|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 151
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
U bir qo‘li bilan pichog‘ini qinidan sug‘urishga tutindi. Shu topda birdan quyonga jon kirsa
bo‘ladimi? Ha, xoh ishoning, xoh ishonmang, o‘lik quyonga jon kirdi! Jon-jahdi bilan tipirchilab,
bir harakat qildi — quyonni qo‘lidan qo‘yvordi boyagi sherigim.
Quyonning ikkala orqa oyog‘ida bir arslonning kuchi bor, deyishadi. O‘shanday oyoqlar
sharofati bilan arslondan ham qochib qutuladi jonivor. Bizam o‘shanda sizga o‘xshab orqasidan
serrayib qolaverganmiz.
Keksa ovchining hikoyasi taskin berdi dilimga. Quyon otgan o‘qimdan faqat behush bo‘lib,
xaltada hushiga kelganini payqadim.
Berilgan hikoyani tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, ushbu hikoyaning bolajonlar uchun
qanchalik ahamiyatli ekanligi, agar kelajakda xuddi shunday vaziyatga tushib qolganda qanday
yo‘l tutishi mumkinligini aytib o‘tamiz. Shu bilan birgalikda hikoya o‘qitish orqali o‘quvchilar
nutqini o‘stirishning qanday usullaridan foydalanishimiz mumkinligini tahlil qilamiz. "Mo‘jiza"
hikoyasi orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirishda PIRLS xalqaro ilmiy tadqiqoti misolida ko‘rib
chiqaylik. O‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning nutqini o‘stirish va hayotga
teran nigoh bilan qarashida ushbu tahlillardan foydalanish samarali ta'sir ko‘rsatadi.
Savollar:
“Mo‘jiza” hikoyasidagi quyonlar yana qanday nom bilan keltirilgan?
a) chaqqonvoylar
b) shalangquloqlar
d) arslon
2) Quyonlar, asosan qanday joylarni yotoq qiladi deb o‘ylaysiz?
3) Hikoyadagi so‘zga olingan “tiriklik alomati” nima edi?
a) nafas olishi
b) harkat qilishi
d) yurak urishining sezilishi
4) Nima uchun quyon hikoyada g‘alati o‘lja deyilgan?
5) Chol u yerda nima qilayotgandi?
a) Ov qilayotgandi
b) o‘tin terayotgandi
d) qamish yig‘ayapti
e) qamish o‘rib yuribti
6) Quyonning qochganini kim birinchi bo‘lib ko‘rdi?
a) ovchi yigit
b) chol
d) o‘tkinchi kishi
7) Qochayotgan quyonni kim otmoqchi bo‘ldi?
8) Nima uchun quyonning ikkala orqa oyog‘ida arslonning kuchi bor deyishadi?
9) Quyonlar qaysi faslda semirishadi? Nima uchun?
10) Mo‘jiza deganda nimani tushunasiz?
11) Sizning hayotingizda qanday mo‘jizalar ro‘y bergan?
12) Hikoya mazmunidan kelib chiqib unga yana qanday nom berish mumkin?
Berilgan hikoyani tahlil qilish o‘quvchilar nutqi o‘sishi uchun katta ahamiyatga ega. Chunki
tahlil qilish orqali ular berilgan hikoyadagi notanish bo‘lgan so‘zlar, jumlalarning ma'nosi bilan
tanishadi. Tahlil uchun qayta o‘qish orqali o‘quvchilar nutqi ravon bo‘ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, "Mo‘jiza" hikoyasini PIRLS xalqaro tadqiqoti misolida
ko‘rib chiqdik va bu o‘quvchilar nutqini o‘stirishda albatta samarali bo‘loladi.
|
| |