
-
Erkin tushish tezlanishi qiymati....
A) 9,lm/s B) 9,81 m/s
2 C)9,8 m/s D)10kg
-
Radiusi 5m bo'lgan aylanma yo'lda jism 5m/s tezlikda harakatlanmoqda. Markazga intilma tezlanishni toping? A) 5m/s2 B) 25 m/s2 C)0,5 m/s2 D) 1 m/s2
-
Aylanma harakatda burchakli tezlik birligini ко'rsating?
A) rad/S B)m/s C)s D)m
-
Jismning bir marta aylanishiga ketgan vaqt.... deyiladi?
A) tezlanish B) tezlik C) aylanish davri D)kuch
Nazorat ishi daftarlari terib olinadi
Uyga vazifa: 59 – betdagi 3 – masalani yechib kelish
27-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Nyutonning ikkinchi qonuni
Darsning maqsadi.
a) Tezlanish, massa va kuch orasidagi munosabatni ifodalovchi Nyutonning ikkinchi qonuni haqida tasavvurlarni hosil qilish, unga doir masala yechish ko'nikmasini shakllantirish.
b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishd ahamkorlik qilish, kasbga yo’llash
d) O’quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Darsning turi: yangi bilim eruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism
b) O’tilgan mavzuni so’rash
1) Jism inertligini misollar orqali tushuntiring
2) Jismlar sistemasining umumiy massasi qanday hisoblanadi?
3) Massaning birliklarini aytib bering
3. Yangi mavzu bayoni:
Tezlanish va kuch orasidagi munosabat
Nyutonning birinchi qonunidan shunday xulosa kelib chiqadi: harakatlanayotgan jismga kuch ta'sir qilmasa, u o'zgarmas tezlik bilan o'z harakatini davom ettiradi. Agar jismga kuch ta'sir etsa, uning tezligi o'zgaradi, ya'ni tezlanishga ega bo'ladi. Tezlanishning ta'sir etuvchi kuchga qanday bog'liqligini aniqlash uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik.
1-tajriba. Gorizontal stol ustida juda oz ishqalanish bilan harakatlanadigan m massali aravacha olaylik. Aravachaga D dinamometr mahkamlangan bo'lib, dinamometrning ikkinchi uchiga G g'altakdan otkazilgan ipr.ing bir uchi bogiangan. Ipning g altakdan oshib tushgan ikkinchi uchiga esa pallacha osilgan. Aravachaga ta'sir etayotgan Fkuchni dinamometrning ko'rsatishlariga qarab aniqlash mumkin.
Aravachani s masofadan qo'yib yuborsak, u tezlanish bilan harakat qiladi. Aravachaning s yo'lni bosib o'tishiga ketgan / vaqtni sekundomer yordamida o'lchaymiz.
Nyutonning ikkinchi qonuni
O'tkazilgan tajribalarning natijalari a tezlanish. F kuch va m massa orasidagi bog'lai 'ishni aniqlashga imkon beradi:
a=F/m
Bu — Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi. U quyidagicha ta'nflanadi:
Jismning boshqa jismlar bilan o'zaro ta'sirlashishi naujasida olgan tezlanishi unga ta'sir qilayotgan kuchga to'g'ri proporsional, shu jismning massasiga teskari proporsionaldir.
Nyutonning ikkinchi qonuni vektor ko'rinishida ifodalanadi.
—>
Jismga ta'sir etayotgan kuchning birligi N (nyuton) ekanligini bilasiz. Endi shu N birlik nima ekanligini ko'raylik.
Nyutonning ikkinchi qonuni formulasidan jismga ta'sir etuvchi kuchni quyidagicha ifodalash mumkin:
F = ma.
Aytaylik, 1 kg massali jismga kuch ta'sir etilganda u 1 m/s2 tezlanish oldi. U holda jismga ta'sir etgan kuch quyidagicha hisoblanadi:
F = ma=.1 kg*1 m/s2=1N
Tajribalar shu narsani ko'rsatadiki, agar har xil jismlarga (turli massali jismlarga) ayni bir kuch ta'sir qilsa, jismning massasi bilan uning tezlanishi ko'paytmasiga teng bo'lgan kattalik ayni bir xilligicha qolaveradi. Bu xulosa Nyutonga harakatning muhim qonunini (ikkinchi qonunini) ta'riflab berishga imkon yaratdi.
Jismga ta'sir etuvchi kuch jismning massasi bilan uning shu kuch ta'sirida olgan tezlanishi ko'paytmasiga teng.
Matematika tomonidan bu qonun F = ma formula bilan ifoda qilinadi, bu yerda F — kuchning moduli. F kuch va a tezlanish vektor kattaliklar bo'lgani uchun Nyutonning ikkinchi qonunini ifodalovchi formulani vektor shaklida quyidagicha yozish lozim:
F = ma.
Kuch jismga (nuqtaga) bergan tezlanish:
a =
F/m formula bilan aniqlanadi.
4. Mavzuni mustahkamlash:
Qo'shimcha savol va topshiriqlar.
-
F = ma formulaga asoslanib turib, jismga qo'yilgan kuch jismning massasiga va tezlanishiga bog'liq deyish mumkinmi?
-
m =F/a formulaga asoslanib turib, jismning massasi unga qo'yilgan kuchga va uning tezlanishiga bog'liq deyish mumkinmi?
