124
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
«образование и наука в XXI века» Международный научно-образовательний электронный
журнал «образование и наука в XXI века» Oktyabr,2021 yil
3.Karakulova Umida Abduvakilovna “Axborot savodxonligi
va axborot izlash xulq-
atvoridagi psixologik omillar” O‘zmu jizzax filialida “Kompyuter ilmlari va muhandislik
texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferensiya Oktyabr 2022 yil
4.Karakulova Umida Abduvakilovna “Oʻsmirlarda deviant xulq-atvor shakllanishida oilaviy
nizolarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli magistrlik dessertatsiyasi.T.2022y
5.Менделевич В.Д. Психология девиантного поведения. М.:2016.
6.Shoumarov G‘, Umarov B, Akramova F. Yoshlarda xulq og‘ishi
va tarbiya buzilining
oldini olish bo‘yicha psixologik maslahatlar. Toshkent-2015.
UMUMTA’LIM MAKTABLARINI BOSHQARISHDA ATROF-MUHIT OMILLARINI
HISOBGA OLISHNING AHAMIYATI
O‘razaliyev Faxriddin Baxriddinovich
Jizzax Politexnika instituti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi assistenti
Umumta’lim maktablarining faoliyatini boshqarishda uni o‘rab turgan muhit bilan aloqa
qilmasdan turib uning istiqbolini belgilab berib bo‘lmaydi.
Atrof muhit omillari, birinchi navbatda, potentsial yetuk o‘qituvchilar, shuningdek, iqtidorli
o‘quvchilarning mavjudligi va xatti-harakatlari, OTM larga yuqori bal bilan o‘qishga kirishi uchun
almashuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamda yetuk o‘qituvchilarni
jalb etish qudratini va
boshqalarni nazarda tutadi. Ushbu omillar guruhini tahlil qilish ularning reytingini va baholashini
va OTM lar faoliyatidagi muvaffaqiyatni yoki aksincha, umumta’lim maktabining
muvaffaqiyatsizligini bevosita belgilaydigan omillarni aniqlashni o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina
tadqiqotchilar asosiy e’tiborda umumta’lim maktablari o‘rtasidagi raqobatchilar bo‘lishi kerak,
deb hisoblashadi. Bu borada amerikalik olim M.Porter raqobat muhitining beshta asosiy omilini
tahlil qilishni taklif qiladi [1].
Umumta’lim maktablari uchun ta’lim sohasidagi raqobatchilar o‘rtasidagi
kurashning
jiddiyligi quyidagi shartlarga bog‘liq:
muayyan sohadagi umumta’lim maktablari soni, ya’ni qancha umumta’lim maktablari ko‘p
bo‘lsa, raqobat shunchalik kuchli bo‘ladi;
ushbu ta’limning rentabelligi, ya’ni ushbu o‘quvchilar OTM ga qamrov masalasida yuqori
o‘rinlarni olish imkoniyati;
ushbu faoliytni tark etishdagi qiyinchiliklar, masalan ta’limning birorta boshqa kasb-hunarga
mo‘ljallangan turini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar.
Tahlilning o‘zi bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1) u yoki bu darajada raqobatchilar soniga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha
umumta’lim maktablari ro‘yxatini
shakllantirish;
2) raqobatdosh umumta’lim maktablarining har birining faoliyatini o‘rganish va ularning
reytingini - umumta’lim maktablari uchun xavfliligi nuqtai nazaridan kamayish tartibida
joylashtirish;
3) asosiy raqobatchini yoki bir nechta raqobatchilarni aniqlash va umumta’lim
maktablaringiz imkoniyatlarini raqobatchi umumta’lim maktablarining
imkoniyatlari bilan
solishtirish;
4) raqobatni rivojlantirish istiqbollari va faoliyatda tegishli xatti-harakatlar yo‘nalishi
bo‘yicha dastlabki xulosalar.
Ba’zi ekspertlar, shuningdek, ta’lim sohasidagi xatti-harakatlari namuna bo‘lishi mumkin
bo‘lgan “mos raqobatchi” sifatida qarash mumkin bo‘lgan umumta’lim maktabini oldindan
belgilashni tavsiya qiladi. Bunday umumta’lim maktabi boshqa
mintaqada yoki hatto boshqa