|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 133
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Mehnat samaradorligining ko‘rsatkichi – pedagogik mahoratdir O‘qituvchi tomonidan
malakaga ega bo‘lish yangi pedagogik texnologiyalar rivojlanib borishi bilan muntazam ravishda
yangilanishi lozim bo‘lgan kasbiy bilim va ko‘nikmalar to‘plami sifatida qaraladi.
Mamlakatimizda ushbu tizimning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha sharoitlar
yaratilgani ta’lim sohasida qabul qilingan me’yoriy- huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi «Pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 25-son
Qarori mazkur hujjatlar orasida alohida ahamiyatga ega.
Yuqorida qayd etilgan qaror bilan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimiga majburiy talablar qo‘yildi; tizim tarkibiga kiruvchi bo‘linmalarning vazifalari belgilab
berildi; qayta tayyorlash va malaka oshirishning tur va shakllari keltirildi; pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni va sifatiga umumiy talablar belgilandi; o‘quv
yuklamasi hajmi va pedagog kadrlar tayyorgarligi saviyasiga talablar belgilandi. Mazkur qaror
bilan pedagog kadrlarni kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga ko‘yiladigan
majburiy talablarni belgilaydigan “Pedagog kadrlarni kayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishga ko‘yiladigan davlat talablari” ilk bor huquqiy-me’yoriy hujjat sifatida tasdiqlandi.
Pedagog kadrlarni kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘yiladigan davlat talablari
o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim
muassasalarining o‘kuv jarayonini, ta’lim sifatini nazorat qilish va baxolash tartibini, ular
faoliyatini attestatsiyadan o‘tkazish tartib-koidalarini tartibga soladigan boshqa xujjatlarni ishlab
chiqish uchun asos xisoblanadi. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash o‘qitish sifatiga qo‘yiladigan
talablarni oshirishni va mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim
dasturlari bo‘yicha yangi kasb bilimlarini, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdan iboratdir.
Pedagogik qayta tayyorlash — mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning
tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat talablari) bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya
jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun
zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida
mutaxassislarni qayta tayyorlashdir. Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) ta’limning tegishli
turi Davlat ta’lim standarti (Davlat talablari) bilan belgilanadigan o‘qitishning talab etiladigan
sifatini ta’minlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun
zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish. Pedagog
kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash, qoidaga ko‘ra, kadrlar tayyorlash o‘quv rejalariga yangi o‘quv
fanlari yoki kurslar joriy etilishi, kadrlarning buyurtmachilari yoki mehnat bozorining talablari
bilan belgilanadigan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yoki yangi mutaxassislikka ega
bo‘lishi munosabati bilan ta’lim muassasasi ma’muriyatining tashabbusiga ko‘ra tashkil etiladi.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash asosiy ishidan ajralgan va ajralmagan, masofadan turib o‘qitish
metodlari qo‘llanilgan va o‘z bilimlarini mustaqil oshirgan holda bazaviy va ixtisoslashtirilgan
oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi kerak. Ta’lim dasturlarining mazmuni va
o‘qitishning qancha davom etishi Davlat talablarida belgilangan tartibda belgilanadi. Qayta
tayyorlashdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagogik kadrlarga belgilangan namunadagi diplom
beriladi. Qayta tayyorlashga ikkinchi oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish sifatida
qaralmaydi.
|
| |