|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 148
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
fikrlashni tarbiyalash mumkin. Xususan, adabiyot darslarida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ayrim pedagogik texnologiyalarni keltirib o‘tamiz:
“Tarozi” texnologiyasi. Mazkur texnologiya munozarali, murakkab mazmunli mavzularni
o‘rganishda yaxshi samara beradi. U tanqidiy tafakkurni, dalillash qobiliyatini , o‘z dalillarini
og‘zaki va yozma shaklda ishonchli va lo‘nda ifodalashni shakllantiradi. Bunda o‘quvchilar o‘z
nuqtayi nazarini himoya qiladi va boshqalarni ham bunga ishontiradi. Bu texnologiyani o‘quv
materialini o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llash mumkin. Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Mavzu turli nuqtayi nazarlarning to‘qnashuviga imkoniyat beruvchi hamda ularning birortasiga
ham imtiyoz bermaydigan tasdiqdir. Argument- bu o‘z nuqtayi nazarini tasdiqlashga olib keluvchi
asosli dalil, g‘oya, mulohazadir. Dalillash aniq, mantiqiy asoslangan, faktlar, sharhlar, isbotlar,
misollar bilan quvvatlangan bo‘lishi kerak. Kontargument (qarshi dalillash)- bu raqibning
dalillarini rad etish bo‘lib, u dalillashga qo‘yiladigan talablarga mos bo‘lishi kerak. To‘g‘ri
tanlangan kontrargument raqibning nuqtayi nazarini zaiflashtirishi va o‘zining himoya chizig‘ini
mustahkamlashi lozim.
“Yelpig‘ich” texnologiyasi. Ushbu texnologiyalarni muammoli xarakterdagi mavzularni
o‘rganishda qo‘llash yaxshi natija beradi. “Yelpig‘ich” texnologiyasining mohiyati shundaki, unda
mavzuning turli qirralari bo‘yicha axborot berish mumkin [5:42]. Bu usul, shuningdek,
o‘quvchilarda ijodkorlik, erkin va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyatini rivojlantiradi, nutq
boyligini oshiradi. Masalan: Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarini o‘rganishda “Yelpig‘ich”
texnologiyasidan quyidagicha foydalanish mumkin. Topshiriq ikki turda bajariladi.
1-turda Miryoqub obraziga xos yaxshi va salbiy xususiyatlar aniqlanadi.
Yaxshi fazilatlar
Salbiy xususiyatlar
Tadbirkor, bilimli, zakovatli, hushyor,
ishbilarmon, yomonlarga misli bir olov...
Ayollarga suyagi yo‘q, boshqalarga naf
bermaslik, yolg‘onchilik...
2-turda Miryoqubga xos xususiyatlarni grafik chizmada ko‘rsatish talab etiladi. Uni
quyidagicha ifodalash mumkin:
Debatlar texnologiyasi-yozma bahslar. [5:44] Masalan: “Abdulla Qodiriyning “O‘tkan
kunlar” romanidagi Zaynabning baxtsizligiga uning o‘zi ham aybdormi?” savoli bahs mavzusi
sifatida tanlanadi. Rahbar tinglovchilarni mavzuga munosabatiga ko‘ra 2 guruhga ajratadi va
ularni o‘quv xonasining ikki tomoniga qator qo‘yilgan stollarga o‘tqizadi va har bir guruh
qatnashchilari qaysi nuqtayi nazarni himoya qilishlarini belgilaydi. (Masalan. 1-guruh savolga
“Ha” deb javob beruvchilar, 2- guruh esa “Yo‘q”). Shundan so‘ng, rahbar tinglovchilarni juftlaydi,
har bir juftda qarama-qarshi qarashlar tarafdorlari bo‘lishi kerak. Juftlar tartib raqami bilan
belgilanadi. Tinglovchilar o‘quv xonasining ikki tomonida o‘tirib, juftma-juft yozma muloqotni
boshlaydilar. 1-guruh a’zolariga o‘zlari ma’qullayotgan nuqtayi nazar foydasiga bitta ochiq dalilni
shakllantirish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Ular bu dalilni qog‘oz varag‘iga puxta tahrir qilingan
paragraf shaklida yozadilar. Bu vaqtda 2-guruh a’zolari o‘zlari bahs jarayonida bayon etishlari
mumkin bo‘lgan nuqtayi nazarlarini isbotlashlari mumkin. Yozilgan varaqlar qarshi guruhdagi
sheriklarga beriladi. Ularga juft bo‘yicha sheriklarining dalillariga qarshi javob topish va yozish
sergaklik
xushyorlik
tadbirkor
ishbilarmon
aqlli
tavakkalchilik
manfaatparast
bilimdonlik
Yolg‘onchilik
zakovatli
Miryoqub
|
| |