|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 145
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
chiqish va tuzishni taqozo qiladi. Lug‘at ustida ishlashda quyidagilar bilan ishlasak, yaxshi samara
beradi. Lug‘at ustida ishlashda ko‘proq guruh bo‘lib ishlash kerak.
O‘qituvchilar lug‘at haqida bilimlarni puxta egallagan bo‘lsalar, ular har tomonlama
o‘quvchilar badiiy tafakkurini boyita oladi.
O‘quvchilarga qisqa og‘zaki savol-javoblar orqali olgan bilimlarini mustahkamlash kerak.
Darsni o‘yin tarzida lug‘atlardan foydalanib o‘tsak, o‘quvchilar lug‘at olamini va badiiy
tafakkurini boyitgan bo‘lardik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. To‘xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T., O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. Toshkent-
2006. 88-89 betlar.
2. Almamatov T., Yadgarov Q. M., Almamatova.Sh., O‘zbek tili o‘qitishda innovatsion
pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Toshkent-2013. 33-34-bet.
3. Ikromova R. Grammatika, imlo va nutq o‘stirishdan tarqatma materiallar. – T.:
O‘qituvchi.‖, 1993.
BADIIY TAHLIL VOSITASIDA TANQIDIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH
Toshboyeva Dilnavoz Abdurahmat qizi
Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Biz keskin o‘zgarishlar dunyosi bo‘lgan axborot asrida yashamoqdamiz. Bugungi shiddat
bilan rivojlanayotgan zamonda muvaffaqiyat qozonish uchun iqtidorning o‘zi yetarli emas. Ya’ni
bugungi davr mutaxassisdan qobiliyat va mehnatdan tashqari mustaqil, ijodiy va tanqidiy
fikrlashni, masalaning mohiyatini chuqur va teran anglashni, vaziyatni xolisona baholash kabi bir
qancha zaruriy ko‘nikmalarni talab etmoqda. Tanqidiy fikrlash kishilarga o‘z salohiyatlarini to‘la
namoyon etishlarida yordam beradigan ana shunday ko‘nikmalardan biridir. O‘quvchilarni
tanqidiy fikrlashga o‘rgatish “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan yuqori kasbiy
madaniyatli, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topa oladigan malakali kadrlarni tayyorlash vazifasini
bajarish uchun ham g‘oyat ahamiyatlidir. Shu boisdan ham uzluksiz ta’lim tizimida
o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlarini shakllantirish hamda shu orqali ularni o‘z Vatani
va xalqiga sadoqatli, mustaqil fikrlovchi irodali insonlar, kelajakda o‘z sohasining yetuk
mutaxassisi etib tarbiyalash pedagog kadrlar oldida turgan muhim masalalardan biridir. Bu
vazifani bajarishda matematika, tarix, falsafa fanlari qatorida ona tili va adabiyot darslarining ham
o‘rni beqiyos. O‘quvchilar badiiy asar tahlili jarayonida mustaqil, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirib boradilar.
Xo‘sh, tanqidiy fikrlash nima? Tanqidiy fikrlashni shakllantirish uchun o‘qituvchi nimalarga
e’tibor qaratishi lozim?
Tanqidiy fikrlash-mustaqil fikrlash demakdir. Tanqidiy fikrlashda o‘quvchi voqelikni to‘la
anglab, tafakkurida analiz qilib, munosabat biladiradi. Tanqidiy fikrlash ba’zan aniq-ravshan
ko‘rinib turgan voqelikka nisbatan ham shubha bilan qarashdir. Ha, ba’zan shubha ham jarayon
rivojiga hissa qo‘shadi. Ya’ni o‘quvchida voqelikka nisbatan “Nega shunday?”, “Nega mana
bunday emas?” qabilidagi savollar paydo bo‘ladi va endi u o‘z savollariga javob axtara boshlaydi,
dalillar to‘playdi. Ayniqsa, adabiyot darslarida badiiy asarlarni tahlil qilish jarayonida tanqidiy
qarashlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, tanqidiy tafakkurni shakllantirishda ham badiiy
asar va uning qahramonlari tahlili ahamiyatlidir. Bu jarayonni to‘g‘ri va samarali tashkil etish
adabiyot o‘qituvchisining kasbiy mahoratiga bog‘liq. Chunki tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
murakkab jarayon. Tanqidiy fikrlash savolning qo‘yilishi va hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni
aniqlashdan boshlanadi. O‘qituvchi ijobiy natijaga erishish uchun, avvalo, sinfda ma’lum bir
muhitni yuzaga keltirishi lozim. Xususan,
o‘quvchilarga fikrlash imkoniyatini berish;
|
| |