|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 149
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
uchun, o‘z qarshi dalillarini bayon qilishlari uchun 8 daqiqa vaqt ajratiladi. Dalillar almashishining
bunday tartibi 2-3 marta takrorlanadi, bunda har bir tinglovchi sherigining dalil-isbotiga javob
qaytarishi va o‘zining aks dalilini keltirishi shart. Tinglovchilarning bilimlarini aniqlash uchun 3-
4 raund yetarlidir. Oxirgi raundda tinglovchilarga yakuniy paragrafni yozish imkoni beriladi.
Shundan so‘ng, yozma ish yig‘ib olinadi. Bahslarga yakun chiqarishning yaxshi shakli ikkala
tomonga qaratilgan savoldir. “Qarshi tomonning eng yaxshi dalili-isbotlari qaysilar bo‘ldi?”.
Ushbu texnologiya ham tahliliy-tanqidiy fikrlashni shakllantirishda yaxshi samara beradi.
“Svetofor” texnologiyasi. Nasriy asarlarni o‘rganish jarayonida “Svetofor” texnologiyasidan
foydalanish ham yaxshi samara beradi. Bunda o‘qituvchi biror asarni o‘rganish vaqtida asar
bo‘yicha tezislar tayyorlaydi. Tezislar o‘quvchilarni mushohadaga chorlaydigan, munozarali
bo‘lishi maqsadga muvofiq. Tezislar navbatma-navbat yozuv taxtasiga yoziladi, yoki oldindan
tayyorlangan plakatlar shaklida ilib qo‘yiladi. O‘quvchilarga o‘ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt
beriladi. So‘ng tezisni ma’qullagan har bir o‘quvchi yashil kartochkani ko‘taradi; ma’qullamagan
o‘quvchi qizil kartochkani; ikkilanayotgan yoki qaror qabul qilishga qiynalayotgan o‘quvchilar
sariq kartochkani yuqoriga ko‘taradi. Agar ishtirokchilar fikri, asosan, bir-biriga mos keladigan
bo‘lsa, o‘qituvchi navbatdagi tezisga o‘tadi. Agar javoblar turlicha bo‘lsa, ishtirokchilardan o‘z
qarorlarini asoslab berish so‘raladi.
Ushbu texnologiya barcha o‘quvchilarning fikrini bilib olishga imkon beradi, hech kim
oddiygina tomoshabin bo‘lib qolmaydi. Ishtirokchilarning ko‘pchiligida mashq boshlanganidan
keyin nuqtayi nazarlardagi tafovutlar sabablarini bilish va o‘z fikrini asoslashga bo‘lgan kuchli
qiziqish paydo bo‘ladi. Mazkur metod mustaqil va tanqidiy tafakkurni shakllantirish bilan birga
o‘quvchilarning nutqini, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish, asoslash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Agar tezislarning ko‘pchiligi bo‘yicha o‘quvchilarning fikri bir-biriga mos kelsa, mashqqa
bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi. Bu texnologiyadan foydalanish uchun tezislarni puxtalik bilan
tayyorlash talab qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqil va tanqidiy fikrlash bugungi kunning zaruriy talablaridan
biridir. Tanqidiy fikrlash tufayli o‘qish an’anaviy ishdan aniq maqsadga yo‘nalgan, mazmunli
faoliyatga aylanadi. Yoshlarda sog‘lom, mustaqil dunyoqarash, erkin va tanqidiy fikrlashning
qaror topishiga erishish ularning vayronkor g‘oyalar obyektiga aylanishining oldini olish hamda
mafkuraviy immunitet tizimining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan ham ta’lim
jarayonida o‘quvchilarning o‘z chegaralaridan tashqarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va
shu orqali ona Vatanga sadoqatli, xalqiga fidoyi yoshlarni tarbiyalash pedagoglar oldida turgan
ustuvor vazifalardan bo‘lib qoladi.
|
| |