115
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
BOSHLANG‘ICH SINF “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLIGIDA
BERILGAN MAQOLLARNING AHAMIYATI
Abduraxmonova Maftuna
JDPU II bosqich
magistranti
Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hayot oldimizga qo‘yayotgan bir-biridan
murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o‘ylar ekanmiz, ularning yechimi aynan ta’lim-
tarbiya bilan, yoshlarning dunyoqarashini zamonaviy bilim, yuksak ma’naviyat va ma’rifat
asosida shakllantirish bilan bo‘g‘liq ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish- yaqin va olis tariximiz,
betakror va noyob madaniy
boyliklarimizni yanada chuqur o‘rganib, ularga tayanib, mustaqil milliy taraqqiyot yo‘limizni
yangi bosqichda davom ettirish demakdir.
Mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin
egallashi avvalo ilm-ma’rifat va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo
miqyosida raqobatbardosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq, desak hech qnday mubolag‘aa
bo‘lmaydi. Zamon talablariga mos kadrlarni yetishtirish maqsadida yurtimizda juda ko‘p ishlar
amalga oshirilmoqda. Shunday ishlarga misol qilib maktab darsliklarining yangitdan Milliy o‘quv
dasturi
asosida tuzilganligi, unda faqatgina mashhur tarixiy shaxslargina emas zamonamiz
qahramonlari kiritilgani, mavzu va yangiliklarning rang-barangligini keltirishimiz mumkin.
To‘g‘ri avval ona tili, o‘qish sifatida biz tanigan darsliklarning bugunga kelib bitta “Ona tili va
o‘qish savodxonligi” sifatida bitta kitob ko‘rinishida berilishi juda ko‘p
muzokaralarga sabab
bo‘lgan bo‘lsa, mana ikki yildirki bu darslik orqali o‘quvchilarning qay darajada o‘z fikrlarini
erkin ifodalashi va unda ta’lim va tarbiya milliylik va zamonaviylikning uyg‘unlikda
farzandlarimizga singdirilayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Imom Buxoriy bobomiz to‘plagan muborak hadislarning birida: “Yoshlikda olingan ilm
toshga o‘yilgan naqsh kabidir”, deb aytadi. Bu gap bejizga aytilmagan,inson yoshligidan qanchalik
ilm olsa o‘sha bilimlar inson xotirasida shunchalik muhrlanib qoladi. Shu sababli ham maktabda
boshlang‘ich ta’limga katta e’tibor qaratiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yetarlicha bilim
olishlari uchun esa bizga maktab darsliklari jumladan, “Ona tili va o‘qish savodxonligi” yordamga
keladi. O‘quvchilarning nutqini o‘stirish va ularning o‘z fikrlarini erkin bayon qilishlari uchun
darslikdagi barqaror birikmalarning ahamiyati katta.1-sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi”
darsligini ko‘rib chiqaylik. Yashil sayyora bo‘limining 7-soat dars mashg‘ulotida tabiat bog‘liq
maqollarni yozish va ularning ma’nosini izohlash har bir o‘quvchiga vazifa qilib beriladi.
Yoz mevasi- qish xazinasi.
G‘oz kelgani-yoz kelgani.
Toza havo-ming dardga davo.
Yomg‘ir-ekinning joni.
O‘quvchilar har biri maqollarning ma’nosini tushuntirib berishadi. O‘quvchilarning fikri har
xilligini inobatga olgan holda har bir o‘quvchining fikri tinglanadi. Og‘zaki nutqda yo‘l qo‘yilgan
xatolarini o‘qituvchi belgilaydi va kamchiliklari ustida alohida ish
olib boradi va shu bilan
birgalikda o‘quvchi gapirayotganda uning nutqi bo‘linmaydi. Xalq maqollarining hayotda ham o‘z
ifodasini ham ko‘rish mumkinligi haqida va xalq maqollariga qisqacha ta’rif berib
o‘tiladi.Masalan: Yomg‘ir ekinning joni maqolini olaylik. Biz bilamizki bahor faslida juda ko‘p
yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘irdan keyin esa yerdagi maysa, o‘simliklar
nish olib, o‘sib chiqadi.
Qancha ko‘p yomg‘ir suviga to‘yingan o‘simlik esa shunchalik yashnab o‘sishi, atrof yam-
yashillikka burkanishini kuzatishimiz mumkinligi o‘qituvchi tomonidan tushuntirib o‘tiladi.
Izoh: Xalq maqollari-xalq tomonidan yaratiladi. Ota-bobolarimiz yashashlari davomida
obrazli so‘zlardan foydalanib pand-nasihat berishgan. Bu so‘zlarni har biri inson hayoti davomida
qo‘llaydi.Bunda bir so‘z orqali ko‘p ma’no ifodalanadi. Maqollarning so‘zlari ohangdosh, qofiyali
bo‘lib keladi.