120
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
UMUMTA’LIM MAKTABLARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO
TAJRIBALAR
Eshpo‘latova Hilola Bozorboy qizi
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistranti
Asatulla Asrorovich Mustafaqulov p.f.b. PhD.
Xalq ta’limi O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Aynan
maktab ta’limining sifati va qulayligi davlatning rivojlanish istiqbollarini aks ettirib, yuqori
malakali kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratadi. Ta’lim uchun mablag‘larni
tejash mumkin
emas, degan fikrga qo‘shilmasdan boshqa ilojimiz yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida maktab ishlari davlat nazoratida ekanligi bejizga ta’kidlangan emas. Abdulla
Avloniy aytganidek «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat,yo saodat –
yo falokat masalasidir».
YUrtimizda tayyorlanayotgan kadrlar sifatining amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy
islohotlar talablariga, shuningdek fan, texnika va texnologiyalar rivojlanishining jahon darajasiga
muvofiq kelishini ta’minlash hozirgi kunda pedagoglarga ulkan ma’suliyatni yuklamoqda. Dunyo
miqyosida iqtisodiy, siyosiy, madaniy va axborot sohasidagi globallashuv davrida dunyo davlatlari
ta’lim tizimlarini integratsiyalashuvi muqarrar jarayon ekanini ta’kidlash mumkin. Ushbu holat
ta’lim tizimini o‘zaro moslanuvchan bo‘lishini va ta’lim standartlarini o‘zaro tan olinishini taqozo
qiladi. Buning uchun ta’lim tizimini jahon standartlari va ilg‘or davlatlar ta’lim tizimlari tajribasi
asosida modernizatsiya qilish lozimligini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda dunyoda inson tarbiyasi va rivoji uchun muhim bo‘lgan,
ilgari mavjud
bo‘lmagan faktorlar yuzaga keldi: axborotning ochiqligi va hammabopligi; iqtisodiyot, ijtimoiy
soha va ishlab chiqarish sohasida bilimlar rolining ortishi; ilm-fan taraqqiyoti va yangi
axborottexnologiyalarning paydo bo‘lishi; insonlarning ijodiy o‘zligini
namoyon etish
imkoniyatlarining kengayishi; pedagogik kometensiyani shakllantirishda professionalizm, ijod,
innovatsiyalar va boshqalarga talabning kuchayishi va hokazo.
Ushbu faktorlar kelajakka
yo‘naltirilgan, “kelajak bilan ishlashga qodir” insonni tarbiyalash uchun zaruriy shart-sharoitni
yaratib beradi.
Jumladan, so‘nggi besh yil davomida xalq ta’limi tizimini takomillashtirishning huquqiy
asoslari
yaratildi.
Xususan, “Ta’lim
to‘g‘risida” Qonunning
yangi
tahriri
qabul
qilindi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi tasdiqlandi [1]. Maktab ta’limini rivojlantirish sohasida bevosita 17 ta hujjat,
jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 ta hujjati qabul qilindi.
Tadqiqotimiz doirasida amalga oshirilgan tahlillar xorijiy davlatlar ta’lim tizimi islohotlari
jarayonida qo‘lga kiritilgan yutuqlar va kamchiliklarni bevosita o‘rganish imkonini yuzaga
keltirdi. Mana shu yutuq va kamchiliklarni izchil o‘rganib chiqqan holda respublikamiz ta’lim
tizimiga o‘rnak bo‘ladigan ijobiy xususiyatlarni milliy qadriyatlarimizga putur etkazmagan holda
joriy etish zamon talabi bo‘lib qolmoqda.
O‘rganishlar samarasi o‘laroq, respublikamiz ta’lim tizimida qisqa vaqtlarda qo‘lga
kiritilgan muvaffaqiyatlar bilan haqli ravishda faxrlanishimiz va mana shu yutuqlardan ruhlangan
tarzda doimo olg‘a yurishimiz kelajakda qo‘lga kiritiladigan yutuqlar uchun asos bo‘lib
xizmat
qiladi.
Bugungi kunda xalqaro munosabatlarning rivojlanish jarayoni shuni
yaqqol ko‘rsatadiki, hamkorlikning asosiy shakli sifatida sheriklikni
o‘rnatish hamda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish
juda dolzarb vazifaga aylanmoqda. Dunyoning barcha mamlakatlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro
bog‘liqligi kengayib va chuqurlashib borayotgan bir sharoitda, O‘zbekistondagi umum o‘rta ta’lim
tizimini rivojlanishini jahon ta’lim makonini rivojlantirish jarayonlaridan ajralgan holda o‘rganib
bo‘lmaydi. Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda BMT, YUNESKO, OECD (Iqtisodiy hamkorlik va