126
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
2. Уoлкер-мл. O. Мaркетингoвaя стрaтегия. Курс МВA / O.Уoлкер-мл., Х.Бoйд-мл.,
Ж.К.Лaрше. - М.: Вершинa, 2006. - 496 с.
UMUMTA’LIM MAKTABLARI BOSHQARUV JARAYONINI
TAKOMILLASHTIRISH
Alimova Qunduz Oybek qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi
Ataboyeva Muxlisa Abduhakim qizi
Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti yo‘nalishi talabasi
Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda yashay oladigan
yoshlarni tayyorlash uchun
asosiy vazifasini muayyan miqdordagi bilimlarni berishdan iborat deb hisoblaydigan an'anaviy
ta'lim yo‘sini mutlaqo yetarli emas. Chunki ilm-fan va texnika shu darajada rivojlandiki, endi
odam biror fandagi eng asosiy tushunchalarni ham xotirasida saqlab qola olmaydi. Buning ustiga,
tinimsiz o‘zgarishlardan iborat bo‘lib qolgan hayotga mustaqil qadam qo‘yayotgan yoshlar ana
shunday o‘zgarishlarga ham intellektual, ham ma'naviy jihatdan tayyor bo‘lmasa, raqobatlar
kurashidan iborat dunyoda o‘z o‘rnini topolmasligi mumkin. Hozirgi kunda ta'lim tizimida boy
tajribalar
yig‘ilgan.
Chunonchi,
ishbilarmonlik
o‘yinlari,
kompyuterli
o‘qitish,
individuallashtirilgan o‘qitish,
insonparvarlik, hamkorlik, shaxsni erkin tarbiyalash va
h.zo.Ma`lumki, hamma kasblarni ham avvalo ustoz-muallim o‘rgatadi. Dastlabki saboqni ham
o‘qituvchi beradi. Dastlabki ona-Vatan so‘zlarining ma`nosini, mohiyatini ham o‘qituvchi
o‘rgatadi. Shuning uchun ham barcha kasblar ichida o‘qituvchilik-muallimlik kasbi o‘ta sharafli
va mas`uliyatli hisoblanadi. Mana shu o‘rinda tabiiy ravishda savol tug`iladi. Xo‘sh, o‘qituvchi
kim? U qanday sifatlarga ega bo‘lmog`i lozim? Xususan, bugungi kun o‘qituvchisi
qanday
malakalar bilan qurollantirilmog`i darkor? va boshqalar. O‘qituvchi jamiyatning yosh avlod
ta`lim-tarbiyasiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ishtirokchisidir.
Shuning uchun ham respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachi-ustoz bo‘lish uchun,
boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma`rifiy ziyosidan bahramand etish, haqiqiy fuqaro etib
yetishtirish uchun eng avvalo tarbiyachining o‘zi aynan shunday yuksak talablarga javob berishi
lozim,”- degan edi.
Darhaqiqat, o‘qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik o‘z kasb
mahoratini muntazam shakllantirib borishga ishtiyoq bo‘lmas ekan, u yaxshi ustoz-o‘qituvchi
bo‘la olmaydi. Zero, davlatimizning istiqboli, Prezidentimiz tomonidan olg`a surilayotgan barcha
islohotlarning ijobiy yechimi va ana shu ko‘p mingyillik ziyokorlik ishining samarasi bo‘ldi.
Shuning uchun ham bugungi mustaqillik sharoitida o‘qituvchiliik kasbiga bo‘lgan e`tibor va
ehtiyoj har qachongiga nisbatan ortib bormoqda. Shuning bilan birga o‘qituvchi
oldiga
qo‘yiladigan talablar ham o‘zgacha bo‘lmoqda. Chunki bugun O‘zbekiston mustaqil davlat
sifatida jahonga yuz tutar ekan, bu borada pedagog o‘qituvchilarning o‘z o‘rni, o‘ziga xos mohiyati
borligini unutmaslik lozim. Davlatimiz rahbarining shu yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmoni ta’lim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjat,
ayniqsa, maktab va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasidagi
integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Darhaqiqat, bugungi kunda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-
tarbiya, pedagoglarga bo‘lgan hurmat va e’tibor tobora yuksalib bormoqda.
Ustoz-
murabbiylarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, iste’dodli o‘quvchilarni kashf etish, ularni
o‘zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo‘naltirish ta’lim sohasining muhim vazifasiga
aylandi.Bugungi kunda rahbar, xodimlar ushbu maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada
takomillashtirish
va sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning o‘z iste’dodini to‘liq namoyon
etishlariga har tomonlama ko‘maklashmoqda. Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil