|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 119
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Maktablarni yuqori tezlikdagi internetga ulash uchun zarur mablag‘larni ajratish
vazifasi hokimlarga yuklatildi.
2022 yil 1 avgustga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining texnologiya
fani ustaxonalari hamda kasb-hunar amaliyoti xonalarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilib,
tasdiqlanadi. Bu xonalarni bosqichma-bosqich tashkil etish va jihozlashga hokimlar mas’ul
bo‘ladi.
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu
gʻoya asosida O‘zbekiston hududidagi uzoq qishloqlarda joylashgan yoki endi ta’mirdan
chiqayotgan xalq qabulxonalari o‘zbek xalqi uchun o‘z ish faolyatini boshlashi ko‘zda tutilgan
2022 yil 1 sentabrdan boshlab, XTV tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida:
a) umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega pedagog kadrlarga har
oylik qo‘shimcha ustama quyidagi tartibda to‘lanadi:
xalqaro tan olingan sertifikatga ega pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50
foiz miqdorida;
xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga
ega pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida. Bunda, milliy
baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar
tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim;
xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlanmagan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga
ega pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili bo‘yicha
sertifikatlar bundan mustasno);
b) xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlanmagan DTMning milliy baholash tizimida chet
tili bo‘yicha olingan sertifikatga ega pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama:
2025 yil 1 yanvarga qadar – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
2025 yil 1 yanvardan boshlab – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida
to‘lanadi;
v) har oylik qo‘shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan
ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi;
g) umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har
oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.
2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son qarorga muvofiq chet tili fani o‘qituvchilariga 30 va
15 foiz miqdorida ustama olish huquqini beradigan ma’lumotnomalar berish amaliyoti tugatildi.
Xulosa sifatida shuni takidlash joizki, Maktablarda boshqaruv jarayonini yana ham
takomillashtirish uchun umumta’lim maktablarda “drektor”lik lavozimida ish olib borayotgan
ishchi xodimlar o‘z ishiga ma’sulyat bilan yondashishi zero faqat rahbarlik qilib qolmasdan
o‘zining pedagogik qarashlariga ega bo‘lishi maktab o‘quvchilarni tushunishi ularga nima kerak
ekanligini anglab olishi va o‘quvchilarga yangidan yangi bilimlarni yetqizib bera oladigan yosh
fan o‘qituvchilarni tanlay olmog‘I lozim shundagina maktab yoshidan bilimli va turli yutuqlarga
erishgan abituryentlar maktab bitiruvchilari bo‘lishadi.
|
| |