Tayanch so‘z va tushunchalar: ta’lim, texnologiya, hamkorlikda o‘qitish, intellekt,
munosabat, ijod.
Yurtimizda ta’lim tizimining hozirgi taraqqiyoti bosqichi, innovatsion pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining milliy va tarixiy, mafkuraviy shart-sharoitlariga
javob berishi, ta’limning an’anaviy modellari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, o‘rta maxsus,
kasb-hunar maktalarida darslar tizimi, oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza, seminar kabi ta’lim
metodlari hukmron bo‘lgan vaqtda shu davrga mos keluvchi texnologiyalarni qo‘llash ijobiy natija
berishi shubhasizdir.
Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi, chunonchi, AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya,
Isroil, Janubiy Koreya, Singapur kabi mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinayotgan “hamkorlikda
o‘qitish”, “loyihalar metodi”, “tabaqalashgan o‘qitish”, “o‘qituvchi papkasi”, “o‘qitishga
individual va tabaqali yondashish”kabi texnologiyalardan foydalanishni lozim deb hisoblaymiz14.
Bularni o‘z ish tajribasida qo‘llashda ixtiyoriy prinsipidan kelib chiqish bilan birga birdaniga
sakrab o‘tish ma’muriy majbur qilishdan saqlanish lozim. Bunda ma’muriy aralashish faqat ularni
qo‘llash uchun tashkiliy-pedagogik, moddiy baza yaratish, o‘quv jarayoni va o‘quv xonalarini
jihozlash jihatidan bo‘lishi mumkin. Ularning qaysi birini tanlashda pedagog o‘z imkoniyatidan
kelib chiqishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanilayotgan hamkorlikda o‘qitish, loyihalar metodi,
tabaqalashgan o‘qitish, o‘quvchi papkasi kabi texnologiyalarni tanlashda yuqoridagi shart-
sharoitlardan tashqari, mavjud ta’lim texnologiyalari: Dars, ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan
tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda hamda hozirgi ta’lim mazmunini inkor
qilmagan holda, ishlab chiqilgan DTS, o‘quvchilar bilimini nazorat qilish (reyting, test) shakllariga
mos kelishi ham nazarda tutiladi.
14
Асадов Е.М., Эргашов Ш.Т. Ўқувчиларни касб ҳунарга йўналтиришда қўлланиладиган
психологик-педагогик ташхис методикалари. - Тошкент: “Фан”, 2006. 37 б
.
|