|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 154
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
афонии и дисфонии могут быть применены с пользой и при лечении органической афонии
и дисфонии).
СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ
1.
Красавина Е.А «Адаптивное биоуправление в голосовой реабилитации
больных раком гортани» : автореферат - Новосибирск 2010.
2.
Стилиди Е. «Восстановление голоса после удаления гортани с учётом
специфики греческого языка»: автореферат - Москва 2004.
3.
Новожилова Е.Н. «Восстановление голосовой и дыхательной функций у
больных после ларингэктомии и ларингофарингэктомии по поводу рака»: автореферат -
Москва 2009.
4.
Алмазова Е.С. «Логопедическая работа по восстановлению голоса у детей», -
Учеб.пособие. Москва 1973, «Просвещение».
5.
Таптапова С.Л. Коррекционно-логопедическая работа при нарушении голоса:
Кн. для логопеда. — Москва 1984, «Просвещение».
6.
Под ред. Волковой Л.С., Селиверстова В.И. «Хрестоматия по логопедии»-
Москва 1997,«Гуманитарный издательский центр ВЛАДОС»
TA’LIM JARAYONI SIFATINI BOSHQARISH TAMOYILLARI
Jumanov Farux Saparbaevich
Jizzax davlat pedagogika universiteti, Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi
Bu bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri ta’limning sifati, uning ko‘rsatkichlari
va natijadorligidir. Ta’limdagi o‘quv jarayonlari sifat menejmentini har bir ta’lim muassasasi
o‘ziga xos xususiyatlari va resurslarini hisobga olgan holda tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.
Hozirda maktablar muvaffaqiyatining eng muhim ko‘rsatkichi bu o‘quv jarayonida samarali
ishlash, uni takomillashtirish va rivojlantirishni ta’minlaydigan boshqaruv qarorlarining qabul
qilinishidir. Bunda maktab jamoasi o‘quvchilar uchun kelajakda o‘zi tanlangan kasbni egallashi
va muvaffaqiyatli shaxslar bo‘lishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni
yaratib berishi kerak bo‘ladi. Ta’lim sifati bu keng qamrovli tushunchadir. Maktablarning ta’lim
sifati o‘quvchilarning akademik ko‘rsatkichlari, ularning tarbiya darajasi, o‘qituvchilarning
malakalilik darajasi, maktabning moddiy-texnik bazasi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim jarayoni sifatini boshqarish deganda xodimlarni boshqarishni emas, balki ta’lim,
kasbiy rivojlanish va ta’lim faoliyatini boshqarish tushuniladi. Bugungi kunga qadar
o‘quvchilarning ta’lim sifati ko‘rsatkichi, shuningdek, bitiruvchi o‘quvchilarning oliy ta’lim
muassasalariga o‘qishga kirishi natijalari maktab faoliyati samaradorligini baholashda asosiy
ko‘rsatkich bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun ham o‘quv jarayonini yuqori darajada boshqarish
talab etiladi. Afsuski, oxirgi paytlar zamonaviy dunyoda bolalar kamroq o‘qishmoqda va natijada
ularning nutqi ham kam rivojlanadi. O‘quvchilar yuqori sinflarga o‘tishlari bilan ko‘proq ishnolar
yozishi va yakuniy nazoratlarni suhbat shaklida joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. Zotan shaxsni
tarbiyalash va rivojlantirish, uning jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayonini tashkil etishda
o‘qituvchilar bilan ishlash juda muhimdir.
O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish darajasini nazorat qilish ham boshqaruv omilidir.
Bunda har bir o‘quvchining qaysi kasbga qiziqishini inobatga olib ularni shu sohaga yo‘naltirish
lozim. Kasbga qiziqish paydo bo‘lgan o‘quvchilarning qobiliyatlarni rivojlantirishda maktab
jamoasi bilan birga o‘quvchilarning ota-onalari ham hamkorlikda ishlashi muhimdir. Zotan
farzandlarning kelajakda komil inson bo‘lib yetishishlariga ota-onalar ham mas’uldir.
Psixologlarning ta’kidlashicha, 10-12 yoshgacha bolalar mashhur kasblarni tanlaydilar: o‘t
o‘chiruvchi, kosmonavt va hokazo. 5-sinfdan boshlab bolaning kasbiy faoliyat yo‘nalishini
|
| |