|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 122
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
qishloq xo‘jaligi biznes ta’limi savdo va sanoat qurilish bo‘yicha hunar, kasb-kor asoslari
o‘rgatiladi.
AQSHda har bir o‘quvchiga fanlar bo‘yicha olgan bilimlari
jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o‘qish istagida hujjat
topshirgan o‘qituvchilar yuqori o‘rta maktabning so‘nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish
test sinovlaridan o‘tkaziladi. O‘g‘il-qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham
aniqlanadi.
Maktablarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiya
va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar) ta’lim televideniesi,
qo‘lda ko‘tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va
hokazolardan iborat.
XXI asr arafasida AQSH yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta’lim strategiyasi»
dasturi e’lon qilindi.
Turli yo‘nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000-yilda barcha
amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari: aholining 90 foizi oliy ma’lumotli
bo‘lishi o‘quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo‘yicha
jahonga o‘z iqtidorlarini namoyish eta olishlari; talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini
o‘zlashtirishda jahonda eng oldingi o‘rinlarga chiqishlari; har bir voyaga etmagan amerikalikning
iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari; maktablarda
giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish o‘qish uchun barcha shart-sharoitlar yaratish ko‘zda
tutilgan. Bu AQSH ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir [3].
O‘z navbatida, Shtatlar ichida kichikroq ta'lim bo‘linmalariga bo‘linish mavjud - mahalliy
ta'lim muassasalari tizimlari, ularning ma'muriyati mahalliy aholining moliyaviy imkoniyatlaridan
kelib chiqadi va ta'lim dasturlarini ularning ehtiyojlari va maqsadlariga moslashtiradi.
Shunday qilib, Amerikaning ta'limning barcha darajalaridagi ta'lim tizimi shuni ko‘rsatadiki,
o‘quv dasturlari o‘qitish turlari va usullari, o‘qitish darajasi, o‘rganilayotgan mavzular to‘plami va
boshqa parametrlar bo‘yicha juda katta farq qilishi mumkin.
|
| |