|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 135
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Hozirgi o‘qitishda har bir ta’lim oluvchining faqat o‘zi bilimni o‘zlashtirishdan
manfaatdorligi asosida unda shakllanuvchi raqobat, dimog‘dorlik, qo‘pollik, manmanlik, avtoritar
xislatlardan xalos bo‘lishga zamin tayyorlaydi. Bu esa hozirgi ta’lim islohotining talablariga
hamohang. Mazkur texnologiyalarning ta’limdagi asosiy mohiyati ta’lim oluvchi shaxs kamoloti,
tanqidiy fikrlashi hamda o‘ziga xos indivdualligiga asoslanishi. Shu bilan birga o‘quvchilarning
an’anaviy ta’limdagi faqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirish va ularni takrorlashga muqobil metod
sifatida xizmat qilishi. Mazkur texnologiyalar metodik jihatdan “o‘zbek modeli”ning bosqichma-
bosqich rivojlanish nazariyasiga mos kelib, ta’limni tadrijiy tarzda mazmun-mohiyati bilan
zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida ko‘rish imkoniyatini beradi.
Darhaqiqat,ta’lim texnologiyalarini yaxlitlikda ta’lim jarayoniga qo‘llash innovatsion
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Ular psixologik va pedagogik mohiyati bilan insonparvarlik tavsifiga ega bo‘lgan shaxsga
yo‘naltirilgan texnologiya. Hamkorlikda o‘qitish, loyihalar metodi, tabaqali o‘qitish, “o‘quvchi
papkasi” mazmun-mohiyati jihatdan o‘zaro bog‘liq holda bir-birini taqozo qiladi va o‘z navbatida
yaxlit didaktik tizimni tashkil etadi. Bular ta’lim oluvchilarni xalollik, oshkoralik, boshqalarga
g‘amxo‘rlik, saxovat, samimiylik, o‘zaro yordam ruhida tarbiyalaydi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda quyidagilarga e’tibor berish
lozim15:
ta’lim oluvchi tajribasi, bilimning tabaqaliligi, texnologiya ta’limi o‘quv faniga qiziqishi,
bilim saviyasi;
ta’lim oluvchining psixik xususiyati (xotira, idrok, tafakkur, o‘z hissiyotini boshqara olish);
fe’l-atvorining xususiyati va mijozining xususiyati.
Demak, o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos belgilari e’tibordan soqit qilmasligi lozim.
O‘qitishda ta’lim texnologiyalarini asosini kichik guruhlarda ta’lim berish tashkil qiladi.
Uning g‘oyasi XX asrning 20 yillarida amerikalik faylasuf va pedagog (pragmatizm falsafasining
asoschisi) Djon Dyui tomonidan ishlab chiqilgan edi. Ammo uning texnologik asoslari, ya’ni
kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish ta’limning amaliy tomoni shaxsni kelajak hayotga, ishlab
chiqarishga tayyorlash, ya’ni inson uchun o‘qitishning foydali tomoni XX asrning 70-80 yillarida
jahonning Angliya, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil kabi
mamlakatlarida turlicha shakllari paydo bo‘la boshladi. Uning nazariy-mafkuraviy asosi XX
asrning 80 yillarida Amerikaning Djon Xopkins universiteti professori R. Slavik, Minnesota
universiteti professorlari Rodjers Djonson va Devid Djokson, Kaliforniya universiteti olimlari
guruhi D.J.Aronson boshchiligida hamda Isroilning Tel-Aviv universiteti olimlari guruhi Sholomo
Sharon rahbarligida ishlab chiqildi.
Ta’lim texnologiyalarining mohiyatini tushunish uchun pedagogik amaliyotda uchraydigan
bitta faktga murojaat qilaylik. Bu ham bo‘lsa, o‘quvchining ta’lim jarayonida o‘quv materialini
to‘liq o‘zlashtira olmasligi yoki amaliy ishlarda xato qilishi. “Xato” - o‘quv materiali mazmun-
mohiyatini noto‘g‘ri tushunish, noto‘g‘ri fikrlash, bilimnig to‘liqmasligi, diqqatini o‘qishga qarata
olmaslik tarzda bo‘lishi. Buni tuzatish uchun qo‘shimcha mashq qilish, qo‘shimcha dars o‘tish
lozim bo‘ladi. Bu xatolikni tahlil qilib, uni o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liqlik yoki o‘quvchilarning
materialini o‘zlashtirishlari uchun yetarli vaqt ajrata olmaganligi aniqlandi.
Pedagog bu tashxis asosida o‘zining o‘qitish texnologiyasiga ma’lum metodik o‘zgarish
kiritadi. Agar o‘quvchilarga o‘quv matrialini o‘zlashtirishga qo‘shimcha vaqt ajratish lozim
bo‘lsa, ularning har bir guruhdagi hamkorlikdagi faoliyati orqali xatoni tuzatadi. Ammo o‘qituvi
bir vaqtning o‘zida barcha o‘quvchiga yordam bera olmaydi. Shu bois bu mas’uliyatni guruh o‘z
zimmasiga oladi. chunki hamkorlik g‘oyasiga, asosan, o‘zlashtirishni baholash tarzida emas, balki
butun guruh o‘quvchilariga birday baho qo‘yiladi, ya’ni ularning umumiy o‘zlashtirish darajasi
muhim hisoblanadi.
15
Климов Е.А. Как выбирать профессию. - М.: «Высшая школа», 1990. С.54-57.
|
| |