|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 138
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
o‘z o‘rnini anglaydi. O‘rganiladigan muammo ustida mustaqil ishlash odatiy hol va faoliyatning
asosiy yo‘nalishi bo‘lib qolishi hamkorlikda o‘qitishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ta’lim texnologiyalarining muhim tomoni shundaki, ularning hozirgi ta’limdagi ijobiy
tomonlarni saqlagan holda qo‘llash imkoniyatining borligidir.Bundan tashqari bu texnologiyalar
falsafiy, psixologik, pedagogik mohiyatga ko‘ra gumanistik xarakterga ega. Bularning gumanistik
xarakteri faqat nazariy va mafkuraviy jihatdan milliy istiqlol mafkurasi talablariga mos kelishi
bilan irga amaliy jihatdan ma’naviyati yuksak, barkamol insonni shakllantirishga
yo‘nalganligidir18.
Ta’limi texnologiyalariniyaxlitlikda ta’lim jarayoniga qo‘llash asta-sekin an’anaviy
modellardan voz kechib,innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalariga o‘tish imkoniyatini
yaratadi. Ular psixologik va pedagogik mohiyati bilan gumanistik xarakterga ega bo‘lgan shaxsga
yo‘nalgan texnologiya: hamkorlikda o‘qitish,loyihalar metodi, differensial o‘qitish, “o‘quvchi
papkasi” o‘z mazmuni va mohiyati jihatidan o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi va yaxlit
didaktik tizimni tashkil etadi. Bular ta’lim oluvchilarni halollik, oshkoralik, boshqalarga
g‘amxo‘rlik, saxovat, samimiylik, o‘zaro yordam ruhida tarbiyalaydi.
Xulosa
Ta’limi texnologiyalarining yuqorida ko‘rib chiqilgan shakllari, maqsad va vazifalarining
yaqinligi, o‘quvchilarning ta’lim olishda teng imkoniyatlari va individual mas’uliyati hisoblandi.
Shu bilan birga guruhda raqobot emas, hamkorlik, guruh a’zolarini umumiy maqsad,
muvaffaqiyatda manfaatdorligi, o‘zaro yordam belgilovchi hisoblanadi.
Tavsiyalar
O‘qitishda ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda quyidagilarga e’tibor karatilishi lozim:
ta’lim oluvchi tajribasi, bilimning guruhligi, fanga qiziqish, bilim saviyasi;
ta’lim oluvchining psixik xususiyati (xotira, idrok, tafakkur, o‘z hissiyotini boshqara olish);
xarakter va mijozning xususiyati. Bir so‘z bilan aytganda o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos
belgilarini e’tibordan soqit qilmaslik lozim.
|
| |