150
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
HIKOYA MATNI USTIDA ISHLASHDA O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH PIRLS
XALQARO TADQIQOT DASTURI MISOLIDA
Xosilbekova Xursunoy Bektemir qizi
JDPU magistri
Hikoya – kichik nasriy asar bo‘lib, unda hayotiy voqealar aks ettiriladi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda hikoya janri muhim o‘rin tutadi. Hikoya matnida berilgan
so‘zlar, jumlalarni to‘g‘ri o‘qish, to‘g‘ri
talaffuz qilish, ularning asl ma’nosini anglash orqali
o‘quvchilarning nutqi rivojlanib boradi. PIRLS xalqaro tadqiqot dasturi misolida o‘quvchilar
nutqini o‘stirishni ko‘rib chiqamiz. 4-sinf “O‘qish” darsligida Rahim Bekniyoz qalamiga mansub
“Mo‘jiza” hikoyasi berilgan. Nafaqat bolalar, balki, kattalarni ham o‘ylantirib qo‘yadigan ushbu
hikoya bilan tanishib chiqamiz:
MO‘JIZA
Rahim Bekniyoz
O‘lib tirilgan, ya'ni avvalo o‘lib, so‘ngra tirilgan quyonni ko‘rganmisiz? Albatta, ko‘rgan
emassiz bunday «mo‘jiza»ni.
Men-chi? Ko‘rdim ham gapmi? Xo‘p dog‘da qoldirib ketgan kaminalarini shalpangquloq
desangiz. Shuning uchun hech vaqt esimdan chiqmaydi bu voqea.
Quyonlar serob
kuz yemishlaridan semirib, rosa jir boylagan paytda ovga chiqdim.
Velosipedimni tanish cho‘pon qo‘rasida qoldirdim-da, miltiqni kiftimga ilib, ro‘parada ko‘rinib
turgan qamishzor tomon ketdim. Mo‘ljallab chiqqan «ovxonam» o‘sha. Men o‘tib borayotgan dala
bu yil to‘qaydan yangi ochilib ekilgani uchun paxta bitmagan, boriyam barvaqt yig‘ib-terib
olingan, endilikda unda g‘o‘zadan ko‘ra yaxshiroq yetilgan yovvoyi o‘t-xashaklar oyoq ostida
qovjirab yotardi. Bunday sero‘t maydonda quyon o‘tlashini bilardim,
lekin yotoq qiladi, deb
o‘ylamagan edim. Qarasam, mendan atigi uch qadam narida shalpangquloqlarini kiftiga bosgan
holda, ko‘rpaday ajriqqa burkanib, bemalol uxlab yotibdi u. Qo‘llarim beixtiyor miltiqqa yugurdi.
«Yotgan joyida otaveraymi yoki qochirib otsammikin?» Miyamda yilt etgan bu savolga javob
pishib yetilmay, miltiqning tepkisini bosganimni bilmay qoldim. O‘q quyondan bir qarich nariga
tegib, yerni o‘pirib yubordi. Quyon seskanib boshini ko‘tardi-yu, badani dir-dir titrab,
joyidan
qo‘zg‘almadi.
Miltiqning uchini tekkizganimda, birdan sapchib o‘rnidan turdi. Biroq gandiraklab kelib,
o‘zini oyoqlarim ostiga urdi. Oyog‘im
bilan bosib olgach, yana hayron qoldim.
Biron yerida o‘q izi ham, tiriklik alomati ham ko‘rinmasdi. Qo‘limga olganimda, u
shalpayib qolgandi. G‘alati o‘ljani xaltamga joylab, qamishzor sari ravona bo‘ldim. U yerda chiy
qamish o‘rib yurgan cholga ro‘para keldim.
— Charchagandirsiz, ukam. Keling endi, birpas o‘tirib nafas rostlang, — deb taklif qildi u.
Xaltani yelkamdan olib, yerga qo‘ydim-da, o‘rilgan qamish ustiga o‘tirdim.
Chol xurjunni ochib oldimga dasturxon yoydi, qovun so‘ydi.
Dasturxon atrofida gurung
quyuqlashdi. Chol ham yoshligida ovchilik qilgan ekan.
— U zamonlar ovchilik alomat edi, ukam. Shu desangiz, bir safar...
Chol birdan hikoyasini kesib, ko‘zlari olazarak bo‘ldiyu, apil-tapil
yonimda yotgan miltiqqa
intildi:
— Quyon! Quyon qochdi
O‘rnimdan sakrab turib miltiqni qo‘limga oldim. Biroq kechikkan edim. Quyon yilt etib
o‘zini qamishzorga urib ketganini ko‘rib qoldim, xolos.
— Xaltangizdan
chiqib qochdi, chamamda.
Ha, xaltam bo‘m-bo‘sh, og‘zi ochiq yotardi. Quyonning bu qilmishi meni battar tang
qoldirdi.
— Bir gal menam shunday bo‘lganman, — deb miyig‘ida jilmayib hikoya qila ketdi chol.
— Quyonni otgach, so‘ygin, deb yo‘ldoshimga uzatdim.