|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 136
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
O‘zlashtirishi bo‘sh o‘quvchilar kuchli o‘quvchilar yordamida o‘quv materialini yetarli
darajada o‘zlashtirishga erishadi. Ta’lim natijasida ayrim o‘quvchi emas, balki butun guruh
manfaatdor bo‘ladi. O‘quvchining o‘qishdagi muvaffaqiyati butun guruh faoliyati mazmuniga
bog‘liqlik mas’uliyatini sezishi birlashishga, hamkorlikka undab, o‘quvchilarni umumiy maqsad
yo‘lida birlashtiradi.
Ta’lim texnologiyalari faqat ta’limiy jihatdan ahamiyatli bo‘lmasdan, balki tarbiyaviy
tomondan ham o‘quvchilarning intellektual va ahamiyatli kamolotiga kuchli ta’sir qiladi.
Hamokrlikda o‘qitishning muhim jihati jamoaviy faoliyat ko‘rsatish bo‘lib, bunda o‘quvchilar
o‘zaro hamkorligi bir-biriga bog‘liqlik hissiyotlari o‘zaro harakatlarini, faoliyatini
muvofiqlashtirish munosabatlari shakllanadi. Hamkorlikda o‘qitish o‘quvchilarning
ijtimoiylashuviga, o‘zaro muloqot ko‘nikma va malakalarini shakllanishi uchun muhim vosita
hisoblanadi16.
O‘quvchilarga yoshligidan boshlab bir-biriga yordam hissiyotlarini rivojlantirib, darsda
emas, balki yashash tarzida va butun hayoti davomida birovga yordamga kelish har qanday
muammoni birgalikda hal qilishdan quvonish kabi shaxsiy sifatlarga aylanadi. Xo‘sh hamkorikda
o‘qitish texnologiyasining mohiyati yoki didaktik asoslari nimada? Bu usul o‘quvchilar
harakatlarini ma’lum ketma-ketlik va izchillikda bajarishi bo‘lib, o‘qitishning u yoki bu
metodlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Yoki metodlar majmuasi bo‘lib, ta’limga ma’lum
yondashishni ta’minlaydigan didaktik tizim.
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil qilishning turli metod va vositalari o‘qitishda
ta’lim texnologiyalari prinsiplarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu majmualar o‘z navbatida
o‘qitishning texnologik asosini tashkil etadi. Faqat shunday asosda ko‘rilgan didaktik tizim
pedagogik jarayonda sinalgan metod va vositalar texnologiyasi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Didaktik tizimning asosini o‘qitish metodlari majmuasi tashkil etib, ular ma’lum nazariy asos,
prinsiplarga va ta’lim konsepsiyasiga asoslanadi.
Tanlanadigan o‘qitishning metod va vositalari ta’lim texnologiyalari talablaridan kelib
chiqishi lozim.Ta’lim texnologiyalari turli mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda degan edik.
Bunda uning hamma joyda bir xil qolipda emas, balki turli xilda qo‘llab boyitish, turli variantlar
shakllanishi e’tiborga molik. Masalan, Amerikadagi Djon Xopkins universitetida komanda tarzida
o‘qitish keng qo‘llaniladi. Bunda asosiy e’tibor ta’limning guruhi maqsadiga qaratilib, guruh
muvaffaqiyati uning har bir a’zosi mustaqil ishining natijasiga bog‘liq bo‘ladi.
Guruhning har bir a’zosi boshqalar bilan doimiy o‘zaro hamkorlikda o‘rganiladigan mavzu
(muammo) ustida ish olib boradi. Guruh har bir a’zoning vazifasi birgalikda muammoni hal qilib,
birgalikda bilish asosida komandaning har bir a’zosi zarur bilimlarni egallab, kerakli ko‘nikma va
malakalar shakllanishiga erishiladi. Bunda butun komanda har bir o‘quvchining nimaga
erishganini bilishi muhim hisoblanadi. Butun guruh o‘quv materialini uning har bir a’zosi
egallashidan manfaatdor. Chunki butun komanda muvaffaqiyati har bir a’zosining qo‘shgan ulushi
va guruhning hamkorlikda o‘z oldiga qo‘ygan masalaning yechilishiga bog‘liq.
O‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish texnologiyasi quyidagi uch asosiy prinsipga
asoslanadi17:
“Taqdirlash” butun guruh ball tariqasida yoki taqdirlash sertifikat, maqtov, maxsus mukofot
sifatida birgalikdagi ishiga baho oladi. Buning uchun butun gurhga berilgan bitta topshiriq
bajariladi.
Har bir o‘quvchining shaxsiy mas’ulyaiti butun guruhning yutug‘i va kamchiligini
belgilaydi. Bu esa guruh a’zolarining har biri faoliyatini, shuningdek, boshqalar faoliyatini nazorat
qilishi, o‘quv materialini o‘rtog‘ining o‘zlashtirishi va tushunishiga yordamlashishiga zamin
16
Голиш Л.В., Файзуллаева Д.М. Таълимда инновацион технологиялар: Педагогик технологияларни
лойиҳалаштириш. – Тошкент: “Фан”, 2011, 17 б.
17
Сорокина И.О. Сущность и содержание профессиональной креативности в структуре
аутопсихологической компететности государственных служащих - Москва: “Высшая школа”, 1990. С.83.
|
| |