147
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
3.
Mirqosimova M. O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va
takomillashtirish asoslari.
Toshkent, 2006.
4.
O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi. Nazarov B., Rasulov A. va b.q. Tosh-2012.
5.
To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent, 2011.
O‘QUVCHILARNI TANQIDIY FIKRLASHGA YO‘NALTIRISH USULLARI
Toshboyeva Dilnavoz Abdurahmat qizi
Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Xaydarov Norpo‘lat
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 613-20-guruh talabasi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda “Kadrlar
tayyorlash Milliy darsturi” ta’lim
tizimini jamiyat rivoji, fan-texnika yutuqlari asosida tubdan
qayta qurish ishlarini oz fursatda, sifatli amalga oshirishga qaratilgan. Bugungi jadal rivojlanish,
axborot oqimining kundan-kunga ortishi yoshlarning axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini yanada
takomillashtirish vazifasini qo‘ymoqda. Ya’ni o‘quvchilar yangi axborotga duch kelganida uni
chuqur mulohaza va tanqid ko‘zi bilan ko‘rib chiqib, axborot va fikrlarni
mustaqil baholashni
o‘rganishlari lozim. Bunda o‘quvchilarda mavjud erkin va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari muhim
ahamiyatga ega.
Tanqidiy fikrlash-bu masalaga turli tomondan yondashib, aniq xulosaga kelishdan oldin
barcha ehtimollarni ishlab ko‘rish demakdir.
U insonni kengroq fikrlashga, odamlarni
tushunadigan bo‘lishga undaydi. Tanqidiy fikrlovchilar hamma narsaga ishonchsizlik bilan
qaraydilar. Tanqidiy fikrlash hatto aniq ko‘rinib turgan voqelikka nisbatan 100 foizlik ishonchga
ham shubha bilan qarashdir. Darhaqiqat, kam hollarda bo‘lsa ham, shubha jarayon rivoji uchun
xizmat qiladi.
Albert Eynshteyn aytganidek, muvaffaqiyat qozonishda hammasi juda oddiy:
barcha biror ishni bajarish imkonsiz deb turganida bir jasur odam keladi-da, ularning fikriga
shubha bilan qarab, o‘sha ishni uddalaydi. Demak, ta’lim jarayonida o‘quvchiga erkin, tanqidiy
fikrlash, mushohada yuritish imkoniyati yaratilishi kerak.
O‘quvchi tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g‘oyalar bilan tanishadi va bu g‘oyalarni dastlab
ma’lum darajada ishonchsizlik bilan idrok qiladi hamda qarama-qarshi
nuqtayi nazarlar bilan
taqqoslaydi. Aynan shu jarayonda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi.
Tanqidiy fikrlash yordamida o‘quvchilar diqqat bilan o‘qish, chuqur mulohazalar yuritish, og‘zaki
va yozma nutqini aniq va o‘ylab ifoda etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shuningdek, tanqidiy
fikrlash muloqot va guruh bilan ishlash malakalarini ham rivojlantiradi. O‘qituvchi darsga
tayyorgarlik ko‘rar ekan, mavzu yuzasidan o‘quvchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar
doirasini aniqlashi, so‘ng o‘quvchilarni bu muammoni o‘zlari hal qilishlariga tayyorlashi zarur.
An’anaviy ta’limda o‘qituvchi o‘quvchilarga savollarga qanday javob berishni o‘rgatadi. Ammo
savollarni qanday berish kerakligi haqida tushuncha deyarli berilmaydi.
Aslida savol berish,
ayniqsa, yaxshi savol berish tanqidiy fikrlash uchun juda muhim. O‘quvchi biror masala haqida
o‘ylaganda, o‘ziga nima uchun? nega? qanday? degan savollar berishi kerak. Mavjud savol yoki
muammo yechimi yuzasidan xulosaga kelishdan avval shu muammoga oid barcha ma’lumotlarni,
omillarni batafsil o‘rganishi hamda qiyoslashi, mantiqiy o‘ylashi lozim. Shu jarayonlardan o‘tgan
tafakkurgina aqliy va mantiqiy jihatdan eng to‘g‘ri (mutlaqo to‘g‘ri bo‘lishi shart emas) xulosaga
olib boradi. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda, ayniqsa, adabiyot fanining o‘rni
beqiyos. Adabiyot darslarida nasriy va lirik asarlarni o‘rganishda, badiiy asar qahramonlarining
xarakterini, ruhiyatini ochishda tanqidiy tafakkur badiiy ochqich vazifasini bajaradi. Tanqidiy
fikrlashga olib boradigan aniq yo‘l yo‘q, ammo ma’lum usullar orqali o‘quvchida tanqidiy