|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 155
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
tanlashida inson-tabiat, inson-texnologiya, inson-jamiyat kabi tushunchalarni ilg‘ay boshlashi
natijasida kasb haqida qarashlari o‘zgara boshlaydi. Ota-ona bolaning qanday qobiliyatlari
borligini va kaysi kasbga qiziqishini qanchalik tez tushunsa, ular tezroq o‘z yo‘lini topishi yanada
muvaffaqiyatli va ishonchli bo‘ladi. O‘quvchilarning kasblar haqidagi bilimlarini testlar va savol-
javoblar orqali, shuningdek, ota-onalaridan intervyular olish orqali aniqlash mumkin. Bir qancha
kasblar to‘g‘risidagi videoroliklar tayyorlash va uni bolalarga ko‘rsatish orqali kasb tanlashlariga
yo‘naltirish imkoniyati yuqori bo‘ladi.
Boshqaruvning yana bir jarayoni moddiy-texnik bazadir. Darslarda o‘quv jarayonining
zamonaviy bo‘lishiga intilish kerak. Maktablarda ma’lum standartlar mavjud: bir kishiga to‘g‘ri
keladigan kompyuterlar soni, interaktiv doskalarning mavjudligi, kompyuter va lingafon sinflari.
O‘quvchilar axborot muhitida o‘zlarini juda yaxshi his etishadi. Shu sababli darslarni zamonaviy
texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qilish natijadorligi yuqoridir.
Ta’limning sifatiga o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar ham kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Ba’zi ota-onalar maktab haqida salbiy gapirishadi. Natijada o‘quvchilar buni
eshitishadi va oldindan salbiy munosabatda bo‘lgan maktabga kelishadi. Bu holatda ko‘p narsa
o‘qituvchilarga bog‘liq. Agar bolalar unga ishonsa fikri yaxshi tomonga o‘zgaradi. Yana ba’zi
kishilar ta’lim sifatini butun tarbiya deb tushunishadi va shuning uchun ular tom ma’noda
maktabdan hamma narsani so‘rashadi. Bolaning shakllantirishida nafaqat maktab, balki oila,
jamiyat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning to‘g‘ri
shakllanishida maktab muhim bo‘lsa-da, u hamma narsaga qodir emas va ta’limdagi barcha
omillarning maktab o‘quvchilariga salbiy ta’siri uchun javobgar bo‘lmaydi. Boshqalar esa ta’lim
sifatini shaxsning rivojlanish darajasi deb tushunishadi. Biroq, hech kim bu rivojlanishni qanday
o‘lchash, tasvirlash, tavsiflashni aniq bilmaydi.
Ta’lim sifatining mavjud darajasini monitoring qilish natijalari davlatimiz rivojlanishining
zamonaviy davri global tendensiyalarga muvofiq ta’lim sohasidagi asosiy yo‘nalishlarni yangilash
zarurligini ko‘rsatmoqda. Ta’limni modernizatsiya qilishning vazifalaridan biri maktabgacha,
umumiy o‘rta va kasb-hunar ta’limining yangi, zamonaviy sifatiga erishishdir. Bu holat ta’lim
muassasalari tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim sifatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar va
boshqaruv jarayonida qo‘llaniladigan usul va texnologiyalarni zamon talablari asosida yangilashni
anglatadi. Sifatli ta’limga erishishda yetuk kadrlarning, mutaxassis-o‘qituvchilarning o‘rni
beqiyos. O‘qituvchilarning o‘z-o‘zini o‘qitishi, malaka oshirishi, masofaviy ta’lim olishi, doimiy
seminarlarda qatnashishi, yosh o‘qituvchilar maktabi, pedagogik kengashlar, uslubiy
birlashmalarda, ijodiy laboratoriyalarda ishlashi uning kasbiy o‘sishiga olib keladi.
O‘qituvchiga bir qator huquq va vakolatlarni topshirish maktabni o‘zini o‘zi boshqarish
tizimiga aylantiradi. Boshqaruvning har bir bo‘g‘inidagi huquq va vakolatlarni topshirish
rahbariyatning mavjud kuchlar va vaqtdan oqilona foydalanishidir. Xususan, yozda o‘qituvchi
an’anaviy ravishda direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi, bundan tashqari o‘qituvchilar
maktab oromgohini, yozgi tabiiy-matematik maktabni, ekologik maktabni, loyihalar va dasturlarni
boshqaradilar. Bu o‘qituvchilar tarkibini juda yaxshi tarbiyalaydi, mas’uliyatni oshiradi va kasbiy
o‘sishni rag‘batlantiradi.
|
| |