|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 129
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
o‘quvchilarning o‘z intellektual darajasini oshirish badiiy adabiyotlarni o‘qishga qiziqtirish,
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini olib borish, yangi
adabiy kitoblarning taqdimotini uyushtirish va targ‘ib qilish orqali amalga oshiriladi.
Muassasalarda o‘quvchilarida muloqot madaniyatining zamonaviy shakllarini yaratish
maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda bahs-munozaralar va davra suhbatlari
uyushtiriladi;
chet tillaridagi badiiy adabiyotlar, ilmiy materiallarni o‘rganish va ta’lim-tarbiyaga tatbiq
etish maqsadida videoroliklar, bukletlar, flayerlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
Muassasalarda yosh avlodni ma’naviy-axloqiy, milliy g‘oyalarga sadoqat va vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega bo‘lgan ma’naviy boy va har
tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishda milliy-madaniy, tarixiy an’analarga, urf-odatlar
hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli xil shakllari
qo‘llaniladi.
O‘quvchilarda ta’lim muassasasi va tanlagan kasbni egallash bo‘yicha berilgan
imkoniyatlardan g‘ururlanish hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi.
Muassasalarda o‘quv yilining birinchi kuni vazirlik va jamoat tashkilotlari vakillari
ishtirokida o‘quvchilarning tantanali saflanishi, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ini olib chiqish,
Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi va belgilangan tadbir asosida davom ettiriladi.
Birinchi mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasining milliy mustaqillik g‘oyalariga
bag‘ishlanadi
Guruhlarda o‘quv, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy hamda tashkiliy ishlarga rahbarlik qilish
uchun o‘qituvchilardan guruh murabbiylari tayinlanadi.
Muassasalarning o‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’lim ustalari va xodimlarining huquq va
burchlari, lavozim vazifalari, malaka talablari va majburiyatlari kasbga qo‘yilgan talablar bilan
belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunlari asosida tartibga solinadi.
O‘qituvchi va xodimlar pedagogik mehnatning, tarbiyaviy va ilmiy jarayonining yuqori samara
berishiga, o‘quvchilarda mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat, zarur kasbiy ko‘nikmalarni
rivojlantirishga, kollej Ustaviga rioya qilishga majbur.
Muassasalarda o‘quvchi, o‘qituvchi, ma’muriy va yordamchi xodimlarni birlashtiruvchi
jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi. Jamoat tashkilotlarining faoliyati amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Muassasalar o‘quvchilarining Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti o‘zini o‘zi
boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot bo‘lib, yoshlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi hamda
oshkoralik va adolat tamoyillari asosida ish yuritadi.
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli
qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining
Nizomi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining maqsad-vazifalari kollej yoshlarini birlashtirish,
sog‘lom turmush tarzi asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rin egallashga ko‘maklashish,
ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilishdan iboratdir.
Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo‘nalganlik xususiyatini ochib beradi.
Ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan, ta'limiy qadriyatlar ham shaxsni shakllantirishga xizmat qilishi,
uning qadr-qimmatini oshirishi, pedagoglar tomonidan shaxs omilining ta'lim-tarbiya
jarayonlarining yetakchi subyekti sifatida tan olishini ta'minlashi, unda erkin va mustaqil fikrlash,
shuningdek, ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berishi maqsadga muvofiqdir.
Binobarin, barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab voyaga yetkazishga bo‘lgan ehtiyoj
rivojlanayotgan hamda yangicha ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan mavjud sharoitda yanada
dolzarb ma'no va mohiyat kasb yetadi. "O‘z xaq-xuquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va
imkoniyatlariga tayanadigan, atrofidagi sodir bo‘layotgan voqea hodisalarga mustaqil munosabat
bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan
uyg‘un holda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak". Bu esa
|
| |