|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 130
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
ta'limiy qadriyatlarga bog‘liq. Shuning uchun ham yoshlarga ta'limiy qadriyatlarni o‘rgatib
tanlangan mavzuning dolzarbligini ta'kidlaydi.
Qadriyatlar shaxsga ilmiy-nazariy bilimlarni berish, unda yuksak ma'naviy—axloqiy
sifatlarni tarbiyalash, uning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim ijtimoiy-
pedagogik ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, o‘ziga hos ahamiyat kasb etuvchi ob'ektiv va
sub'ektiv omillar majmuasidir.
Yangilangan jamiyat, ma'naviy, intellektual qadriyatlar, xalqning boy an'analari,
umuminsoniy hamda milliy qadriyatlar, fan, texnika, texnologiyalar yutuqlariga tayangan holda,
shuningdek, ma'naviy — axloqiy an'analarini qayta tiklash va rivojlantirish asosida rivojlanadi.
Ta'limdagi yangi qadriyatlar shaxsning "ta'lim va mutaxassislik yo‘nalishlarini" tanlab va
pedagogik faoliyatida ijodiy imkoniyatlarini faollashtiruvchi, "Men" kontseptsiyasi negizida
qadrlash munosabatida bo‘lishi bilan rivojlangan shaxsni shakllantirishga qaratilgan innovatsion
o‘qitishni talab etadi:
• o‘quvchilarning xususiyatlari va qobiliyatlarini, ularning ichki imkoniyatlarini ochib
berishga qaratilganlik;
• milliy va umuminsoniy qadriyatlarni pedagoglar ongiga singdirish;
• shaxs, jamiyat va atrof- muhitning munosabatlarini uyg‘unlashtirish;
• munosabatlardagi qadriyatni an'analar asosida o‘qituvchi va o‘quvchining bir -birini
hurmat qilishi;
• o‘quvchilarda estetik boy dunyo qarashni, yuqori ma'naviylikni, madaniyatlilik va ijodiy
fikrlashni shakllantirish;
• ijodiy fikrlash, bashorat qila olish, muqobil fikrlanga imkon beruvchi shakl, metod va
vositalaridan foydalanib, ijtimoiy ahamiyatli qarorlar qabul qilishga o‘rgatish.
Ma’naviy, axloqiy qadriyatlar - har bir insonning axloq kodini tashkil etadigan me'yorlar
to‘plami. Ular ruhiy shakl bilan birga jamiyatning asosidir. Shunday qilib, ma'naviy qadriyatlar
hayotning o‘lchovi, yangi materiallarni sotib olish va pul hamyonidagi pul miqdori bilan emas,
balki axloqiy tamoyillar inson uchun har qanday vaziyatda asosiy bo‘lgan tamoyillardir. O‘zbek
xalqida dunyo tan berib kelayotgan ajoyib insoniy fazilatlar, nodir urf-odatlar mavjud.
Xalqimizning madaniy-ma’naviy boyliklari va milliy qadriyatlarini to‘la, oqilona egallash va
rivojlantirish hozirgi avlodning vazifasidir. Gap o‘tmish madaniy-ma’naviy boyliklariga ega
bo‘lishdagina emas, balki uni chuqur egallab, yangi yuksak bosqichga ko‘tara bilishdadir.
Qadriyatlar va ulardan ijtimoiy hamda pedagogik munosabatlarni tashkil etish jarayonida
foydalanish borasidagi vazifalar — ta'lim mazmuni, uning jarayoni va «pedagog - o‘quvchi»
tizimidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etish asosiga kiritilishi lozim. Pedagogik munosabatlar
muammolarini hal etish ham talab etiladi. Bu murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiylashish jarayoni -
bugungi kunda muhim ijodiy yo‘nalganlik, ijtimoiy-pedagogik qadriyat sifatida alohida e'tiborni
talab qiladi.
Davrlar o‘tishi bilan milliy ma’naviy qadriyatlar ham o‘zgarib, rivojlanib, yangilanib, boyib
boradi. Zamon ruhiga va taraqqiyot talablariga mos kelmay qolgan me’yor va talablar inkor etiladi.
Yangicha tasavvur va yondashuvlar, fazilat va odatlar hayotga kirib keladi. Bunga kundalik
hayotimizdan, turmush tarzimizdan ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Milliy ma’naviy qadriyatlar ko‘p asrlik tarixga ega. Zero birinchi Prezidentimiz
aytganlaridek, “O‘zining hayotini, oldiga qo‘ygan maqsadlarini aniq tasavvur qiladigan, o‘z
kelajagi haqida qayg‘uradigan millat hech qachon bir davrda milliy g‘oya va milliy mafkurasiz
yashamagan va yashay olmaydi”
|
| |