|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 121
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
taraqqiyot tashkiloti) muvofiqlashtiruvida ta’lim sohasida qiyosiy pedagogika bo‘yicha aniq
maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda [4].
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda uzluksiz ta’lim tizimi faoliyatini takomillashtirishning
asosiy sharti hisoblanadi va shuning uchun rahbarning vazifasi shu rivojlanish uchun zarur shart-
sharoitlarni ta’minlashdir. Ammo ta’lim tizimi turli mamlakatlarda bir-biridan sezilarli darajada
farq qilar ekan, uni ta’minlash usullari ham farq qiladi [4].
Jumladan, yigirmanchi asrning 60-yillarida AQSHda, boshqa mamlakatlarga qaraganda
avvalroq, ijtimoiy va texnik taraqqiyot, avvalo, odamlarning o‘ziga - ularning qanday o‘qitilgani
va tarbiyalanganiga - boshqacha qilib aytganda, maktabning qanday ishlashiga va o‘qituvchining
kasbiy mahoratiga bog‘liqligini angladilar [5]. Yigirmanchi asrning 60-yillaridan boshlab ushbu
mamlakatda amalga oshirilgan uzluksiz maktab islohotlari shundan dalolat beradi.
Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi bo‘yicha quyidagilarni ta’kidlash
mumkin:
- bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;
- 1-8-sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13
yoshgacha o‘qiydilar);
- 9 – 12 - sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo‘lgan bolalar
ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo‘shma SHtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo‘lib u 2 yoki 4 yil
o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan
aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv yurtlari davlat,
jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin.
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga hech
qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog‘chalaridan
foydalanish mumkin, lekin bolalar bog‘chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan.
Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Bu
boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo‘naltirish vazifalari hal etiladi.
Sinfdan-sinfga ko‘chish o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim
turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to‘garaklar, uchrashuvlar,
shoular va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to‘lash lozim. O‘rta maktablar
quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9 -sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o‘rta maktabga
qabul qilinadi [2].
O‘rta maktablarda to‘rt yo‘nalishda kasb-hunar asoslari berib boriladi.
1 - kasb-hunar ta’limi, 2 - biznes ta’limi, 3 - savdo va sanoat
ta’limi hamda 4-qurilish ta’limi. Oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi.
1-kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi. 2-bakalavr 4 yillik kollejlarda, 4
yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-bosqichni davom ettirishi mumkin. Bu 1-2 yillik magistr
maktabi.
4 – bosqich esa aspirantura, doktorantura. Maktablarda ta’lim televidiniesi, elektron til
laboratoriyasi, videoapparatura kompyuter va hokazolarni qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan. Maktablar
ta’til vaqtida ham ishlab turadi.
To‘garaklarda qayta tayyorlash ishlari olib boriladi. Oliy ta’limda ikki yo‘nalish mavjud:
1-ta’limni individuallashtirish;
2-talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish.
O‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish
mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki AQSH o‘rta maktablarida o‘z
o‘quvchilariga uch yo‘nalishda: akademik kasb-hunar, umumiy yo‘nalishlarda bilim beradilar.
Ayni paytda o‘quvchilarga to‘rt yo‘nalishda:
|
| |