|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 144
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Lug‘at bu – ma’lum bir tilga oid so‘zlarning qandaydir maqsad, mavzu ostida yig‘ilgan
ko‘rinishidir. O‘sha tilga oid so‘zni to‘g‘ri yozishda, uning kelib chiqish tarixiga oid tarkib
jihatidan tahlil qilganimizda ham lug‘atlarga murojaat qilamiz. Lug‘at o‘quvchining bilimini
kengaytirishda, so‘zlarni to‘g‘ri yozishda xato qilmaslikka, nutq madaniyatini puxta egallashda,
ularda teran fikrlash qobilyatini oshirish bilan bir qatorda badiiy olamini yuksaltirishda muhim rol
o‘ynaydi.
O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutq malakasini mustahkamlashda lug‘atlardan
foydalanishga yordam beradigan o‘yin mashg‘ulotlarini dars jarayonida koproq foydalanishga
e’tiborni kuchaytirishimiz kerak. Og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishda bolaning badiiy olamini
yuksaltirishda lug‘atlardan foydalanish alohida o‘ringa ega. O‘quvchilar lug‘atga qiziqishlari
orqali ularni qayerdan izlab topishni o‘rganishadi. Lug‘atlar turli-tuman bo‘lganligidan ular bilan
ishlash turlicha bo‘ladi. Topshiriqni bajarish uchun qaysi lug‘atga murojaat etish kerakligini bilgan
bola, shubhasiz, undan samarali foydalana oladi. Lug‘at ishida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va
imlosiga e’tiborli bo‘lib ishlashdan maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o‘quvchining nutqda
foydalanish va nutqini anglashga erishishdir. Masalan, boshlang‘ich sinf darsliklarining oxirgi
qismida lug‘atlar berilgan. O‘quvchilar ulardan foydalanib, o‘zlariga notanish bo‘lgan so‘zlarning
lug‘atlaridan foydalanadilar. Masalan: Binafsha – bu gulning nomi, raketa – osmonga uchuvchi
temir jism, telefon – aloqa vositasi, uchuvchi – osmonda parvoz qiladigan samolyot, vertolyot va
boshqalarni boshqaradigan inson, gulxan – quruq shoxlarni yoqqanda undan chiqqan alanga va
boshqalar orqali o‘quvchilar lug‘at boyliklarini yanada boyitadilar [2].
Darhaqiqat, matn va lug‘at ustida ishlash ona tili ta’lim jarayonida eng asosiy ishlardan biri
ekanligini isbotlashning hojati yo‘q, chunki bunda lug‘atning o‘rni beqiyosdir. Matn ustida
ishlashning bosh maqsadi o‘quvchilarda mukammal nutq malakalarini va lug‘at boyliklarini
shakllantirishdan iborat.
Fikr til vositasida ro‘yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni
bilishi zarur. Tilni bilish uning grammatik qonun-qoidalarini, ta’rifini o‘zlashtirishgina emas, balki
ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og‘zaki va yozma
shaklda to‘g‘ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida
lug‘at ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Lug‘at ishida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan
asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o‘quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish,
o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida
qo‘llangan har bir so‘zning va ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli tadbirlarda
ishlatilgan so‘zlarning ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo
etishini belgilab olishi kerak [3].
Ma’lumki, o‘rta maktab ona tili ta’limining konseptual asoslarida uning zaruriy vositasi
ikkita ekanligi ta’kidlanadi: darslik va lug‘atlar. O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini va nutqini
o‘stirishning zaruriy omillaridan biri lug‘atlar ustida ishlashdir. Lug‘atlar o‘quvchilarning ijodiy
tafakkuri, mustaqil fikrlash darajasi, ijodiy fikr mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda ravon
bayon etishga olib keladigan behad qimmatli va boy so‘z zaxirasini vujudga keltiradi. Bugungi
kunda rivojlangan mamlakatlarda ta’limning har bir bo‘g‘ini uchun (bog‘chadan tortib,
universitetgacha) yuzlab lug‘atlarning maxsus turlari yaratilgani, hatto rus maktablari uchun 30ga
yaqin o‘quv lug‘atlari mavjud bo‘lgani holda o‘zbek maktablari uchun bitta “Imlo lug‘ati” bor,
xolos. Maktablar uchun izohli lug‘at, ma’nodosh so‘zlar lug‘ati, antonimlar lug‘ati, darajalanish
lug‘ati, eskirgan so‘zlar lug‘ati, shevaga xos so‘zlar lug‘ati, iboralar lug‘ati, so‘zlarning
birikuvchanlik lug‘ati, uyadosh so‘zlar lug‘ati, shakldosh so‘zlar lug‘ati, so‘z tarkibi lug‘ati,
talaffuzdosh so‘zlar lug‘ati, shuningdek, har bir fan bo‘yicha alohida terminologik lug‘atlar va
qomuslar yaratish dolzarb vazifadir.
O‘quvchilar uchun zarur lug‘atlar yaratilmas ekan, ijodiy tafakkurni rivojlantirish mumkin
emas, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish vositasi bo‘lgan joriy darsliklar o‘z vazifasini to‘la bajara
olmaydi. Bu o‘rta ta’lim bo‘g‘ini uchun mavzuviy o‘quv lug‘atlarini yaratish tamoyillarini ishlab
|
| |