118
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
UMUMTA’LIM MAKTABLARI BOSHQARUV JARAYONINI
TAKOMILLASHTIRISH
Saidova N.I
Nizomiy nomidagi TDPU
“Amaliy psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
Toshmamatov Q.Sh
Nizomiy nomidagi TDPU
Peadgogika va psixologiya fakulteti talabasi
Umumta’lim boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish — har bir davlat oldida turgan jiddiy
masala. Bu, ayniqsa, insoniyatning bugungi kundagi rivojiga xos aqidadir. Bular ichida raqamli
texnologiyalar, Internet, nanotexnologiya
ishlab chiqarish vositalari, sunʼiy idrok, oʻzi
oʻrganadigan va bir-biri bilan operatsion bogʻlangan uskunalar tashkil etadi deb aytish mumkin.
Bu yerda zamonaviy kampyuterlar bilan jihozlangan sinfxonalar to‘g‘risida gap ketar ekan
O‘bekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Ozbekiston hududidagi cheka-cheka
qishloqlarga ham shahar markazlaridagi kabi shar-sharoitlarni tatbiq etishi o‘zbek
xalqining
maqtoviga sazavor bo‘ldi desam adashmayman. Shuningdek 2018-yil 17 iyul kuni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tgan umumiy o‘rta ta'lim tizimini
isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Xalq ta'limi tizimini
takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning KUN.UZ'ga ma'lum
qilishicha, XTV
tizimini takomillashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Tizimni boshqarish tuzilmasini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda tizim muassasalari
tuzilmasi, shtat jadvallarini ko‘rib chiqish, tasdiqlash, ularni rag‘batlantirish bo‘yicha vazirga
tegishli
vakolatlar berish;
12 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish
bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” farmon va “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror imzoladi.
2. Maktab direktorlariga bo‘lgan talabni qayta ko‘rib chiqib, korporativ boshqaruv tizimini
joriy etish, maktab direktori menejyer sifatida va qolgan o‘rinbosarlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha
ish faoliyatini olib borishlarini yo‘lga qo‘yish. Direktorlarning sertifikatlashtirish tizimini joriy
etish;
3. Jamoaviy nazorat tizimini kuchaytirish uchun Kuzatuv kengashlarini tuzish va ularning
rolini oshirish;
4. Qurilish ishlarini sifatli tashkil etish uchun maxsus Injiniring kompaniyasini tashkil etish.
Shu
bilan birga, quruvchini tanlash va qurilishni amalga oshirish ishlarini mahalliy hokimliklarda
qoldirish;
5. Barcha hududlarda namunaviy maktab sifatida “Kelajak maktabi”ni tashkil etish.
Shuningdek 2022 yildan 2023-2024 yillargacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida maktablarda ma’nan
eskirgan kompyuter sinflarini yangilash haqidagi dastur Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun
kiritildi. Maktablarning ichki tartib-qoidalari yangilanadi 2022 yil 1 avgustga qadar umumiy o‘rta
ta’lim muassasasidagi ichki tartib va odob-axloq qoidalari qayta ko‘rib chiqiladi va ularda maktab
va ota-onaning bola tarbiyasidagi o‘rni va mas’uliyatini, ularning ta’lim va tarbiya jarayonidagi
ishtiroki hamda majburiyatlari belgilandi.
2022 yil 1 sentabrdan boshlab, maktab o‘quvchilari ota-onalari “my.maktab.uz” axborot
tizimi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va
odob-axloq qoidalari bilan
tanishtirib boriladi.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan yuqori
bo‘lganlarda kamida 100 Mbit/s bo‘lishi ta’minlanganligini aytib o‘tishim lozim.