-
a = F/m ifodaga asoslanib turib, jismning tezlanishi unga qo'yilgan kuchga va jismning massasiga bog'liq deyish mumkinmi?
-
Agar kuch tushunchasidan foydalanilsa, Nyutonning birinchi qonuni qanday ta'riflanadi?
-
Jism aylana bo'ylab harakatlanadi va shuning uchun markazga intilma tezlanishga ega. Jismga qo'yilgan kuch qanday yo'naladi?
5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish (59-bet, 1 – 2 masala), savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
28-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Laboratoriya ishi: Jism tezlanishining massaga va qo’yilgan kuchga bog’liqligini o’rganish
Darsning maqsadi.
a) Tezlanishni , massa va kuchga bog’liqligin tajribada o’rganish
b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, kasbga yo’llash
d) O’quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Darsning turi: malakalarni shakllantiruvchi dars
Dars uslubi: demonstratsiya usuli
Dars jihozlari: yengil harakatlanuvchi aravacha, ilgakli ip, stol ustiga o’rnatilgan blok va yuklar, sekundomer, o’lchov lentasi
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism
2. Ish haqida tushuncha berish
3. Ishning borishi:
1-tajriba. Gorizontal stol ustida juda oz ishqalanish bilan harakatlanadigan m massali aravacha olaylik. Aravachaga D dinamometr mahkamlangan bo'lib, dinamometrning ikkinchi uchiga G g'altakdan otkazilgan ipr.ing bir uchi bogiangan. Ipning g altakdan oshib tushgan ikkinchi uchiga esa pallacha osilgan. Aravachaga ta'sir etayotgan Fkuchni dinamometrning ko'rsatishlariga qarab aniqlash mumkin . Aravachani s masofadan qo'yib yuborsak, u tezlanish bilan harakat qiladi. Aravachaning s yo'lni bosib o'tishiga ketgan / vaqtni sekundomer yordamida o'lchaymiz.
To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatda a tezlanish bilan harakatlanayotgan jismning t vaqt davomida bosib o'tgan yo'li qanday ifodalanadi?
1. Pallachaga shunday yuk qo'yaylikki, aravachani ushlab turilganda dinamometrning ko'rsatishi, masalan,
Fx = 0,1 N bo'lsin. Aravachani
s = 1 m masofadan qo'yib yuborsak, u bu yo'lni = 4,5 s da bosib o'tgan bo'lsin. Bu holda aravachaning olgan tezlanishi:
ax=2 s/t{2= 2 - 1 m/4,5
2 s
2 = 0,1 m/s
2ga teng.
Aravachaning olgan tezlanishi unga ta'sir qilayotgan kuchga to'g'ri proporsional va aravachaning
massasiga teskari proporsional bo'ladi.
-
Pallachadagi yukning massasini oshirish bilan aravachaga ta'sir etayotgan kuchni F2 = 0,2 N qilib olaylik. Bu holda 5 = 1 m yo'lni aravacha U = 3 s da bosib o'tganligini aniqlash mumkin. Bunda aravachaning olgan tezlanishi: a2 = 2 s/t22 =2-1 m/32 s2 = = 0,2 m/s2 ga teng.
-
Kuch Fy = 0,3 N ga teng qilib olinganda, 5 = 1 m yo'lni aravacha = 2,5 s da bosib o'tadi. Uning olgan tezlanishi: ay = 2 s/ty2= 2 • 1 m/2.52 s2 = 0,3 m/s2 ga teng.
Tajriba natijalaridan ko'rinadiki, aravachaga ta'sir etayotgan Fkuch qancha marta ortsa, uning olgan a tezlanishi ham shuncha marta ortadi.
1-xulosa:
O'zgarmas massali jismning tezlanishi ta'sir qiluvchi kuchga to'g'ri proporsional, ya'ni:
a F.
2-tajriba. Bu tajribada aravachaga ta'sir etuvchi kuchni o'zgarmas (Fx = 0,1 N) qoldirib, aravachaning massasini o'zgartirib boraylik.
-
Aravachaning massasini shaynli tarozida tortib o'lchab olamiz. Masalan, uning massasi /«, = 1 kg bo'lsin. Bu holda aravacha j=lm yo'lni 1-tajribadagidek = 4,5 s da bosib o'tadi. Aravachaning tezlanishi <7, = 0,1 m/s2 ga tengligini hisoblab topish mumkin.
-
Aravachaning ustiga xuddi shunday aravachani to'nkarib qo'yaylik. Bu bilan aravachaning massasi m2 — 2 kg bo'ladi. Aravacha s = 1 m yo'lni t2 = 6,5 s da bosib o'tadi. Tezlanish: a2 — 2 s/t22= 2 ■ 1 m/6,52 s2 0,05 m/s2 ga teng bo'ladi.
3. Aravachaning ustiga xuddi shunday ikkita aravachani qo'yib, uning massasini m
} = 3 kg ga yetkazamiz. Bu holda aravacha 5 = 1 m yo'lni
t} = 7,8 s da bosib o'tadi. Tezlanish = 2 s/r
31 = 2 • lm/7,8
2 s
2 = 0,033 m/s
2 ga teng bo'ladi.
-
Tajriba natijalaridan ko'rinadiki. aravachaning massasi m qancha marta ortsa, uning olgan a tezlanishi ham shuncha marta kamayadi.