|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 158
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
5.
Logopedik mashg‘ulotlarda kineziologik mashqlaridan foydalanish. Kineziologik
usullari bolaning xotirasini, diqqatini, nutqini, fazoviy tasavvurlarini, qo‘l va umumiy motor
ko‘nikmalarini yaxshilash, charchoqni bartaraf etish, ixtiyoriy nazorat qilish qobiliyatini oshirishi
mumkin. Bu turdagi mashqlar stressga chidamliligini oshiradi, yarim sharlar ishini
sinxronlashtiradi, aqliy faoliyatni, xotirani va diqqatni yaxshilaydi, o‘qish va yozish jarayonini
osonlashtiradi. Mashqlar to‘plamiga quyidagilar kiradi: nafas olish mashqlari, ko‘z mashqlar, tana
mashqlari, qo‘l motorikasigi rivojlantirish uchun mashqlar, relaksasiya mashqlari va massaj.
6.
Refleksiyaning faol usullari. Logopedik mashg‘ulotlarda, alohida yordamga muxtoj
o‘quvchilar bilan ishlashda, kayfiyat va hissiy holatni aks ettirish ko‘pincha qo‘llaniladi. Hozirgi
vaqtda eng muvaffaqiyatlisi - bu mashg‘ulot, topshiriq turlarini yoki bosqichlarini rasmlar
(belgilar, turli xil kartalar va boshqalar) bilan belgilash, ular mashg‘ulot oxirida bolalarga o‘tilgan
materialni xotirasida yanglash va mustahkamlashga yordam beradi.
Shunday qilib, faol o‘qitish uslublari va usullaridan foydalanish inklyuziv maktab
o‘quvchilarning bilish faolligini oshiradi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, o‘quvchilarni o‘quv
jarayoniga faol jalb qiladi, mustaqil faoliyatini rag‘batlantiradi. Mavjud o‘qitish usullarining
xilma-xilligi logopedga turli xil ish turlarini almashtirish imkonini beradi, bu ham bilimlarni qabul
qilish samarasini oshiruvchi vositadir.
Alohida ta'limga muhtoj bolalarning inklyuziv ta'lim muammolarini ularning ota-onalarini
ishga jalb qilmasdan hal qilish mumkin emas. Logoped o‘quvchilarning oilalari bilan ishlashda,
maslahatlar o‘tkazishdan tashqari, ota-onalarning inklyuziv ta'limga bo‘lgan munosabati bo‘yicha
so‘rov o‘tkazadi va shu asosda "nogironlik" haqida etarli tushunchani shakllantirish, rivojlantirish
uchun ma'rifiy ishlarni olib boradi.
Korreksion-logopedik ishga ota-onalarni jalb qilish shakllari individual maslahatlar,
mahorat darslari va seminarlar bo‘lishi mumkin. Ota-onalarni o‘quv jarayoniga teng huquqli a'zo
sifatida kiritish, uyda bola bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘yinlar va mashqlarni o‘z ichiga
olgan maxsus qo‘llanmalarni, ma'lumot varaqlarini nashr etishni o‘z ichiga oladi. Ota-onalar
bolaning rivojlanish dinamikasini qayd etib, pedagogik vakolatlar doirasini kengaytirib, guruh va
ba'zi hollarda individual mashg‘ulotlarda qatnashishi mumkin.
Shuningdek, logoped o‘z ishini alohida yordamga muxtoj bolalar faoliyatining natijalari
qiziqarli va yaqin atrofdagilar uchun ochiq bo‘ladigan tarzda amalga oishirishi kerak. Bu ijodiy
ishlar ko‘rgazmalarini yaratish, qo‘llanmalar ishlab chiqarishga yordam berish va boshqalar
bo‘lishi mumkin.
Har bir 6 oy oxirida logoped tomonidan qo‘yilgan maqsadlar o‘quvchining yutuqlari
natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan "maxsus" bola haqida yozma hisobot tuzish maqsadga muvofiq.
Hisobotda asosiysi har bir talabadagi individual ijobiy xususiyatlarni aniqlash, uning ma'lum vaqt
davomida erishgan muvaffaqiyatlarini qayd etish, olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni
takomillashtirishning mumkin bo‘lgan yaqin istiqbollarini belgilashdir.
Shunday qilib, turli texnologiyalar va ish usullaridan foydalanish, alohida yordamga muhtoj
bolalarning holati va sog‘lig‘iga mos keladigan tarbiya va ta'lim uchun shart-sharoitlar yaratish
hal qiluvchi va samarali inklyuziyani muvaffaqiyatli amalga oshirishning shartidir. Xulosa qilib
shuni ta'kidlaymizki, inklyuziv ta'limda logopedning faoliyati katta ahamiyatga ega, chunki u
nafaqat alohida yordamga muxtoj bolalarda mavjud bo‘lgan nutq buzilishlarini bartaraf etishga,
balki ularning ta'lim maydoniga muvaffaqiyatli moslashishiga qaratilgan. Har bir shaxs uchun
jamiyat qurishning hal qiluvchi va ta’sirchan mexanizmlaridan biri bo‘lgan alohida yordamga
muxtoj bolalarning holati va sog‘lig‘iga mos keladigan to‘laqonli tarbiya va ta’lim olishlari uchun
sharoit yaratish inklyuziv ta'limni muvaffaqiyatli amalga oshirishning shartidir.
|
| |