|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 140
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Milliy hunarmandchilik tarixi va asoslarini egallashda o‘quvchilar quyidagi amaliy
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar:
turli xildagi materiallarni tanlash va ularga ishlov berish; hunarmandchilik asboblari,
moslamalari bilan ishlash; ma’lum sohalarda foydalaniladigan elektr va mexanizatsiyalashtirilgan
qurilmalar, moslamalar va uskunalar bilan ishlash; buyumlarni hunarmandchilik asarlarini asrash,
ta’mirlash va foydalanish muddatini uzaytirish; yo‘l-yo‘riqli, operatsiyali, texnologik va ishlab
chiqarish me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash; jarayonlarni amalga oshirish, bozor
iqtisodiyoti sharoitida tayyorlangan buyumlarni va asarlarni iste’molga chiqarish va boshqalar.
Bevosita xalq xo‘jaligi (mahalliy) tarmoqlariga bog‘liq bo‘lmagan turli umummehnat,
maxsus ko‘nikmalarni o‘quvchilarga o‘rgatishda milliy hunarmandchilikning didaktik
imkoniyatlari katta. [34].
Xalq hunarmandchiligining mehnat va kasb-hunar ta’limida muntazam o‘rganilishi o‘g‘il va
qiz bolalar mehnatini, qishloq va shahar maktablarida muqobil mashg‘ulotlarning tashkil etilishini
va qolaversa, o‘quvchilarning ta’lim muassasasini bitirganlaridan so‘ng doimiy ish o‘rinlari bilan
ta’minlanishlarini ma’lum tartibga soladi. Xalq hunarmandchiligi sohalarini o‘rganish va o‘rgatish
mehnat yumushlarini ketma-ket bajaradigan “ishchi-robotlar”, “ishchi-mexanizmlar” tayyorlashni
qisman bo‘lsa-da inkor etadi va ijodiy fikrlaydigan, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, yuqori
darajada insoniylik fazilatlariga ega bo‘lgan, muomalali, odob-axloqli insonlarni tarbiyalashda
milliy hunarmandchilikning imkoniyatlari katta ekanligini ko‘rsatadi [12].
Respublikamizda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirish borasida
yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida hunarmandchilik faoliyati kundan kunga rivojlanib,
ularning mahsulotlari eksportga chiqarilmokda.
Hunarmandchilik faoliyati – yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shaxslarning
hunarmandchilik buyumlari yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni ishlab chiqarish bo‘yicha
faoliyatidir. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka
tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun ko‘pi bilan
besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga haqli [7,9].
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mazkur imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» gi farmoni bilan tasdiqlangan hunarmandchilikning quyidagi asosiy 25 ta faoliyat turi
ro‘yxati asosida qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni
qabul qilinib, unda oilaviy korxona o‘zi ishlab chiqargan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy
san’ati buyumlarini realizatsiya qilishdan olingan tushum bo‘yicha yagona soliq to‘lovini
to‘lashdan ozod qilinishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini
ta’minlash, yoshlarni bozor iqtisodiyoti munosabatlarida faol ishtirok etishga tayyorlash
pedagogika fani oldida turgan muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Respublikamizni jahon
hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashi, rivojlangan davlatlar bilan tenglik
tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikka erishishida, yoshlarning iqtisodiy bilimlarni puxta
egallashlari hamda hunarmandchilik negizida tadbirkorlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ya
olishlari muhim ahamiyat kasb etadi [10].
Birgina ishlab chiqarishda bozor munosabatiga asoslanishning o‘zi jamiyat iqtisodiyotining
yuqori darajada rivojlanishini kafolatlay olmaydi va bu o‘rinda bir qator omillarning mavjudligi
talab qilinadi. Eng muhim omillardan biri – bu jamiyat a’zolarining ishlab chiqarishga bo‘lgan
munosabatlarini keskin o‘zgartirish, ularni boqimandalik kayfiyatidan xalos qilish va iqtisodiy
bilimlarni keng targ‘ib etish orqali ularda iqtisodiy madaniyatni shakllantirish hisoblanadi.
Yoshlarning iqtisodiy ong va faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida oila va ta’lim
muassasalarida ana shu yo‘nalishda tashkil etiluvchi faoliyat o‘ziga xos o‘rin tutadi.
|
| |