|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 137
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
hozirlaydi. Guruh a’zolarining o‘z bilimlarini turlicha baholash va nazorat qilishga tayyor
turishlarini ta’minlaydi.
Guruhlar har bir o‘quvchining o‘zlashtirishdagi teng imkoniyatlari o‘z komandasiga olib
keladigan ochkolari avvalgi natijalarini yaxshilash asosida amalga oshiriladi. O‘zlashtirish
natijalarini avvalgilari bilan taqqoslash aynan shu guruh o‘quvchilari erishgan natijalarini baholash
imkoniyatini beradi.
Ta’limni bunday tashkil qilishda asosiy narsa butun komanda taqdirlash va har birining
shaxsiy mas’uliyati hissini shakllantirishdan iborat. Bunda o‘quvchilarning birgalikda ishlashi
uchun ko‘rsatma berish muhim bo‘lmasdan, balki har bir o‘rtog‘ining bilim egallashida
manfaatdorlikni shakllantirish asosiy hisoblanadi. Shu bilan birga o‘quvchilarning hozirgi
egallagan bilimlarini avvalgi bilimlari natijalari bilan taqqoslash, ularni taqdirlashga nisbatan
ancha ta’sirchan hisoblanadi. Bu esa shaxsiy natijalarni yanada chuqurlashtirishga olib keladi.
Guruhlarda ma’lum topshiriqning zaruriy tayanch tomonlarini fahmlash beriladi. Bunda
topshiriqni ayrim qismlarga bo‘lib, har bir o‘quvchi o‘z qismini o‘rganishi yoki aylanma tariqasida
har bir o‘quvchi undan keyingi qismni bajarishi tarzida bo‘lishi mumkin. Topshiriqni bajarishni
kuchli yoki bo‘shroq o‘zlashtiruvchi o‘quvchi boshlashi, ammo har bir topshiriqni bajarishi,
oshkora, ovoz chiqarib tushuntirishi va butun guruh nazorat qilishi lozim.
Agar topshiriq guruh uchun bir xil bo‘lsa, butun guruh topshiriqni bajarib bo‘lgach,
o‘qituvchi darsni turli guruhlarning ishini umumiy holda muhokama qilsa bo‘ladi. Agar topshiriq
turlicha bo‘lsa, har bir guruh alohida yakunlashi mumkin.
O‘quv materiali o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganiga o‘qituvchi ishonch hosil qilgach,
ularning tushunganligi va o‘zlashtirishni aniqlash uchun test sinovi o‘tkazadi. Bunda o‘qituvchi
o‘quvchilarga individual yondashib, ularning bilim darajasini hisobga olgan holda, topshiriqni
ta’minlaydi. Har bir o‘quvchi olgan baholari umumlashtirilib, guruhning umumiy bahosi e’lon
qilinadi.
Bunda kuchli o‘quvchilar bo‘sh o‘quvchilar bilan musobaqa qilmay, balki har bir o‘quvchi
o‘zi bilan musobaqa qilib, o‘z vazifasini bajarib, guruhga ochkolarni ko‘paytirishga intiladi.
Ta’limni bunday tashkil qilish turli aniq va tabiiy fanlarni ta’lim muassasalarida o‘rgatishga
qo‘llash mumkin.
O‘qitishda ta’lim texnologiyalarining yana bir ko‘rinishi komanda - o‘yin faoliyat. Bunda
ham avvalgidek, o‘qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi va o‘quvchilar o‘quv materialini guruh
o‘zlashtirishiga guruhli yo‘naltiradi. Ammo o‘zlashtirish natijalarini baholashda komandalar
o‘rtasida haftalik musobaqa turnirlarini tashkil etadilar. Buning uchun uch nafar o‘quvchidan
iborat “turnir stollari” tashkil qilinib, unda bir-biriga teng o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar muosbaqani
tashkil etadi. Bunday o‘qitish matematika, tabiiy fanlarda ko‘proq ijobiy natija beradi.
Topshiriqlar tabaqalashtirilib, murakkablik darajasiga qarab beriladi. Har bir stol g‘olibi o‘z
komandasiga bir xil miqdorda ballar keltiradi. Bunda bo‘sh o‘zlashtiruvchilar ham o‘z tenglari
bilan musobaqalashib, komandasiga ochko keltiradi. Turnirda eng ko‘p ball to‘plagan komanda
g‘olib deb e’lon qilinadi va taqdirlanadi.Bunda o‘quvchilar avval o‘zlashtirgan bilimlarning
natijasiga ko‘ra, individual topshiriq olib, o‘z ish sur’ati asosida uni bajaradi.
O‘qitishda ta’lim texnologiyalarining yuqorida ko‘rib chiqilgan shakllari uchun umumiylik
- maqsad va vazifalarning yaqinligi, o‘quvchilarning ta’lim olishda teng imkoniyatlari individual
mas’uliyat hisoblanadi. Shu bilan birga guruhda raqobat emas, hamkorlik, guruh a’zolarining
umumiy maqsad va muvaffaqiyatdan manfaatdorligi o‘zaro belgilovchi omil hisoblanadi. Teng
imkoniyatlar o‘quvchilarning takomillashuviga zamin hozirlashini anglamoq va olg‘a intilmoq
muhim hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchining o‘rni o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga yordam berishi
bilan belgilanadi. U o‘quvchilarga tayyor bilimlarni o‘rgatishdan tashqari, ularni mustaqil, ijodiy
fikrlashga o‘rgatish, o‘z shaxsi va bilimiga tanqidiy qarash, axborotlarni tahlil qilish, ulardan
keraklisini ajrata olish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrlarini asoslashga o‘rgatishning muhimligida
|
| |