123
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
niyatlar bilan oila quradi-yu, nega oila qurgandan keyin oʻzaro munosabatlarda nizolar kelib
chiqadi. Deviant xulq-atvorni shakllantiradigan oilaviy muammoning asosiy mezonlari bolaga
salbiy munosabatdir. Ba’zida moddiy farovonlikka ega, yaxshi turmush sharoitiga ega,
yuqori
ijtimoiy mavqega ega, ota-onalarining ma’lumoti va madaniyati darajasi yuqori boʻlgan oilalarda
ham, agar shaxslararo munosabatlarda jiddiy buzilishlar boʻlsa, bola xulqiga salbiy ta’sir
oʻtkazadi. Nizoli oilalarda psixologik va ijtimoiy xususiyatlar buziladi. Koʻpincha, bunday
oilalarning farzandlari hissiy farovonlikni yetishmaydi, ijtimoiy moslashuv qiyinlashadi,
maktabdagi tartib-intizomi va xatti-harakatlarning buzilishi kuzatiladi. Ota-onalarning notoʻgʻri
tarbiyasi, gʻamxoʻrlik va nazoratning yetishmasligi, oiladagi zoʻravonlikning turli xil shakllarining
mavjudligi va bolaning psixologik holatini bilmasliklari bolalarga salbiy ta’sir oʻtkazadi.
Bolalarning xulq-atvoriga bolalar va ota-onalar oʻrtasidagi oilaviy aloqalarning zaiflashishi
yoki uzilishi, ota-onalarning haddan tashqari ish bilan bandligi,
oiladagi nizoli vaziyatlar,
bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari va oilada qulay hissiy muhitning yoʻqligi ta’sir qiladi.
Oiladagi xar qanday muammo bolalarning deviant xulq-atvorining bosh omili sifatida koʻrib
chiqilishi kerak. Oiladagi muammo - bu oilaning tarbiyaviy funksiyasining buzilishi bilan bogʻliq
boʻlgan, bola shaxsiyatining oʻzgarishiga va deviant xulq-atvorga olib keladigan turli xil
koʻrinishdagi sabablardir.
Bolalar va ota-onalar oʻrtasidagi befarqlik, ikkiyuzlamachilik bilan ajralib turadigan
oilalarda oʻsmirlar ijobiy ijtimoiy tajribani oʻzlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bunday
oiladagi oʻsmir ota-onasi bilan muloqotga boʻlgan ehtiyojni erta yoʻqotadi. Ota-onasining
obroʻsini tan olmaydigan, ularni hurmat qilmaydigan oʻsmirlarda deviant xulq-atvorga moyillik
kuzatiladi. Bunday munosabat, agar oʻsmirlar ota-onalarining xatti-harakatlarini ijtimoiy normalar
bilan taqqoslaganda, ularning nomuvofiqligi sezilganda, ayniqsa rivojlanadi.
Bolalar bilan muammoli vaziyatlar oiladagi shaxslararo munosabatlarda nuqsonlar boʻlgan
oilalarda
kelib chiqadi, chunki ular past darjada ijtimoiy-psixologik yaqinlikka ega boʻlganligi
sababli, ular oʻzlariga yuklangan bolani tarbiyalash vazifasini bajara olmaydilar. Chunki bolaning
xulq-atvorini shakllantirish juda katta ma’suliya bilan, asta-sekinlikda davom etadigan jarayondir.
Oiladagi nosogʻlom muhitida esa ularning bu jarayonni toʻlaligicha bajarishi uchun imkon
boʻlmaydi. Aksariyat, ota-onalar axloqsiz, noqonuniy turmush tarzini olib boradigan, asotsial
oilalar ham uchrab turadi.
Bunday oilalarda ham, xech kim bolalarni tarbiyalash bilan
shugʻullanmaydi. Bolalar qarovsiz, rivojlanishdan orqada qolib, ota-onalari va bir xil ijtimoiy
qatlamning boshqa fuqarolari tomonidan zoʻravonlik qurboniga aylanadilar. Yuqorida
aytilganlarga
asoslanib, shuni koʻrish mumkinki, oʻquvchilarning deviant xatti-harakatlarining
sabablari insonning atrofidagi dunyo, ijtimoiy muhit va oʻzi bilan munosabatlari va oʻzaro
munosabatining oʻziga xos xususiyatlarida yotadi. Deviant xulq-atvorning sabablari orasida
koʻpgina tadqiqotchilar irsiyat,
ijtimoiy muhit, ta’lim, tarbiya va nihoyat, shaxsning ijtimoiy
faolligini ajratib koʻrsatishadi. Bu omillarning barchasi toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita shaklda
ta’sir qiladi.
Xulosaga ko‘ra tadqiqodlar shuni koʻrsatadiki, ba’zida toʻliq ijtimoiylashgan, muvaffaqiyatli
odam aslida muammoli oilada oʻsgani xolatlari ham mavjud. Aksincha, ba’zida oddiy oilada, bola
kerakli hamma narsani olganday tuyuladi-yu, lekin u jiddiy muammolarga duch keladi.
Ammo shunga qaramay, oila ta’sir darajasi jihatidan birinchi oʻrinda turadi. Afsuski, oilaviy
janjallarda ota-onalar farzandining ayni paytda nimani his qilayotgani haqida oʻylamaydilar.
Zoʻravonlik hissiy muhiti, moʻrt bolaning ruhiyatiga katta bosim oʻtkazib, bola his qiladigan har
bir narsada va uning ruhiyati qanday holatda boʻlishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar oilada ota-
onalik mahorati yuksak, vazifasi toʻliq bajarilsa, unda oilada nizolar boʻlmaydi va albatta, ularning
bolaga ham salbiy oqibatlari oldi olinadi.