128
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
tarbiyachining o‘zi aynan shunday yuksak
talablarga javob berishi lozim,” mavzusida Xalqaro
konferensiyasida so‘zlagan nutqidan. Toshkent 2012 yil 17 fevral.
PROFESSIONAL TA’LIMNING MA’NAVIY VA IJTIMOIY
QADRIYATLAR BILAN ALOQADORLIGI
Abdurazaqova Sojida Raxmat qizi
JDPU Ta’lim muassasalari boshqaruvi yo‘nalishi 2-bosqich magistranti
Xalqimizning
milliy ongi, milliy g‘ururi, milliy iftixori, ma'naviy dunyosi kundan-kunga
boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma'naviy asosini tashkil qiladi. Demak,
ma'naviyat qay darajada shakllangan bo‘lsa, u shunchalik taraqqiyotga xizmat qilgan.
Milliy
uyg‘onish, milliy g‘urur, milliy tuyg‘uning tiklanishi-bu milliy rivojlanish bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgan tabiiy qonuniy jarayondir.
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina
jamiyatimizda o‘tkazilayotgan islohotlar muvaffaqiyatli
amalga osha oladi, chunki ma'naviy
barkamol, ma'rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va
taraqqiyot yo‘lini sharaf bilan o‘ta oladi. Shunday ekan, xalqimizning madaniy merosi, yuksak
ma'naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o‘rganib, ularni davlatimizdamizda yashovchi har bir
insonning ongiga singdirib, ayniqsa, yosh avlodni ma'naviy yetuk, fidoyi kishilar etib tarbiyalash
hozirgi kunda dolzarb muammolardan hisoblanadi.
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan
foydalangan holda kamol toptirish Professional ta’lim muassasalari malaka talablarida ham
belgilab o‘tilgan. Quyida professional ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiyaviy
va ilmiy-metodik
ishlariga qarab o‘tamiz:
Muassasalarda o‘qitish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
ta’limning demokratik xarakterda ekanligi — davlat ta’lim dasturlari doirasida ta’lim-
tarbiya usullarini tanlashda muassasaning mustaqilligi;
ta’limning insonparvarligi — shaxsning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman
ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi,
inson, jamiyat va atrof muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;
ta’limning ijtimoiyligi — ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda
yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni
shakllantirish;
ta’limning milliy yo‘naltirilganligi — ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari
bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni
milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa millatlarning tarixi va
madaniyatini hurmat qilish;
ta’lim va tarbiyaning uzluksizligi va uzviy bog‘liqligi uyg‘un
olib borilishi;
yoshlarning kelgusida mehnat faoliyatini davom ettirishini ta’minlovchi yuqori darajadagi
bilimlarni egallashi;
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga sifatli bilim olish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar umumbashariy qadriyatlarga va milliy
an’analarga asoslanadi;
Muassasalarda vatanparvarlik va milliy mustaqillik g‘oyalariga
sadoqatli hamda jamiyat
taraqqiyotiga hissa ko‘sha oladigan shaxsni tarbiyalash o‘quv jarayoni bilan uzviy ravishda
“Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, shaxsning
ijodiy faolligini shakllantiruvchi fondlarning faol ishtiroki bilan amalga oshiriladi;
yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda
xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy
an’analariga, urf-odatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli shakllarini ommalashtirish
maqsadida kollejning veb-sayti va ijtimoiy sahifalarini yaratish yo‘lga qo‘yiladi;