|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 141
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Tadbirkorlik – kishilarning foyda olish maqsadida, jamiyatning ma’naviy-axloqiy
me’yorlari, amaldagi qonunlari doirasida mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va
mustaqil tashabbuskorlik faoliyati sanaladi. Ushbu tushuncha mustaqillik yillarida iste’molda
keng qo‘llanilib, kishilar ongida mustahkam o‘rin egalladi. Mazkur holatni baholar ekan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti quyidagilarga e’tiborni qaratadi: “Tobora ko‘proq
kishilarimiz foydali tadbirkorlik sohasida tashabbus, omilkorlik, mahorat ko‘rsatmoqdalar. Tobora
ko‘proq yoshlar musobaqa va raqobatga asoslangan erkin mehnatda muvaffaqiyatga erishish
uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni va ishlab chiqarish mahoratini egallab olishga
intilmoqdalar.”19
“Tadbirkorlik” tushunchasini yoshlar ongiga singdirish, ularda tadbirkorlikka oid
tushunchalarni shakllantirish hamda ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatining samarali tashkil
etilishiga erishish ko‘p bosqichli va murakkab jarayon. Binobarin, tadbirkor sotib foyda olishi
mumkin bo‘lgan, bozor talab qilgan mahsulotni ishlab chiqara olishi, xizmat turini tanlay bilishi,
o‘z mahsuloti yoki xizmatini taklif etishi, shuningdek, ularning xaridorgirligini oshira olishi zarur.
Mazkur jarayonning muvaffaqiyatli tashkil etilishi esa tadbirkorning faoliyat ko‘rsatish sohasini
tanlash, shaxsiy tashabbus ko‘rsatish, ishning natijalari uchun javobgarlikni his etish, o‘zi ishlab
chiqarayotgan mahsulot yoki ko‘rsatayotgan xizmatga, talabning o‘zgarishiga tez moslashish kabi
sifatlarga ega bo‘lishlikni taqozo etadi. Yoshlarning bu kabi sifatlarga ega bo‘lishlari ularning
ijodkorlikka va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ruhan tayyor ekanliklarini ko‘rsatadi [25].
Garchi “tadbirkor” atamasi bozor munosabatlarining muhim tayanch tushunchasi sifatida
qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, aytish mumkinki, uning etimologik rivojlanishi kishilik faoliyatining
muhim ko‘rinishi bo‘lgan hunarmandchilikning shakllanishi bilan bog‘liq. Hunarmandchilik
Sharq xalqlari turmush tarzida o‘ziga xos o‘rin tutadi hamda oila a’zolarining barchasini muayyan
ishlab chiqarish faoliyatiga jalb eta olish xususiyatiga ko‘ra muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga
ega. Shu bilan birga hunarmandchilik oila daromadini shakllantirish va jamg‘arma orttirish
imkoniyatini beruvchi faoliyat turi ekanligiga ko‘ra tadbirkorlik bilan o‘zaro uyg‘unlik hosil
qiladi[36].
“Ustoz-shogird” an’anasi o‘smirlar bilan bevosita ishlash, ularning individual
xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish, mavjud iqtidorlarining yanada rivojlantirilishi va
ijodkorligi uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatli. Bu kabi holatlar
o‘smirlarda nafaqat ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi, balki mehnat va
ishlab chiqarish faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, halol
mehnat qilish, mehnat samaradorligidan g‘ururlanish kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni
tarbiyalaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida milliy hunarmandchilik tarixini o‘rganishda
o‘quvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida quyidagi kamchiliklarning
mavjudligi kuzatildi:
- o‘quvchilarning milliy hunarmandchilik bo‘yicha yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatini
tarbiyalash va rivojlantirishga ustuvor o‘rin ajratilmasligi;
- o‘quvchilarning milliy hunarmandchilik bo‘yicha yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatini
tarbiyalash va rivojlantirishning metodologik asoslari maxsus o‘rganilmasligi;
- o‘quvchilarning milliy hunarmandchilik bo‘yicha yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatlarini
tarbiyalash va rivojlantirishda izchil va kompleks yondoshuvga amal qilinmasligi;
- o‘quvchilarning milliy hunarmandchilik bo‘yicha yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatini
tarbiyalash va rivojlantirish istiqbolining tahlil qilinmasligi;
- o‘quvchilarning milliy va umuminsoniy, madaniy-tarixiy, intellektual, milliy
hunarmandchilik bo‘yicha yaratuvchan ijodkorligini rivojlantirish jarayoni mazmunini
yangilashga e’tibor qaratilmaganligi;
19
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари,
тараққиёт кафолатлари. – Тошкент, Ўзбекистон, 1997. – 147 б.
|
| |